5. Oksidlovchilar ferrosianid ionni kislotali muhitda ferrisianid ionigacha oksidlaydi:
[Fe(CN)6 ]4- +MnO4- + 8H+ → Mn2+ + 5[Fe(CN)6]3- + 4H2O
Oksidlovchilar sifatida kaiiy permanganatdan tashqari kaliy dixromat, xlor, brom boshqalar olinishi mumkin.
Ferrisianid anionining reaksiyalari Ishqoriy va ishqoriy-yer metallari va temir (III) ning ferrisianidiari suvda yaxshi eriydi. Boshqa kationlaniing ferrisianidlari suvda ham, mineral kislotalarning suyultirilgan eritmalarida ham erimaydi. Kaliy ferrisianidning suvli eritmasi neytral muhitga ega. chunki H3[Fe(CN)6] kuchli kislotadir. U kristall holida qo`ng`ir rangli va suvda yaxshi eriydi. Qorongg`ida saqlanganda barqaror, yorug`lik ta'sirida parchalanib, sianid kislota hosil qiladi.
1. Kumush nitrat ferrisianid ioni bilan to`q sariq rangli cho`kma hosil qiladi:
Mazkur cho`kma nitrat kislotada erimaydi. ammiakda esa eriydi va ammiakda erishi bilan Ag4[Fe(CN)6] dan farq qiladi.
2. Rux tuzlari ferrisianid ioni bilan sariq rangli cho`kma hosil qiladi:
3Zn2+ + 2[Fe{CN)6]3-→ Zn3[Fe(CN)6]2↓
Bu reaksiyadan foydalanib, [Fe(CN)]3- va [Fe(CN)]4-ionlarni xlorid, bromid, yodid va rodanid ionlardan ajratish mumkin. Shunday maqsadda xlorid, bromid, yodid va rodanid ionlar bilan cho`kma hosil qilmaydigan kadmiydan foydalanish ham munikin.
3. Mis(II) tuzlari ta'siridan ierrisianid ioni yashil rangli cho`kma hosil qiladi:
3Cu2+ + 2[Fe(CN)6]3-→ Cu3[Fe(CN)6]2↓
4. Qaytaruvchilarta'siridan [Fe(CN)6]3- ioni [Fe(CN)6]4- ionigacha qaytarilishi mumkin. Bu reaksiyada u oksidlovchilik xossasini namoyon etadi. [Fe(CN)6]3- ioni sulfld, sulfit. yodid ionlaridan tashqari oksalat kislota, selluloza, shakar, ammiak singari moddalarni ham oksidlaydi. Bunday reaksiyalar ishqoriy rmihitda oson kechadi:
Mn(OH)2 + 2[Fe(CN)6]3-+ 2OH-→ MnO(OH)2↓ +2[Fe(CN)6]4-+H2O
2J-+ 2[Fe(CN)6]3-→2[Fe(CN)6]4-+J2