Reaksiyani bajarish. Bunda 1-2 tomchi CaCl2 eritmasiga 2-3 tomchi (NH4)2C2O4 eritmasi qo'shiladi.
3. Kaliy geksatsianoferrat (II) - K4[Fe(CN)6] ammiakli bufer aralashma ishtirokida kalsiy ioni bilan qo'shaloq tuz - kalsiy va ammoniy geksatsianoferrat (II) ning oq cho'kmasini hosil qiladi:
CaCl2 + 2NH4C1 + K4[Fe(CN)6] → Ca(NH4)2[Fe(CN)6] ↓ + 4KC1
Ca2++ 2NH4++ [Fe(CN)6]4- →Ca(NH4)2[Fe(CN)6] ↓
Cho'kma mineral kislotalarda eriydi, lekin CH3COOH da erimaydi. Ba2+ va Mn2+ ionlari ham shunga o'xshash cho'kmalar hosil qilib, Sa2+ ni topishga xalal beradi.
Reaksiyani bajarish.1-2 tomchi CaCl2 eritmasiga 2 tomchi NH4C1 va 2 tomchi NH4OH eritmasi qo'shib qizdiriladi, so'ngra unga yangi tayyorlangan K4[Fe(CN)6] ning to'yingan eritmasidan 3-4 tomchi qo'shiladi.
4. Sulfat kislota va eruvchan sulfatlar Ca2+ioni bilan kalsiy tuzlarining faqat konsentrlangan eritmalaridan cho'kma hosil qiladi, chunki CaSO4 suv va kislotalarda sezilarli darajada eriydi:
Ca2++SO42- →CaSO4 ↓
Bu reaksiyani mikrokristalloskopik reaksiya sifatida o'tkazish maqsadga muvofiq. Bunda mikroskop ostida CaSO4·2H2O ning oson farqlanadigan yirik kristallari hosil bo'ladi. CaSO4cho'kmasi (NH4)2SO4 da erib, (NH4)2[Ca(SO4)2] kompleksni hosil qiladi. Kalsiy tuzlarining eritmalari bariy tuzlaridan farqli ravishda gipsli suv -CaSO4 bilan cho'kma hosil qilmaydi.
5. Alanga rangining bo'yalishi.Kalsiyning uchuvchan tuzlari gaz gorelkasining rangsiz alangasini g'ishtsimon-qizil rangga kiritadi.
II guruh kationlari o`zlarining maxsus reaksiyalari yordamida topiladi.