~ 17 ~
4-amaliy mashg’ulot
Mavzu:
Dorivor o ‘simliklar yetishtirishda organik o’g’itlarning
ahamiyati va ularning o’simliklardagi qo’llanilishining me’yorlari
Mashg‘ulotning maqsadi:
Mashg‗ulot davomida dorivor o‗simliklami
yaxshi
o‗sishi ya rivojlanishida organik o‘g‘itlarning
ahamiyati va ularni qo‘llash meyorlarini
o‘rganish.
Zarur jihozlar:
texnologik xaritalar, jadvallar
va plakatlar
, o‘g‘it na‘munalari
Nazariy tushuncha
Kelib chiqishiga qarab o'g'itlar mineral, organik, organo-mineral va bakterial
o'g'itlarga bo'linadi.
Organik o'g'itlar
—o‘simlik va hayvon qoldiqlaridan iborat. Ular to‘la qimmatli
va har taraflama ta‘sir qiladigan o‘g‘it hisoblanadi. Erga organik o'g'itlar berilganda er
oziqa
elementlari bilan boyiydi, suv, havo, issiqlik rejimlari, donadorligini va
mikroorganizmlarning faoliyatini yaxshilaydi. Organik o'g'itlarga go'ng, torf, kompost,
parranda, ipak qurti axlati va ko‘kat o‘g‘itlar kiradi.
G‘o‘ng va boshqa organik o'g'itlar tuproqning biologik faolligini keskin oshiradi.
Tuproq mikroorganizmlarga boyiydi. Tuproqda
mikroorganizmlar soni ortib, tuproq
havosidagi CO
2
gazi ko‘payadi. Surunkasiga ekinga g‘o‘ng
berilganda tuproqda
gummus va azot miqdori ortadi (6-rasm).
6-rasm.
Organik o’g’it (go’ng)
Ko’kat o’g’itlar
(sideratlar) tuproq unumdorligiga har tomonlama ta‘sir qiladi.
Asosiy ekinlardan bo‘shagan erlarga turli oraliq ekinlar ekib, ularning ko‘k
massasini
tuproqqa qo‘shib haydab yuboriladi. Bunday ekinlarga ko‘kat o‘g‘itlar yoki sideratlar
deyiladi.
Bakterial o'g'itlar
tarkibida tuproqda o'simlik o'zlashtira
oladigan oziqa
elementlarini to'plovchi mikroorganizmlar ushlaydi. Bularga nitragin, azobakerin,
fosfobakterin va boshqalar kiradi. Masalan, tuganak bakteriyalari
nitrogenaza fermenti
atmosfera azotini birikma holga o'tkazib to'playdi (nitragin) yoki organik birikmalarni
parchalovchi fosfobakteriyalar organik birikmalar tarkibidagi fosforni o'simlik
o'zlashtira oladigan holatga keltiradi.
~ 18 ~
Organik moddalar tuproqning muhim tarkibiy qismi hisoblanadi.
Organik
moddalar, shujumladan gumus m iqdori har xil tuproq tiplarining haydalma qatlamida
turlichadir.
Dostları ilə paylaş: