Fan va innovatsiyalar vazirligi materialshunoslik universiteti



Yüklə 1,2 Mb.
səhifə28/135
tarix22.09.2023
ölçüsü1,2 Mb.
#147047
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   135
12 Cифat анализ

2. Ammiak eritmasi rux ioni bilan Zn(OH)2cho'kmasini yuzaga keltiradi, cho'kma mo'l reaktiv va ammoniy tuzlari ta'sirida erib, kompleks ion [Zn(NH3)4]2+ hosil qiladi.
Zn(OH)2 + 4NH4OH→ [Zn(NH3)4](OH)2 + 4H2O
Ammoniy tuzlari ishtirokida NH4OH rux ionini mutlaqo cho'ktirmaydi.
Reaksiyani bajarishda rux tuzining 2-3 tomchi eritmasiga tomchilatib NH4OH eritmasi qo'shiladi, bunda avval cho'kma hosil bo'ladi, so'ngra keyinchalik u erib ketadi.
3. Natriy, kaliy yoki ammoniy karbonat bilan rux ioni ta'sirlashganda kislotalarda eriydigan oq (ZnOH)2CO3 cho'kma paydo bo'ladi:
2Zn2+ + 3CO32- +2H2O→ (ZnOH)2CO3↓+ 2HCO3-
4. Natriy gidrokrbonat rux ioni bilan uchinchi gruppaning boshqa kationlari singari oq rangli Zn3(PO4)2 cho'kmasi hosil qiladi. Cho'kma kislotalar, ishqorlar va ammiakda eriydi. Ammoniy tuzlari ishtirokida ZnNH4PO4 cho'kadi.
5. Ammoniy sulfid rux ioni bilan ta'sirlashganda oq rangli ZnS cho'kma hosil qiladi:
ZnCl2+ (NH4)2S →ZnS↓ + 2NH4Cl
Cho'kma kuchli kislotalarda eriydi, lekin CH3COOH va ishqorlarda erimaydi.
Reaksiyani bajarish. Rux tuzining 2-3 tomchi eritmasiga shuncha miqdorda reaktiv qo'shiladi.
6. Vodorod sulfid - H2S rux ioni bilan ta'sirlashganda oq rangli cho'kma tushadi:
ZnCl2 + H2S→ZnS↓+ 2HC1
Cho'kma reaksiya natijasida hosil bo'lgan kuchli mineral kislotada qisman erigani uchun cho'ktirish to'liq bo'lmaydi.Shu bois reaksiya formiatli muhitda o'tkaziladi.
Bu reaksiya faqat rux ionini topishda emas, balki uni nikel va kobalt ionlaridan ajratishda (pH~2) ham qo'llaniladi. KtS turidagi sulfidlarning eruvchanligi quyidagi:

tenglama bilan ifodalanadi. Tenglamadagi [S2-] vodorod sulfidning ikki bosqichli dissotsiatsiyasi natijasida hosil bo'ladi:
H2S↔2H+ + S2-
Tenglamaga massalar ta'siri qonunini qo'llab, undan [S2-] qiymat topiladi va to'yingan vodorod sulfidning eritmasi -0,1 M bo'lishini hisobga olib, barcha qiymatlarni yuqoridagi eruvchanlik formulasiga qo'ysak:

Agar eruvchanlik <10-5 mol/1 bo'lsa, amalda modda erimaydi deb hisoblanadi. Mazkur qiymatni va s,ZnS= 1,6-10-24 qiymatini oxirgi formulaga qo'yib, undan pH ni hisoblasak:

Demak, pH ning shunday qiymatida rux sulfidning eruvchanligi 10-5 mol/1 bo'lgani holda CoS ning eruvchanligi



Shunga muvoflq NiScho'kmasining eruvchanligini hisoblasak, u 2,76-10"3 mol/1 bo'ladi. Ma'lum bo'ladiki, berilgan pH qiymatida CoS ning eruvchanligi ZnS ning eruvchanligidan 587 va NiS ning eruvchanligi 276 marta katta. Demak, bu sharoitda kobalt va nikel ionlari cho'kmaydi.

Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin