Fan va innovatsiyalar vazirligi materialshunoslik universiteti


Laboratoriya ishini bajarish tartibi



Yüklə 1,2 Mb.
səhifə83/135
tarix22.09.2023
ölçüsü1,2 Mb.
#147047
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   135
12 Cифat анализ

Laboratoriya ishini bajarish tartibi:
VIguruh kationlariga Na+, K+, NH4+ ,Li+ kabi kationlar kiradi; umumiy guruh reagenti yo`q.
IIguruh kationlariga Ca2+, Sr2+, Ba2+ kabi kationlar kiradi, guruh reagenti sulfat kislota.
10.1. Oltinchiva ikkinchi analitik guruhlar kationlari aralashmasining analizi.
Ikkinchi guruh kationlari sulfatlarining eruvchanligi BaSO444 qatorda ortib borishini mos ravishda ularning eruvchanlik ko'paytmalari qiymatlaridan ham ko'rsak bo'ladi:
,
Kationlarning o'rganilgan reaksiyalari asosida ular aralashmalarining analizi turlicha natija berishi mumkinligini ko'ramiz. Birinchi va ikkinchi guruhlar kationlari aralashmasi bir jinsli (cho'kmasiz eritma) yoki ikki jinsli (cho'kmali eritma) shaklida bo'lishi mumkin. Aralashma bir jinsli bo'lsa, analiz ancha yengil o'tadi. Agar aralashma tarkibi cho'kma va eritmadan iborat bo'lsa, analiz murakkablashadi. Murakkablashish cho'kmani eritish, uni analiz uchun qulay shaklga o'tkazish va boshqalar bilan bog'liq bo'ladi. Biz analiz usullari orasidan eng sodda va qulayini tanlab, shu usul ustida to'xtalamiz.
Har qanday moddani (aralashmani) sistematik analiz qilishdan oldin taxminiy sinashlar o'tkaziladi (darslik, 2003, 51-53- betlar).
1. Taxminiy sinashlar: a) eritma pH qiymatini aniqlash uchun universal indikator qog'ozidan foydalaniladi; b) ikkinchi analitik guruh kationlari borligini tekshirish guruh reagenti - H2SO4 va ammiakli bufer aralashma ishtirokida olib boriladi. Bunda eritmaga ammoniy ioni qo'shilayotganligi uchun ham analizni boshlashdan oldin NH4+ ioni topilishi kerak. NH4+ ionini topish uchun ishqor eritmasi yoki Nessler reaktivi ta'sirida boradigan sifat reaksiyalardan foydalaniladi; d) agar tekshiriladigan eritma ostida cho'kma bo'lsa, cho'kma tarkibida oltinchiva ikkinchi guruhlar kationlarining suvda erimaydigan tuzlari bo'lishi mumkin. Bu tuzlarning sulfatlardan tashqari barchasi sirka yoki suyultirilgan xlorid kislota eritmalarida eriydi. Cho'kma tarkibida sulfatlar borligini tekshirib ko'rish uchun tekshiriladigan aralashma astoydil chayqatilib, hosil qilingan loyqadan 2-3 tomchi olinadi va unga 3-4 tomchi 2 N HC1eritmasi tomiziladi. Agar cho'kma to'liq erimasa, tekshiriladigan cho'kmali eritmatarkibida sulfatlar bor, deyish mumkin. Cho'kma tarkibida sulfatlar bo'lsa, ikkinchi analitik guruh kationlari kalsiy, stronsiy va bariy shu cho'kma bilan ajratiladi;
e) ikkinchi guruh kationlarining mavjudligini tekshirish uchun aralashmaning bir qismiga (agar unda cho'kma bo'lmasa) guruh reagenti ta'sir ettiriladi. Agar oq cho'kma hosil bo'lsa, demak, bu ikkinchi guruh kationlarining borligini ko'rsatadi.

Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin