Fanga kirish. Qadimgi dunyo iqtisodiy g‘oyalari. Iqtisodiy ta’limotlar tarixi fanining predmeti va uslubi «Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q»


Qadimgi Yunonistondagi iqtisodiy ta’limotlar



Yüklə 53,55 Kb.
səhifə7/11
tarix20.11.2023
ölçüsü53,55 Kb.
#165716
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
1-мавзу

Qadimgi Yunonistondagi iqtisodiy ta’limotlar
Yuqorida qayd etilganidek, antik dunyo mamlakatlarida quldorlik klas-sik shaklda rivoj topdi, m.a. II-I ming yilliklar davrida shakllandi. Qadim-gi Gresiya (Yunoniston) da ijtimoiy-iqtisodiy hayotning hamma jabhalarida quldorlik bevosita ishlab chiqaruvchilarni ekspluatatsiya qilishning asosiy shakliga aylangan edi. Ishlab chiqarish asosan quldorlik munosabatlariga asoslanib olib borildi, qul asosiy ishlab chiqaruvchi kuch hisoblangan (Sharq bilan solishtiring). Dastlabki iqtisodiy g‘oyalar Gomerning «Iliada» va «Odisseya» poemalarida aks ettirilgan bo‘lib, iqtisodiyotning natural xo‘ja-lik konsepsiyasi ilgari surilgan. Yunon shoiri Gesiad (m.a.8-7 asrlar) ning «Mehnat va qonunlar» asarida boylikning kuchi, hokimiyati aks ettirilgan. U dehqonchilikni ulug‘laydi, bu sohada qisman qullar mehnati ham ishla-tilgan. U davrda oddiy xalq orasida mehnat ancha qadrlangan. Qulchilik ofa-tining bosib kelayotganligidan xavfsiragan shoir go‘yoki ilgari hukm surgan «oltin asr», ijtimoiy jabr va og‘ir jismoniy mehnatga ehtiyoj bo‘lmagan davrni ham yoritgan.
Miloddan avvalgi VII-VI asrlarda polis (shahar) sistemasi shakllanib bo‘lgach, qulchilik keng tus oladi, urug‘chilik mulki xususiy mulkchilik tomo-nidan siqib chiqariladi, savdo, sudxo‘rlik tez rivojlanadi. Solon (m.a. 640/635-559 yy.) islohotlari pul xo‘jaligining afzalligini ko‘rsatib berdi (m.a. 594 y.). Islohot tufayli kulni qarzga berish taqiqlandi. Afinada Pe-rikl (m.a. 444/443-429 yy.) tomonidan olib borilgan ishlar muhim ahamiyat kasb etdi. Qurilish, hunarmandchilik, savdo o‘sdi. Shu davrda fuqarolar va fuqaro bo‘lmagan aholini bir-biriga qarama-qarshi qo‘yadigan qonunlar qabul qilindi. Bu ishlar qullarni hunarmandchilik va savdo sohalarida beayov eks-pluatatsiya qilish, savdo va pul xo‘jaligini rivojlantirish hisobiga amalga oshirildi.
Qulchilik o‘z tabiatiga ko‘ra insonga yot, u majburiylikni talab etgan, oqibatda ma’lum davrdan inqirozga uchray boshlagan. Shu davrda iqtisodiy g‘oyalar tobora reaksionlashib, davlatni, aristokratiyani himoya qilish, natu-ral xo‘jalikni yoqlash yo‘lini tanlaydi, ya’ni sinfiy xarakterga ega bo‘la bo-radi. Bu yo‘nalish Ksenofont (taxminan m.a. 430-354 yy.), Platon (Aflotun, taxminan m.a. 427-347 yy.), Aristotel (Arastu, m.a. 384-322 yy.)larning iqtisodiy qarashlarida yaqqol namoyon bo‘ldi.
«Ekonomiya» so‘zi («oykonomiya»: - «oykos» - uy, xo‘jalik va «nomos» - qonun, qoida) tom ma’noda uy xo‘jaligi to‘g‘risida qoida mazmuniga ega bo‘lib, Ksenofontning maxsus asarining sarlavhasi bo‘lgan. Ksenofont quldorlar mafkurasining himoyachisi hisoblanadi, qulchi-likni tabiiy, ob’ektiv jarayon deb baholaydi, qul mehnatiga asoslangan natural xo‘jalikni ulug‘laydi. U ayniqsa qishloq xo‘jaligi, dehqonchilikni farovonlik manbai deb bilgan. Dehqonchilik tufayli odamlar o‘zlariga hayot uchun kerakli hamma narsani oladilar. Dalada ishlash sog‘liq uchun ham foyda-li (toza havo), ham iqtisodiy naf keltiradi.
U rahbarlar va ijrochilar mehnatini farqlaydi. Uningcha ijrochilar jismoniy mehnat bilan shug‘ullanadilar. Rahbarlar mehnati bilan erkin odamlar, jismoniy mehnat bilan esa qullar band bo‘lishlari kerak. Xo‘jalik faoliyati davomida foydali buyumlar, ya’ni iste’mol qiymatlari yaratiladi. Qadimgi yunon olimlari ichida birinchi bo‘lib, mehnat taqsimotining ahami-yatini tushundi, ko‘proq, ortiqcha foyda olish, «xo‘jalikni boyitish» uchun qullar talabini imkon boricha kamroq qondirishni tavsiya etgan. Mehnat taqsimoti bilan bozor kattaligi, mahsulotning almashuv qiymati orasida uzviy bog‘lanish borligiga e’tibor bergan. Pulning muomala vositasidan tashqari, kapital sifatida jamg‘arish funksiyasini ham tan olgan (pulning boshqa funksiyalari inkor etiladi).

Yüklə 53,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin