Fan va innovatsiyalar vazirligi materialshunoslik universiteti


Natriy geksanitritokobaltat (III)



Yüklə 1,2 Mb.
səhifə76/135
tarix22.09.2023
ölçüsü1,2 Mb.
#147047
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   135
12 Cифat анализ

2. Natriy geksanitritokobaltat (III) ning Na3[Co(NO2)6] yangi tayyorlangan eritmasi neytral yoki kuchsiz kislotali muhitda kaliy ioni bilan sariq rangli kaliy-natriy geksanitritokobaltat cho'kmasini hosil qiladi:
Na3[Co(NO2)6] + 2KC1 →K2Na[Co(NO2)6] ↓ + 2NaCl
2K+ + Na+ + [Co(NO2)6]3- → K2Na[Co(NO2)6] ↓
Bu reaksiyani o'tkazish NH4+ ioni yo'qotilgandan so'ng yoki u ishtirok etmagan sharoitda amalga oshirilishi lozim. Buning sababi shundaki, ammoniy ioni ham natriy geksanitritokobaltat (III) bilan sariq rangli cho'kma hosil qiladi, shu bois kaliy ionini topishga xalaqit qiladi. Ishqoriy eritmada geksanitritokobaltat kompleks ioni parchalanib esa qora-qo'ng'ir rangli kobalt (III) gidroksid cho'kmasini hosil qiladi:
[Co(NO2)6]3-+ 3OH- → Co(OH)3 ↓ + 6NO-2
Agar tekshiriladigan eritma ishqoriy bo'lsa, u sirka kislota ta'sirida neytrallanadi.
Kuchli kislotali muhitda kaliyni natriy geksanitritokobaltat (III) ta'sirida cho'ktirib bo'lmaydi, chunki bunday sharoitda hosil bo 'ladigan kompleks geksanitritokobaltat (III) kislota - H3[Co(NO2)6] parchalanadi va uning tarkibidagi kobalt (III) qaytarilib, pushti rangli Co2+ ioniga aylanadi:
[Co(NO2)6]3- + 3H+ → H3[Co(NO2)6]
2H3[Co(NO2)6] + 4HC1 → CoCl2 + 5NO- + 7NO2 + 5H2O
Agar tekshiriladigan eritma kuchli kislotali bo'lsa, uni natriy atsetat ta'sirida neytrallash kerak. Bu reaksiyani o'tkazishga, ancha kuchli qaytaruvchi hisoblangan yodid ioni xalaqit beradi, chunki yodid ionni geksanitritokobaltat tarkibidagi nitrit va kobalt (III) ionlar oksidlaydi.
Mazkur reaksiyajuda sezuvchan bo'lganligi sababli uni o'tkazish uchun kaliy tuzi eritmasining 1-3 tomchisiga 3-4 tomchi natriy geksanitritokobaltat (III) reaktivi eritmasi qo'shiladi. Bundantashqari reaksiyani kaliy tuzi eritmasiga reaktivning kristallaridan bir nechtasini qo'shish orqali ham o'tkazish mumkin. Xato qilmaslik uchun uni oz miqdor distillangan suvda eritib qo'shgan ma'qul.
Eslatma. Hosil qilingan K2Na[Co(NO2)6] cho'kmasining kuchli va kuchsiz kislotalar hamda ishqorlarga munosabatini tekshirib ko 'ring.

Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin