~ 9 ~
2-amaliy mashg’ulot
Mavzu:
Dorivor o ‘simliklar ekiladigan (sug’oriladigan va lalmikor)
yerlarni tanlash va tuproqqa ishlov berishni agrotexnikasini o’rganish
Mashg‘ulotning maqsadi:
Mashg‗ulot davomida talaba dorivor o‗simliklami
yaxshi o‗sishi ya rivojlanishi, ulardan ko'proq xomashyo yetishtirish va tuproq
unumdorligini oshirishda erni ishlashdagi texnologik jarayonlar, erni haydash
chuqurligi, muddati va usullarini o‗rganadi.
Zarur jihozlar:
texnologik xaritalar, jadvallar va plakatlar
.
Nazariy tushuncha
Mamlakatimizda qish oylari ko‗p yillik o‗rtacha ob-havo haroratiga nisbatan iliq
kelmoqda. Yog‗ingarchilik miqdori nisbatan kam bo‗lganligi tufayli ekin maydonlarida
namlik etarli bo‗lishini ta‘minlash zarur. Buning uchun fevral oyida agrotexnik tadbirlar
quyidagi tarzda o‗tkazilishi maqsadga muvofiq.
Respublikamizning tabiiy tuproq-iqlim sharoitlarida qishloq xo‗jaligi ekinlarini
sun‘iy ravishda sug‗ormasdan turib, ko‗zlangan hosilni olib bo‗lmaydi. Chunki,
mamlakatimizda tabiiy yog‗ingarchilik miqdori juda kam (tekis cho‗l-sahro
mintaqalarida 90–120 mm atrofida xolos, faqatgina tog‗ va tog‗ oldi mintaqalarida
uning yillik miqdori 360 mm. gacha yetadi) bo‗lib, u ham mavsumiy xarakterga ega
bo‗lganligi uchun tuproqda to‗plangan tabiiy namlik qishloq xo‗jaligi ekinlari urug‗ini
undirib olishga etmaydi. Bundan tashqari, suv manbalari juda chegaralangan.
Dostları ilə paylaş: