Fanidan Amaliy mashg’ulotlar



Yüklə 2,47 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/100
tarix20.09.2023
ölçüsü2,47 Mb.
#145711
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   100
Dorivor o\'simliklar yetishtirish texnologiyasi

Zarur jihozlar:
 
texnologik xaritalar, jadvallar va plakatlar

 
Nazariy tushuncha
 
Almashlab ekishni o‘zlashtirish jadval ko‘rinishda rasmiylashtiriladi, unda 
almashlab ekish dalalari bo‘yicha ekinlar joylashtiriladi. Almashlab ekish o‘zlash-
tirilayotganda xo‘jalik rivojlanishining istiqbolli rejasida belgilangan qishloq xo‘jalik 
mahsulotlarini yetishtirish hajmining rejasi bajarilishi va oshirib bajarilishini ta‘minlash 
zarur. 
Bunga almashlab ekishni o‘zlashtirish davrida ekinlarni yaxshi o‘tmishdoshlarga 
joylashtirish, tuproq unimdorligini oshirish, ekinlarni yetishtirishda jadal usillarni 
qo‘llash bilan erishiladi.


~ 15 ~ 
Rejani tuzishdan oldin dala tarixini o‘rganish kerak, chunki u almashlab 
ekishning tarkibiga kiradi.
Buning uchun tuproqning natijalari, o‘tmishdoshlar, qo‘llanilgan o‘g‘itlar, erga 
ishlov berish, begona o‘tlar bilan ifloslanish to‘g‘risida ma‘lumotlar va boshqa 
materiallarning lozim. Bu ma‘lumotlarning hammasi tahlil qilinadi, umumlashtiriladi va 
almashlab ekishni o‘zlashtirish rejasi uchun asos qilib olinadi. 
Almashlab ekishni o‘zlashtirish davri iloji boricha qisqa bo‘lishi, ya‘ni dala 
almashlab ekishda 2-3 yil, ko‘p yillik o‘tlar 3 yil va undan ortiq almashlab ekish uchun 
esa yana ham davomliroq bo‘lishi mumkin. Almashlab ekishni o‘zlashtirish rejasini 
tuzish uslubini quyidagi misolda ko‘rib chiqamiz. Xo‘jalik poliz ekin mahsulotlarini 
yetishtirishga ixtisoslashtirilgan. Bu yerda 243 gektarda 7 dalali almashlab ekish joriy 
etilgan, ya‘ni 1 yili-beda, 2-beda, 3-kartoshka, 4-karam, 5-kartoshka, 6-savzi, 7 yili-
pomidor. 
Almashlab ekishga o‘tish rejasini quyidagi shaklga ko‘ra dala maydonlarini 
yangidan bir xil qilib ekinlarni joylashtirib tuzish zarur. O‘zlashtirish rejasini oldin 1-
yilga, keyin 2-yilga so‘ngra almashlab ekishga to‘la o‘zlashtirilgan davriga tuzish 
yaxshi natija beradi. Bundan faqat ko‘p yillik ekinlar mustasno, chunki ular foydalanish 
yiliga ko‘ra keyingi yillarga o‘tadi. 
Ekinlar dalalarga joylashtirilayotganda quyidagi tartibga amal qilish zarur: 
1. Quyidagi shaklning chap tamonida o‘tmishdoshlar to‘g‘risidagi ma‘lumotlar 
keltiriladi. 
2. Yangi erlar bo‘lsa ularni o‘zlashtirish rejalari belgilanadi. Shundan qancha 
maydon ishlanishi va ekin ekilishi mumkinligi aniqlanadi. 
3. Almashlab ekishni o‘zlashtirishning 1-yili hamma dalalarni tartibi bilan 
o‘tmishdosh ekinlarni ko‘rib chiqamiz va shaklning chap tomoniga grafa bo‘yicha yozib 
qo‘yamiz. 
Bunday o‘tmishdosharga 1-daladagi 3-yillik beda va kuzgi ekin, 4-daladagi 2-
yillik beda misol bo‘la oladi. 
4. Birga qo‘shib ekiladigan ekinlarni joylashtirish o‘rni ko‘rsatiladi. 
5. Yuqori baholi ekinlar yaxshi o‘tmishdoshlardan keyin joylashtiriladi. Ushbu 
almashlab ekishda bunday ekinlarga birinchi navbatda kartoshka va karam kiradi. 
6. Qolgan ekinlar joylashtiriladi. Almashlab ekishni o‘zlashtirish davrida bir 
dalaga bir nechta ekin ekish mumkin. Ammo iloji boricha bundan chetlanmoq kerak, 
chunki uchastkaning maydalanishi almashlab ekish davrini cho‘zib yuboradi. 
Jadval to‘ldirilgandan keyin almashlab ekishni o‘zlashtirish davrida asosiy ekinlar 
bo‘yicha topshiriqlar bajarilishini tuzilgan reja qanday ta‘minlashi tekshiriladi. 
Buning uchun almashlab ekishga o‘zlashtirish va o‘zlashtirilgan yillar uchun va 
maydonlar ko‘rsatilgan maxsus shakl tuziladi. 
Jadval ma‘lumotlariga qaraganda almashlab ekishga qo‘yilgan asosiy vazifa 
birinchi yildan boshlangan bo‘lsada, faqat o‘zlashtirilgan yili to‘la bajarildi. Chunonchi, 
poliz ekinlari 105 gektarni, kartoshka 70 gektarni, yem-xashak ekinlari esa 70 gektarni 
tashgkil etadi. Ekin maydoni rejalari shunday belgilangan. 


~ 16 ~ 

Yüklə 2,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin