Nazorat savollari:
1.Kationlarning xususiy reaksiyalarini bajarishda ularning qanday xossalariga
e’tibor berish kerak ?
2. Ba2+ kationi ishtirok etganda Ca+2 va Sr+2 kationlari qanday aniqlanadi ?
3. Aralashmadan Ba+2 kationini qanday yo`qotish mumkin ?
4. Aralashmada Ca+2 va Sr+2 kationlarini qanday ajratiladi ?
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.M.С.MиркомиловаAналитиккимё -T.:«Ўзбекистон» 2003й.
2.K.Р.Расулов Aналитиккимё “Ғ.Ғулом” нашриёт-матбааижодийуйи
Toшкент-2004 йил.
3.Алексеев В.Н. Ярим микрометод билан =илинадиган химиявий сифат
анализи курси. Т.: «Ўқитувчи», 1972 й.
4.Золотов Ю.А., Дорохова Е.Н., Фадеева В.И. и др. Основы аналитической
химии: Учебное пособие. М.: Высшая школа, В 2 кн. 1999.
5.O. Fayzullayev. Analitik kimyo “Yangi asr avlodi” -T.:2006y.
laboratoriya ishi
I va II guruh kationlarining aralashmasi analizi tartibi
Ajratilgan vaqt – 6 soat
Ishdan maqsad:I va II guruh kationlarining aralashmasi analizi tartibini o`rganishdan iborat.
Kerakli jihoz va reaktivlar: probirka, kolba, suv hammomi, shtativ, gaz gorelkasi,sentrafuga, asbest, distirlangan suv, probirkalar;
HCl, H2SO4, NH4OH, NH4Cl,CH3COONH4, HNO3, K2Cr2O4, (NH4)2C2O4 yoki K4Fe(CN)6, bromli suv, I va II guruh kationlarining eruvchan tuzlari.
Identiv o`quv maqsadi:
1.Talaba I va II guruh kationlarining xususiy reaksiyalarini tushunib,sistematik analizda guruh reagentlaridan foydalanib, uchchala guruh kationlarini bir-biridan ajrata oladi
2.I va II guruh kationlari aralashmasini laboratoriya sharoitida
mustaqil tahlil qila oladi.
Dostları ilə paylaş: |