Fan va innovatsiyalar vazirligi materialshunoslik universiteti



Yüklə 1,2 Mb.
səhifə56/135
tarix22.09.2023
ölçüsü1,2 Mb.
#147047
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   135
12 Cифat анализ

Identiv o`quv maqsadi:
1.Talaba V guruh kationlarining xususiy reaksiyalarini tushunib bajaradi.
2.V guruh kationlari aralashmasini laboratoriya sharoitidamustaqil tahlil qila oladi.
Laboratoriya ishini bajarish tartibi: V guruh kationlarigaCu2+, Cd2+. Ni2+,Co2+. Hg2+kabi kationlar kiradi. Guruh reagenti o`yuvchi ishqorlar bo`lib, mo`l ammiak bilan ta’sirlashib, komplekslar hosil qiladi.
7.1. Mis kationining reaksiyalari
Misning eruvchan tuzlari havorang (ko'k). Unga cho'ktirish, komplekslanish reaksiyalari xos.
1. O'yuvchi ishqorlar ta'siridan mis ioni kislotalar va ammiakda eriydigan ko'k-yashil cho'kma hosil qiladi:
Cu2+ + 2OH -→Cu(OH)2
2. Ammiakning mis tuzlari bilan reaksiyasi mis ioni uchun xarekterli bo'lib, ancha seziluvchan reaksiyadir (suyultirish chegarasi 1:25000). Cu2+ioni ammiak ta'siridan avval yashil cho'kma -(CuOH)2SO4 so'ngra ortiqcha qo'shilgan reagent ta'siridan to'q ko'k rangli mis tetraammin kompleks ionini hosil qiladi:
2CuSO4+ 2NH4OH→ (CuOH)2SO4↓ + (NH4)2SO4
(CuOH)2SO4+ (NH4)2SO4+ 6NH4OH →2[Cu(NH3)4]2+ + 2SO42- + 8H2O
Reaksiyani bajarishda Cu2+ tuzining 2-3 tomchi eritmasiga 1-2 tomchi NH4OH eritmasi qo'shiladi. Gidroksid tuz cho'kmasi hosil bo'lgach, cho'kma eriguncha NH4OH qo'shib boriladi.
3. Natriy yoki kaliy karbonat mis ioni bilan asosli tuzning nitrat kislota va ammiakda eriydigan yashil Cu2(OH)2CO3 yoki ko'k 2CuCO3•Cu(OH)2 cho'kmasi hosil qiladi:
2Cu2+ + CO32-+ 2H2O→ Cu2(OH)2CO3↓ + 2H+
3Cu2+ + 2CO32- + 2H2O→ 2CuCO3•Cu(OH)2↓+ 2H+

Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin