~ 14 ~
Yerlarni lazer nivelirida tekislash bo‗yicha olingan amaliy tadqiqot natijalarga
ko‗ra, ushbu texnologiyaning bir necha afzallik tomonlari mavjud. Birinchidan–
sug‗orish suvi 20-25 foizgacha tejaladi; Ikkinchidan–suvdan foydalanish samaradorligi
ortadi; Uchinchidan– qishloq xo‗jaligida 1 gektar maydondan qo‗shimcha 5–7 s. hosil
olishga erishiladi; To‗rtinchidan– qo‗shimcha olingan hosil hisobiga iqtisodiy daromad
15-20 foizga ortadi. Qolaversa sug‗orish suvi orqali ortiqcha tuz kelishining oldi
olinadi, sug‗orishga ketadigan vaqt, ishchi kuchi va energiya tejaladi; dala maydonida
ekinlar bir tekis unuvchanlikga ega bo‗ladi; ekinlar bir xil me‘yorda oziqa moddalar va
namlik bilan ta‘minlanadi; dalaga sug‗orish suvlari orqali keladigan begona o‗tlar
miqdori kamayadi; shu bilan birgalikda, agar erga ishlov berish ishlari to‗g‗ri olib
borilsa dala maydon 3– 5 yilda lazer nivelirida qayta tekislanishi mumkin.
Nazorat savollari
1. Yerni haydash usullarini aytib bering.
2. Yerni haydash chuqurligi qanday aniqlanadi?
3. Yerni ishlash qurollarini sanab o'ting.
4. Kuzgi va bahorgi shudgor deb, nimaga aytiladi?
5. Ishlov berish sifatini qanday yaxshilash mumkin?
6. Yer qanday moslamalar yordamida tekkislanadi.
7. Yerlarni lazer nivelirida tekislash deganda nima tushuniladi?
3-amaliy mashg’ulot
Mavzu:
Dorivor o ‘simliklar yetishtirishda almashlab ekishning asosiy
usullari
Mashg‘ulotning maqsadi:
Mashg‗ulot davomida talaba dorivor o‗simliklami yaxshi o‗sishi
ya rivojlanishida almashlab ekishning
ahamiyati, usullarini va yangi almashlab ekishga o‘tish va
o‘zlashtirish rejasini tuzishni o‘rganish
Dostları ilə paylaş: