Fiziokratizm — (fransuzcha: Physiocratie; yunonchadan tarjima qilganda „hokimiyat tabiati“ maʼnosini beradi), 18-srdagi fransuz iqtisodchilari hamda klassik siyosiy iqtisod vakillaridir. Fiziokratlar maktabi Fransiyada feodalizmdan kapitalizmga oʻtish davrida vujudga keldi.[1] Bu tasodifiy hol emas edi. Oʻsha davrda Fransiyada manufaktura ancha rivojlangan boʻlsada, ammo mamlakat hali ham agrar holatda edi. Aholining asosiy qismi qishloqlarda yashar, milliy boylikning 2/3 qismi shu sohada yuzaga keltirilar edi. Qishloq xoʻjaligi ahvolini yaxshilash tadbirlari fiziokratlar tadqiqotlarining asosini tashkil etadi. Ular qishloq xoʻjaligini iqtisodiyotning yagona unumli sohasi deb hisobladilar. Ularning fikricha, boylik faqat qishloq xoʻjaligida yaratiladi, sanoat va savdoda esa u qayta ishlanadi va qayta taqsimlanadi, xolos.
Ilk fizioktratlar maktabining asoschisi fransuz demokratisti François Quesnay (1694–1774) hisoblanadi.[2] Uning 17-asrda Parijning kichik bir nashriyotida chop etilgan „Tableau économique“ (Iqtisodiy jadvallar) kitobi orqali ushbu fiziokrat maqomida atalgan birinchi insonlardan biri sanaladi.[3] Uning kitobida keltirilishcha xalq boyligining manbasi va mamlakat iqtisodiyotini rivojlanishi bu aholining qishloqxoʻjalik mahsulotlarini ishlab chiqarishiga bogʻliq deb hisoblanilgan.
Klassik siyosiy iqtisod
XVII-XVIII asrlarda G‘arbiy Yevropada sanoatning tez rivojlanishi manufaktura davrasidagi (tashqi savdo rivojiga to‘siq) proteksionizm siyosati va (tadbirkorlik tashabbusini bo‘g‘uvchi) davlatnnng iqtisodiy homiyligiga muxtojlik yo‘qoldi. Angliyadagi XVII asr o‘rtalaridagi sanoat inqilobi jamoatchilik diqqatini savdodan nndustriyaga jalb etdi. Ishlab chiqarish tadbirkorlarni daromad olishning asosiy manbai sifatida yanada ko‘proq qiziqtira boshladi. Avvaldan malum inqilobiy g‘oyalar amaliy talablarga javob bermay qoldi. Iqtisodiy erkinlashtirish konsepsiyasi yangi g‘oyaning asosi edi. Merkantilizm o‘rniga klassik (lotincha «namunali haqiqiy») iqtisodiy maktab vujudga keldi. Chunki avvalgi nazariyalar sanoatlashayotgan zamon talablariga javob bermay qoldi. «Klassik maktab» atamasi K.Marks tomonidan berilgan. Paydo bo‘layotgan yangi muammolarni hal etish yangi yo‘nalish tarafdorlari zimmasiga to‘g‘ri keldi. Uning namoyondalari o‘z ilmiy tadqiqotlarining asosi qilib milliylik ishlab chiqarish sohasini oldilar va kapitalizmni ilmiy tahlil qilish bo‘yicha dastlabki muhim qadamini qo‘ydilar.
Klassik maktab ishlab chiqarishning yangi usuli shakllanayotgan va mustahkamlanayotgan davrda vujudga keldi. Kapitalizm ayrim mamlakatlarda tarixiy shart-sharoitlarga mos ravishda feodal munosabatlarning saqlanganlik darajasiga qarab, turlicha rivojlandi. Bu jarayonlar dastlab (XX) asrda Angliyada ro‘y bera boshladi. Feodalizm yemirilib uning zaminida kapitalistik, ya’ni bozor munosabatlari shakllannb bordi. Uy hunarmandchiligi o‘rniga manufakturaning kirib kelishi hamma asosiy ishlar bir odam yoki oila tomonidan bajarilgan (xom-ashyoni tayerlash, qayta ishlash, sotish.), unda aniq mehnat taqsimoti yo‘q manufakturada esa mehnat taqsimoti, kooperatsiya, yollanma ishchi kuchi, demak kapitalistik ishlab chiqarishning kurtaklari paydo bo‘ldi. XVI asrdan boshlab dastlab Angliyada dehqonlarning yerdan mahrum qilinishi (yer yirik lendlorlar quliga o‘ta boshladi) ro‘y berdi, menlar-dehqon sinfi tugatildi., oqibatda kapitalistik fermerchilik yuzaga keldi (ular yerni lendlorlardan uzoq muddatli ijaraga olgan), keyinchalik maishiy-texnika yangiliklarni keng qo‘llaganlar.
Agrar inqilob, islohot nomini olgan bu o‘zgarish manufaktura sanoatinnng rivoji bilan bog‘liq. Dastlabki paytlarda bu sohada mato to‘qish asosiy edi. U nihoyatda foyda keltiruvchi sohaga aylandi, matoga talab oshdi uni qondirish uchun sanoat uchun kerakli xom ashyo bazasini yaratish talab qilindi. Xom-ashyo esa jun bo‘lib, qo‘ylardan olinardi, manufaktura rivojiga jun kerak, buning uchun qo‘ylar sonini oshirish talab etildi, ko‘p qo‘y boqish uchun esa yangi keng yaylovlar zarur oqibatda chakalakzor, botqoq, buz yerlar chegaralanib («yerlarni chegaralash» degan ibora shundan kelib chiqqan) yaylovga aylantirildi. Dehqonlar o‘z yerlaridan haydab chiqarildilar, yerlari tortib olinib yaylovlarga aylantirildi. Bu jarayonning muhim ahamiyati bor:
1.Manufaktura (sanoat) uchun xom-ashyo ko‘paydi;
2. Sanoatga ko‘p va arzon ishchi kuchi yetkazib berildi (yerdan mahrum bo‘lgan ish qidirib shaharga borganlar).
4. Marksizm — K. Marks va F. Engels asos solgan falsafiy, iqtisodiy va siyosiy taʼlimot. Nemis mumtoz falsafasini (Gegel, Feyerbax va boshqalar), ingliz siyosiy iqtisodini (Smit, Rikardo va boshqalar), fransuz xayoliy sotsializmini (Sen-Simon, Furye va boshqalar) oʻrganishga tayanib, Marks va Engels dialektik, tarixiy materializmga asoslangan falsafa, qoʻshimcha qiymat nazariyasiga asoslangan siyosiy iqtisod va kommunizm taʼlimotini ishlab chiqdilar. Marksizmda moddiy ishlab chiqarish usuli, ishlab chiqaruvchi kuchlar va ishlab chiqarish munosabatlari jamiyatning negizi sifatida karaladi. Marksizm xususiy mulkchilikka asoslangan jamiyatda ishlab chiqarishning ijtimoiy va oʻzlashtirishning xususiy harakterga ega ekanligiga tayanib, ijtimoiy inqilob toʻgrisidagi qonunni asoslashga urinadi. Ijtimoiy-iqtisodiy formatsiya, sinfiy kurash bilan bogʻliq nazariyani ilgari suradi. Jamiyat tari-xiga sinflar kurashi tarixi sifatida qaraydi. Marksizmga kura, sinfiy kurash proletariat diktaturasiga olib keladi. Proletariat diktaturasining maqsadi esa sinfsiz jamiyat qurishdan iborat deb hisoblaydi. Marksizm ishlab chiqarish vositalariga faqat ijtimoiy mulkchilikni tan oldi, boshqa mulk shakllarini inkor etdi. Xususiy mulkni barcha ijtimoiy illatlarning asosiy sababi degan notoʻgʻri qarashni ilgari suradi.