2. Ammiak ta`siridan temir (II) ion ham oq rangli Fe(OH)2 cho'kma hosil qiladi.
FeSO4+ 2NH4OH→Fe(OH)2↓ + (NH4)2SO4 Biroq Fe2+ ion to'lig'icha cho'kmaydi. Fe(OH)2 cho'kmasining ammoniy tuzlarida erishi natijasida Fe2+ ion ammoniy tuzlari ishtirokida Fe(OH)2shaklida cho'kmaydi. Eritma aralashmasi ochiq havoda qolib ketsa, Fe2+ ionning oksidlanishi natijasida Fe(OH)3 cho'kmasi hosil bo'ladi.
3. Natriy, kaliy va ammoniy karbonatlarita'siridan Fe2+ ion oq rangli FeCO3 cho'kma hosil qiladi, cho'kma havo kislorodi ta'siridan sekin oksidlanib, qizil-qo'ng'ir rangli Fe(OH)3 ga aylanadi:
Fe2++ CO32-→FeCO3↓
4FeCO3 ↓ + 6H2O + O2→ 4Fe(OH)3↓ + 4CO2↑
4. Ammoniy sulfidtemir (II) ioni bilan qora rangli cho'kma -temir (II) sulfid hosil qiladi:
FeSO4 + (NH4)2S→FeS↓ + (NH4)2SO4 Fe2++S2- →FeS↓
Cho'kma mineral va sirka kislotalarida eriydi.
Reaksiyaning bajanlishi.Temir (II) tuzining 2-3 tomchi eritmasiga shuncha (NH4)2S eritmasi qo'shiladi.
5. Kaliy geksatsianoferrat (III) - K3[Fe(CN)6] temir (II) ioni bilan to'q ko'k rangli turnbul ko'ki cho'kmasini hosil qiladi:
3FeSO4+2K3[Fe(CN)6] →Fe3[Fe(CN)6]2↓+3K2SO4 3Fe2++ 2[Fe(CN)6]3-→Fe3[Fe(CN)6]2↓
Cho'kma kislotalarda erimaydi, lekin ishqorlarda parchalanadi.
Mazkur reaksiya temir (II) ion uchun o'ziga xos reaksiya bo'lib, uni pH=2 bo'lganda oksidlovchilar bo'lmagan sharoitda o'tkazish kerak. Oksidlovchilar temir (II) ionini oksidlab, temir (III) ioniga aylantirishi mumkin. Unutmaslik kerakki, K3[Fe(CN)6] ning o'zi ham oksidlovchi bo'lgani uchun uni tomchilab qo'shish tavsiya qilinadi.