Reaksiyani bajarish uchun probirkaga 1 -3 tomchi Mn (II) tuzi eritmasi va bir necha tomchi ishqor eritmadan soling, natijada sekin havo kislorodi bilan oksidlanib qo'ng'ir rangga kiradigan oq Mn(OH)2 hosil bo'ladi:
Mn2+ + 2OH- →Mn(OH)2↓
2Mn(OH)2 + O2→2MnO(OH)2↓
Hosil qilingan cho'kmaga bir necha tomchi H2O2eritmasi tomizilsa, darhol qora-qo'ng'ir rang paydo bo'ladi.
6. Ammoniy sulfidMn (II) ioni bilan ta'sirlashganda kislotalarda eriydigan sarg'ish-jigarrang MnS cho'kma hosil bo'ladi:
MnSO4 + (NH4)2S → MnS↓ + (NH4)2SO4 Mn2++S2-→MnS↓
Reaksiyani bajarish. Marganets tuzining 2-3 tomchiga shuncha miqdorda reaktiv qo'shiladi.
6.3. Temir (III) kationining reaksiyalari Uch valentli temir tuzlarining eritmalari sariq yoki qizil-qo'ng'ir rangli bo'ladi.
1. O'yuvchi ishqorlartemir (III) tuzlari bilan qizil-qo'ng'ir rangli kuchli kislotalarda eriydigan Fe(OH)3 cho'kmani hosil qiladi:
Fe3+ + 3OH-→ Fe(OH)3↓
Alyuminiy, xrom va rux gidroksidlaridan farqli ravishda amalda Fe(OH)3 ishqorlarda erimaydi. Temir (III) ioni Fe(OH)3 shaklida pH~3,5 bo'lganda to'liq cho'kadi.
2. Ammiakham temir (III) tuzlari bilan qizil-qo'ng'ir rangli cho'kma hosil qiladi.
3. Natriy atsetat sovuq sharoitda temir (III) ioni bilan qizil rangli kompleks birikma [Fe(CH3COO)6(OH)2]+ hosil qiladi. Qizdirganda bu modda qizil-qo'ng'ir Fe(OH)2CH3COO cho'kma hosil qiladi.
4. Natriy gidrofosfattemir (III) bilan sarg'ish rangli cho'kma -FePO4 hosil qiladi.
5. Natriy, kaliy va ammoniv karbonatlar temir (III) ioni bilan qo'ng'ir rangli (FeOH)2(CO3)2 tarkibli kislotalarda eriydigan cho'kma hosil qiladi. Bu cho'kma qizdirganda gidroliz tufayli Fe(OH)3 ga aylanadi.