Fan va innovatsiyalar vazirligi materialshunoslik universiteti


Birinchi analitik guruh anionlarining reaksiyalari



Yüklə 1,2 Mb.
səhifə89/135
tarix22.09.2023
ölçüsü1,2 Mb.
#147047
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   135
12 Cифat анализ

Birinchi analitik guruh anionlarining reaksiyalari
Xlorid anionining reaksiyalari
Xlorid ioni eng kuchli kislotalardan biri bo'lgan xlorid anionidir. Shuning uchun HCl ning kuchli ishqorlar bilan tuzlari neytral, kuchsiz asoslar bilan hosil qilgan tuzlari esa muhitga ega. Xlorid ioni rangsiz bo`lib, u rangli kationlar bilangina rangli tuzlar (CoCl2-2H2O - pushti-binafsha, CoCl2-6H2O - pushti, NiCl2 - sariq, NiCl2-6H2O-yashil, CrCl, -binafsha, CrCl,- 10H2O-yashil) hosil qiladi. Fosfor, mishyak, surma singari elementlarning xloridlari uchrab, xlorid kislota va kislorodli kislota hosil qiladi, masalan:
PCl5 + 4H2O → 5HCl + H3PO4
Xlorid kislota va uning tuzlari kislotali muh bolganligi uchun oksidlanib, erkin xlor shaklida ajraladi. Ò`zgaruvchan yuqori valentli elementlarning xloridlari beqaror bo`lib, issiqlik ta'siridan erkin xlor ajralishi bilan parchalanadi, masalan:
MnCl4 MnCl2 + Cl2
Asl metallarning xloridlari kuydirilganda erkin metal va xlor hosil qilib parchalanadi, masalan:
PtCl4 → Pt + 2Cl2
Ayrim metallarning xloridlari komplekslanish xossasiga ega:
AgCl + Cl-→ [AgCl2]+
PtCl4 + 2C1-→ [PtCl6]2-
Suvda va suyultirilgan nitrat kislotada erimaydigan ayrim xloridlarning mo'l HCl, Cl- va zar suvi ta'siridan erishini komplekslanish bilan tushuntirish mumkin.
Xloridlarning AgCl, Hg2Cl2, PbCl2, CuCl, BiOCl, SbOCl, SbO2Cl, SnOCl2, singari tuzlari suvda kam eriydi.
1. Oksidlovchilar ta'siridan xlorid ioni erkin xlorgacha oksidlanadi. Probirkaga 4-5 tomchi NaCl eritmasi va 4-5 tomchi
konsentrlangan H2SO4 va ozgina MnO2 solinib, aralashma sekin qizdirilsa, erkin xlor ajralayotganini ko`ramiz. Ajralib chiqayotgan xlorni probirka og`zida tutib turilgan ho`l yod- krxmalli qogòzning ko`karishidan bilib olish mumkin:
2NaCl + MnO2 + 2H2SO4→ Na2SO4 + MnSO4 + 2H2O + C12
2Cl- + MnO2-+ 4H+→ Mn2+ + Cl2↑+2H2O
Ushbu reaksiyaga Br- va J- anionlari xalaqit beradi.
Mazkur rcaksiyani o`tkazish uchun oksidlovchi sifatida KMnO4 ham olinishi mumkin:
10C1- + 2MnO4- + 16H+ → 2Mn2+ + 5C12↑ + 8H2O
Xloridlarning oksidlanishi faqat kuchli kislotali muhitda kechadi, neytral muhitda xloridlar oksidlanmaydi, ishqoriy muhitda esa erkin xlor ajralmasdan, xlor yuqoriroq oksidlanish darajasigacha oksidlanadi.
Reaksiya yuqoriroq haroratda va ta'sirlashuvchi moddalarning
Yuqoriroq konsentratsiyali eritmalarida o`tkazilsa, tez sodir bo`ladi. Xlor zaharli bo`lganligi uchun reaksiyani mo`rili shkafda o`tkazish zarur.

Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin