Fan va innovatsiyalar vazirligi materialshunoslik universiteti



Yüklə 1,2 Mb.
səhifə93/135
tarix22.09.2023
ölçüsü1,2 Mb.
#147047
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   135
12 Cифat анализ

2. Oksidlovchilar yodid ionni turli oksidlanish darajalarigacha oksidlaydi.
Xlorli suv yodid ionni erkin yodgacha oksidlaydi.
Reaksiyani hajarishda 2-3 tomchi KJ eritmasiga 1-2 tomchi H2SO4, 5-6 tomchi benzol, 3-4 tomchi xlorli suv qo`shib, aralashma chayqatilsa, oldin benzol qavatining binafsha rangga kirishi, so`ngra yana 5-6 tomchi xlorli suv qo`shilganda benzol qavatining rangsizlanishi kuzatiladi:
2KJ + C12 → 2KC1 + J2
J2 + 5C12 + 6H2O →2HJO3 + 10HC1
Yodid ionini xlorli suv bilan oksidlash reaksiyasi neytral muhitda o`tkazilishi mumkin. Eritmaga kislota qo`shish oksidlanishni kuchaytiradi. Ishqoriy muhitda yodit va gipoyoditning hosil bo`lishi natijasida reaksion samara kuzatilmaydi. Xlorli suvni tomchilab quylmasa, yodatning hosil bo`lishi ham reaksion samarani niqoblaydi. Organik erituvchi o`rniga kraxmal eritmasini ishlatish mumkin, bunda kraxmal ajralib chiqayotgan yod ta'siridan ko`karadi.
Kaliy permanganat KMnO4 kislotali muhitda yodid ionni erkin yodgacha oksidlaydi.
10J- + 2MnO2- + 16H+→5J2↓ + 2Mn2+ + 8H2O
Neytral va ishqoriy muhitda yodat hosil bo`lishi tufayli oxirgi samarani ko`rib bo`lmaydi. Permanganat bilan oksidlanadigan qaytaruvchilar eritmada bo`lmasligi kerak. Reaksiyaning sezuvchanligini oshirish uchun ozgina isitilgan yodid ion eritmasiga sulfat kislotali muhitda permanganat eritmasi tomchilab qo`shiladi. Bunda yodid ion yodatgacha oksidlanadi:


5J- + 6MnO4- + 18H+ 5JO3- + 6Mn2+ + 9H2O

Qizil rang paydo bo`la boshlagan zahoti KMnO4 qo`shish to`xtatiladi va uning ortiqchasi 1-2 tomchi vodorod peroksid ta'sirida qaytariladi. Vodorod peroksidning ortiqchasini eritma qizdirilib yo`qotiladi (parchalanish). Hosil bo`lgan yodat eritmaga kaliy yodid eritmasini qo`shish orqali topilishi mumkin. Bunda dastlabki 5 mol yodid ionga to`g`ri kelgan 1 mol yodat iondan 3 mol yod ajralgani uchun reaksiyaning sezuvchanligi ancha oshadi:


JO3+5J-+6H+→3J2↓6+3H2O




Yodid iondan yodat olish uchun neytral muhitda bromli suv ta'sir ettirish mumkin. Bromli suvning qoldig`i sulfosalitsil kislota ta'sirida yo`qotilishi kerak.

Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin