9.1. Oltinchi guruhkationlarining reaksiyalari Oltinchi analitik guruh kationlariga kaliy, natriy, ammoniy, litiy va magniy, shuningdek, rubidiy, seziy kationlari kiradi. Ular umumiy guruh reagentiga ega emas. Bu xossa ularni boshqa guruhlardan farqlab turadi. Birinchi guruh kationlari ikki guruhchaga bo'linadi: NH4+, K+ (Rb+, Cs+) va Na+, Li+. Oltinchi guruhcha kationlari Na3[Co(NO2)6], NaHC4H4O6 reagentlari ta'siridan cho'kadi. Ikkinchi guruhcha umumiy reagentga ega emas. Kaliy, natriy, ammoniy, litiy ionlarining gidroksid, xlorid, nitrat, atsetat, sulfat va sulfidlari suvda yaxshi eriydi va ular rangsiz. Ularning xromat, dixromat, manganat, geksanitritokobaltat, ferrosianid va ferrisianidlari rangli. Ishqoriy metallar gidroksidlari kuchli ishqorlar bo'lib, suvda to'liq ionlanadi. Shu bois ularning kuchli kislotalar bilan hosil qilgan tuzlari gidrolizlanmaydi, kuchsiz kislotalar bilan hosil qilgan tuzlari ishqorli gidrolizlanadi. Ammoniy gidroksid kuchsiz asos bo'lganligi uchun ammoniy tuzlari gidrolizlanadi.
9.2. Kaliy kationining reaksiyalari Kaliy kationining xlorid, nitrat, sulfat va atsetatlari suvda yaxshi eriganligi uchun uning reaksiyalarini o'tkazishda shu tuzlarning eritmalaridan foydalanish tavsiya qilinadi.
1. Vino kislota yoki uning natriyli nordon tuzi - natriy gidrotartrat bilan o'tkaziladigan reaksiya natijasida kaliy ioni oq kristal - kaliy gidrotartrat KHC4H4O4cho'kmasini hosil qiladi:
KC1 + NaHC4H4O6→ KHC4H4O6↓ + NaCl
yoki reaksiyaning qisqartirilgan ionli tenglamasi quyidagi ko'rinishda yoziladi:
K++ HC4H4O4-→KHC4H4O4↓
Vino kislota kuchsiz kislota(pKa1 =3,04; pKa2 =4,37) bo'lganligi uchun undan hosil bo'lgan kaliy gidrotartrat cho'kmasi kuchli kislotalar va ishqorlar eritmalarida, shuningdek, issiq, hatto sovuq suvda ham eriydi, lekin vino kislotadan ko'ra kuchsiz bo'lgan (pKa=4,76) sirka kislotada erimaydi. Kaliy gidrotartratcho'kmasining eruvchanligi ancha yuqori ( Ks° =3,8- 10-4) bo'lganligi uchun reaksiyani kaliy tuzining yetarli darajada konsentrlangan eritmasidan foydalanib o'tkazish talab etiladi. Juda suyultirilgan eritmalar tekshirilganda cho'ktirishni boshlashdan oldin eritma chinni kosada bug'latib konsentrlanadi. Kislotali muhitda kaliy gidrotartrat cho'kmasi tartrat kislota hosil qilib eriganligi uchun tekshiriladigan eritma muhiti neytralga yaqin (pH=5-8) bo'lishi lozim:
KHC4H4O4+ HC1 → 2H+ + C4H4O62- + KC1
Muhit ishqoriy bo'lsa, suvda oson erib o'rta tuzlar hosil bo'ladi:
KHC4H4O4+ KOH →2K+ + C4H4O 2- + H2O
KHC4H4O6 + NaOH → K+ + Na+ + C4H4O62- + H2O
Muhiti kislotali eritmani oz miqdor o'yuvchi natriy yoki natriy atsetat ta'sirida, ishqoriy muhitli eritmani esa sirka kislota ta'sirida neytrallash mumkin. Kaliy gidrotartrat cho'kmasini hosil qilish vaqtida probirka sovuq suv oqimida ushlab turilib, uning devorlari shisha tayoqcha bilan ishqalab turiladi; bunda cho'kma tushishi tezlashadi. Reaksiyani o'tkazish chog'ida eritmada ammoniy ioni
bo'lmasligi lozim. NH4+ioni kaliy ioniga o'xshash cho'kma hosil qiladi.
Eslatma.Hosil qilingan KNH4C4H4O6 cho'kmasining kuchli vakuchsiz kislotalar hamda ishqorlarga bo'lgan munosabatini tekshirib ko'ring.