Fan va innovatsiyalar vazirligi materialshunoslik universiteti



Yüklə 1,2 Mb.
səhifə51/135
tarix22.09.2023
ölçüsü1,2 Mb.
#147047
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   135
12 Cифat анализ

8. Kaliy yodid KJ vismut ioni bilan yetarli konsentratsiyali eritmalardan qora rangli BiJ3cho'kmasini hosil qiladi. Reagentdan ortiqcha miqdor qo'shilsa, qora cho'kma erib ketadi va to'q sariq rangli kompleks ion hosil bo'ladi:
Bi3+ + 3J- → BiJ↓
BiJ3 +J- → [BiJ4]-
Agar eritma suv bilan ozroq suyultirilsa, yana qora cho'kma hosil bo'ladi:
[BiJ4]- →BiJ3 + J-
Eritma kuchli suyultirilganda qora cho'kma (BiJ3) gidrolizlanib, to'q sariq cho'kmaga aylanadi:
BiJ3+H2O→BiOJ↓+2H++2J-
Reaksiyani bajarish uchun Bi3+ tuzining 2-3 tomchi eritmasiga bir tomchi KJ eritmasi qo'shiladi. So'ng, avval olingan qora cho'kma erib ketguncha va to'q sariq rangli kompleks birikma eritmasi hosil bo'lguncha tomchilatib reagent qo'shiladi.
9. Ammoniy sulfid — (NH4)2S ta'siridan vismut ioni kolloid hosil qiladi.


6.6. Surma (III) kationining reaksiyalari

Surma o'z birikmalarida III va V valentli bo'ladi. Barcha surma tuzlarining eritmalari rangsiz. Ularga cho'ktirish, qaytarish va komplekslanish reaksiyalari xosdir.


1. Suv ta'siri (gidroliz) natijasida surma (III) tuzlari oq rangli asosli tuzlar - antimonillar, masalan, SbOCl hosil qilib cho'kadi:
[SbCl]3-+ H2O=SbOCl + 5C1-+ 2H+


Reaksiyani bajarishda 3-4 tomchi SbCl3 eritmasi bir necha tomchi distillangan suv bilan suyultirilganda, SbOCl tarkibli asosli tuz cho'kadi. Cho'kma mo'l HC1 ning issiq eritmasida eriydi. Bu reaksiyaning o'ziga xosligi shundaki, SbOCl cho'kmasi shu tarkibli boshqa IV gruppa kationlaridan farq qilib, vino kislotasi eritmasida kompleks birikma hosil qilib eriydi:

SbOCl + H2C4H4O6→Sb(OH)C4H4O6+ H+ + Cl-



Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin