Fan va innovatsiyalar vazirligi materialshunoslik universiteti


Kislota-ishqorli klassifikatsiya



Yüklə 1,2 Mb.
səhifə4/135
tarix22.09.2023
ölçüsü1,2 Mb.
#147047
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   135
12 Cифat анализ

Kislota-ishqorli klassifikatsiya
Kationlarning kislota-ishqorlik klassifikatsiyasi ionlarning HCl, H2SO4, ishqorlar va ammiakka bo'lgan munosabatiga asoslangan.
Shinga ko'ra kationlar oltita guruhga bo'linadi. Kationlarning bu klassifikatsiyasi bo'yicha ionlarni guruhga bo'lish turli manbalarda turlichadir. Masalan A.P.Kreshkov, K.N.Mochalov, Yu.Va.Mixaylenko, A.N.Yarovenkolarning «Бес сероводородные методы качественного полумикроанализа» (-M.: Высшая школа, 1971, 105-119-betlar) va V.I.Posipayko, N.A.Kozireva, Yu.P.Logachevalarning «Химические методы анализа» (- M.:.Высшая школа, 1989, 266-274-betlar) va boshqa ayrim kitoblarda quyidagi bo'linish keltirilgan:
1. Birinchi analitik guruh kationlariga xlorid kislota (guruh reagenti) ta'sirida kam eriydigan xloridlar ҳolida cho'kadigan Ag+, va Pb2+ ionlari kiradi. Bu guruhga xlorid guruhi ham deyiladi.
2. Ikkinchi analitik guruh kationlariga sulfat kislota {guruh reagenti!) ta'siridan kam eruvchan sulfatlar hosil qilib cho'kadigan Ba2+, Sr2+ va Ca2+ ionlari kiradi. Bu guruhni sulfat guruhi deb ham ataladi.
3. Uchinchi analitik guruh kationlariga amfoter xossalarga ega bo'lgan Al3+. Cr3+Zn2+,Sn:2+,Sn4+,As3+,As5+ ionlari kiradi. Bu kationlarning guruh reagenti o'yuvchi ishqorlar bo'lib, ishqor ta'siridan eruvchan anionlar - alyuminat, xromit, sinkat, stannit, stannat, arsenit va arsenat hosil bo'ladi. Bu guruh amoterlik guruhi deb ham yuritiladi.
4. To'rtinchi analitik guruh kationlariga Mg2+, Mn2+, Fe2+, Fe3+, Bi3+. SbIIIva SbV ionlari kiradi. Bu kaiionlar ammiak (guruh reagenti) tasiridan giridroksidlar shaklida cho'kadi. Mazkur kationlar gidroksid guruhi nomini olgan.
5. Beshinchi analitik guruh kationlariga Cu2+, Cd2+, Ni2+,Co2+, Hg2+ ionlari kiradi. Ular mo'l ammiak (guruh reagenti) ta'siridan ammiakat komplekslari - [Cu(NH3)4]2+, [Cd(NH3)4]2+, [Ni(NH3)6]2+, [Co(NH3)6]2+, [Hg(NH3)4]2+ hosil qilib eritmaga o'tadi.

Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin