3. Konsentrlangan sulfat kislota oz miqdordagi quruq NaCl bilan ta'sirlashganda, gaz holda HCl ajralib chiqadi:
NaCl + H2SO4 = NaHSO4 + HCl
Probirka og`ziga tutilgan ho`llangan ko`k lakmus qog`ozning qizarishidan ajralib chiqayotgan HCl ni sezsa bo`ladi.
Bromid anionining reaksiyalari Bromidlarning ishqoriy va ishqoriy-yer metallari kationlari bilan hosil qilgan tuzlari ham xloridlarniki singari neytral, kuchsiz asoslar kationlari bilan hosil qilgan tuzlari esa kislotali muhitga ega. Bromidlardan faqat AgBr, Hg2Br2, PbBr2, CuBr suvda yomon eriydi. Bromid xloriddan kuchliroq qaytaruvchidir. Bromid kislota va bromid ionni oksidlashda yuqorida xloridlarni oksidlash uchun ishlatilgan oksidlovchilardan tashqari konsentrlangan sulfat kislota va xlorli suv qo`llaniladi. Xlorli suv bilan bromidni oksidlash quyidagicha kechadi:
2Br + Cl → Br2 + 2C1- Xlor ortiqcha olinsa, yuqoridagi reaksiya natijasida hosil bo`layotgan brom xlor bilan ta'sirlashib, sarg`ish brom xlorid gazini hosil qiladi:
Br2 + C12→ 2BrCl-
Qizdirilganda xlor hatto erimaydigan bromid tuzlarini ham oksidlaydi.
Bromid ioni bromat ioni bilan oksidlanganda, qo`ng`ir rangli erkin brom hosilb bo`ladi:
5Br- + BrO- + 6H+→ +3Br2 + 2C1-+3H2O
1. Oksidlovchilarta'siridan bromid ioni kislotali muhitda erkin bromga aylanadi. NaBr ning 4-5 tomchi eritmasiga 3-4 tomchi H,SO4 va 5-6 tomchi S6N6 yoki xloroform qo`shib, aralashtirilib turilgan holda eritmaga 2-3 tomchi xlorli suv tomizilsa, benzol (yoki xloroform) qavati sarg`ish yoki qizil-qo`ng`ir tusga kiradi. Bu erkin Br2 ajralib, organik erituvchi qavatida eriganligini bildiradi:
2NaBr + Cl2→ 2NaCl + Br2 Xlorli suv (oksidlovchi) ortiqcha miqdorda qo`shilsa, eritma rangsizlanadi, bu sarg`ish rangli BrCl hosil bo`lganligini ko`rsatadi:
Br2 + C12→ 2BrCl-