2. Simob (II) nitrat ta'siridan rodanid ioni oq chkma hosil qiladi, bu cho`kma mo'l rodanidda erib ketadi:
2SCN- + Hg2+ →Hg(SCN)2↓
Hg{SCN)2 + 2SCN-→ [Hg(SCN)4]2- 3. Kobalt tuzlari bilan rodanid ioni ta'sirlashganda, amil spirtda eriydigan ko`k rangli korapleks hosil bo`ladi:
4SCN-+Co2+→[Co(SCN)4]2- 4. Kumush nitrat rodanid ionni suyultirilgan nitrat kislotada va ammoniy karbonatda erimaydigan va ammiakda oz eriydigan oq cho`kma shaklida cho`ktiradi:
SCN-+Ag+→AgSCN↓
5. Sulfat kislota quruq rodanidlarga ta'sir ettrilganda. turli xil hidli va zaharli gazlar hosil bo`ladi. Quruq rodanid bilan suyultirilgan (1:1) sulfat kislota ta'sirlashib, zaharli COS hosil qiladi:
SCN- + 2H+ + H2O →NH4- + COS↑
Konsentrlangan sulfat kislola ta'siridan, bundan tashqari HCOOH, CS2, CO2, SO2, ham hosil bo`ladi.
6. Oksidlovchilar rodanid tarkibidagi oltingugurtni sulfatgacha oksidlaydi:
3SCN- + 10H+ + I3NO3-→ I6NO↑ + 3CO2↑ + 3SO42- + 5H2O
Oksidlash kaliy permanganat ta'sirida o`tkazilsa, kislotali, ishqoriy. neytral muhitlarda sulfal hosil bo`ladi. Kislolali muhitda juda zaharli HCN hosil bo`lganligi uchun reaksiya rodanid ishtirokida juda kam miqdorda, mo`rili shkafda o`tkaziladi:
5SCN- + 6MnO4- +13H+→ 6Mn2+ + 5HCN↑ + 5SO42-+ 4H2O
7. Zn metali kislotali muhitda rodanid ion bilan ta'sirlashib, vodorod sulfid va sianid kislola (mo`rili shkaf) hosil qiladi:
SCN- + Zn + 3H+→ Zn2+ + H2S↑ + HCN↑