Avreliy Avgustin Blajenniy (353-430) asarlarida ham berilgan. U hamma-ning mehnat qilishi zarurligini, «ishlamagan tishlamaydi» (apostol Pavel-ning fikri) g‘oyasini ilgari surdi (sotsializmning asosiy tamoyilini eslang), dehqonchilik eng faxriy kasb ekanligini aytdi, savdoni esa faqat foyda, naf olish uchun qilinadigan ish deb qoraladi. Aqliy mehnatni jismoniy mehnat kabi baholash muhim edi. Ammo Avgustin qullarni ozod qilishni qat’iy talab etgan emas, u dinning bosh vazifasi aholining ahloqiy takomillashuviga yordam berish, degan xulosa chiqargan. Bu dinda odil baho tamoyili, mahsulotlarni shaxsiy emas, balki ijtimoiy baholash, mulk, boylik va boshqa ko‘pgina iqtiso-diy muammolarga tegib o‘tilgan. Avgustin Blajenniy «Faflatda yotgan xalqni uyg‘otish uchun avvalo uning tarixini uyg‘otish zarur», degan buyuk fikrni ifo-da etgan. Dastlabki iqtisodiy g‘oyalar insoniyatning paydo bo‘lishi bilan shakllangan, ammo bizgacha yetib kelganlari m.a. 2-ming yillikka to‘g‘ri kelib, ko‘proq qa-dimiy Osiyo xalqlarining xo‘jalik faoliyatini aks ettiradi. Antik dunyoga ma’lum darajada amaliyotni nazariy umumlashtirish, abstraksiyalash oqibatida birinchi iqtisodiy mushohadalar, ayrim iqtisodiy tushunchalar, kategoriyalar shakllana boshladi.
Qullikka asoslangan natural xo‘jalik, ayniqsa qishloq xo‘jaligi qo‘llab-quvvatlangan, boylikning asosiy manbai mehnat deb hisoblangan Hindistonda «buyumning qiymati»ni «ish kunlari» bilan belgilash, mahsulotning bozor bahosi bilan uning tabiiy qiymati o‘rtasidagi farq aytilgan, foyda masalasi ko‘tarilib, uning miqdori cheklangan. Davlatning iqtisodga aralashuvi qo‘llab-quvvatlangan.
Xitoydagi iqtisodiy g‘oyalar ancha rivojlangan bo‘lib, tabiiy huquq naza-riyasi ilgari suriladi, ularda mehnat taqsimoti, davlatning roli, xalq boyli-gi va hukmdorlar mulki o‘rtasidagi bog‘lanish, iqtisod va qonun masalalariga tegib o‘tiladi.
Agar Osiyoda quldorlik ko‘proq patriarxal shaklda bo‘lsa, antik dunyoda u klassik ravishda ro‘y bergan, natural hunarmandchilik, dehqonchilik xo‘jaligi qo‘llangan, ammo bu davr oxirida savdo, sudxo‘rlik ham qo‘llab-quvvatlangan. Pulning asosan almashuv (Ksenofont jamg‘arish) funksiyasi tan olingan. Mahsulot ishlab chiqarishni rag‘batlantirish, boylik jamg‘arish zararli deb hisoblangan. «Ekonomika», «Xrematistika» tushunchalari kiritilugan, ular bir-biriga qarshi qo‘yilgan, qiymat (qimmat) kategoriyasi, tovarlarning alma-shuv tamoyillari (ilk yo‘nalish) keltirilgan, ammo buning mezoni (mehnat miqdori, foydalilik) aniq berilmagan.
Rimda quldorlik eng yuksaldi, lekin tanazzulga ham uchray boshladi (Osi-yoda feodalizm munosabatlari oldinroq ro‘y bergan). Qulchilikka munosabat o‘z-gardi, erkin sohibkorlik ustunligi oydin bo‘lib qoldi, dehqonchilik bilan
chorvachilik, yirik savdo va sudxo‘rlik faoliyati qo‘llandi (Sitseron). Mayda ishlab chiqarishga o‘tish jarayoni, islohotlar (Grakxlar) yo‘li boshlandi.
Katon tomonidan foyda tushunchasi kiritilgan, ammo uni xato ravishda qiymatdan ortiq mahsulot deb bilgan.
Zoroastrizmning muqaddas kitobi Avesto va xristianlik kitoblari Bibliya, Injilda ham muhim iqtisodiy g‘oyalar mavjud, masalan sotsializmning bosh tamoyili bo‘lgan «ishlamagan tishlamaydi» g‘oyasi eramiz boshida ma’lum edi.
Qisqacha xulosa qilib shuni aytish mumkinki, bu davrdagi iqtisodiy g‘oya-larda natural xo‘jalik (nobozor) konsepsiyalari asosiy hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: |