Fanidan Amaliy mashg’ulotlar



Yüklə 2,47 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/100
tarix20.09.2023
ölçüsü2,47 Mb.
#145711
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   100
Dorivor o\'simliklar yetishtirish texnologiyasi

Yerni haydash usullari.
 
dorivor o‗simliklar ekiladigan erni sifatli haydashda 
haydash usulining ham roli katta. Yer asosan ikki usulda, ya‘ni 
aylanma
(shaklli) va 
taxta (zagon)larga bo‘lib
haydaladi.
Aylanma shaklli haydash
uchastkaning o‗rtasi yoki chekkasidan boshlanadi. 
Bunda burilish joylarda plug haydash chuqurligidan ko‗tarilmaydi, haydash esa 
uchastkaning o‗rtasi yoki chetida tugallanadi. Bu usulda yer sifatli haydalmaydi, chunki 
haydash chuqurligi hamma yerda bir tekis bo‗lmaydi, ya‘ni uchastkaning o‗rtasida 
chuqur, burilish joylarda sayoz bo‗ladi, hatto ayrim joylar haydalmay qoladi. Aylanma 
haydashda plug yerdan ko‗tarilmay traktor buriladi, natijada traktorga zo‗r keladi, u 
tez-tez buziladi va plug sinadi. Shuning uchun dehdonchilikda aylanma, ya‘ni shaklli 
haydash usulini qo‗llash taqiqlangan.
Dala to‗g‗ri 
taxtalarga (zagonlarga) bo‘lib
haydalganda sifatli bo‗ladi. 
Shuning uchun yerni haydashdan oldin dala taxtalarga bo‗lib chiqiladi (1-rasm). 
 
 
1-rasm. 
Yerni haydash 
 
Yerni haydash muddati.
 
 
Yer qancha barvaqt shudgorlansa unda nam shuncha ko‗p 
to‗planadi hamda erning fizik xossalari 
 
yaxshilanib, ekinlardan yuqori hosil olinadi. 
Yer haydash muddati ekiladigan ekinga ham bog‗liq. Bahorgi yoki kuzgi ekinlar ekilgan 
yerga takroriy ekin ekilishi lozim bo‗lsa, o‗rim tamomlanishi bilanoq tezda angizni 
haydash kerak. Mexanik tarkibi yengil tuproqli yerlar og‗ir tuproqli yerlarga nisbatan 
ertaroq yetiladi. Suv tanqisligi kutilayotgan ushbu yilda mazkur kompleks tadbirlarni 
qulay muddatda va sifatli amalga oshirish zarur. Ko‗p yillik tajribalarga asosan shamol 


~ 11 ~ 
eroziyasi kuchli hududlar, ya‘ni Qo‗qon guruhi tumanlari yengil tuproqlarida yer asosan 
bahorda shudgor qilinadi. So‗ngra maydonlarda namlikni yo‗qotmaslik va saqlab qolish 
maqsadida peshma-pesh 
borona
o‗tkaziladi. 
Shuning uchun bahorda yerlami oralab haydash kerak. Tuproq namligi dala nam 
hajmiga nisbatan 50-60 foiz bo'lgan vaqt yer haydaladigan eng qulay muddat 
hisoblanadi. 

Yüklə 2,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin