Fanidan Amaliy mashg’ulotlar



Yüklə 2,47 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/100
tarix20.09.2023
ölçüsü2,47 Mb.
#145711
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   100
Dorivor o\'simliklar yetishtirish texnologiyasi

Nazorat savollari 
1. Moychechakning urug' iga qanday ishlov beriladi? 
2. Moychechakning parvarish ishlari nimalardan iborat? 
3. Moychechak ekish uchun egat oralari qanday bo‗lishi kerak?
4.Tukli evraning agrotexnikasi qanday? 
5.Tukli evra va moychechakning kimyoviy tarkibi nimalardan iborat? 
6. Tukli evrani o'stirish uslublari nimalardan iborat? 
7. Tibbiyotda pol-pola va buyrakchoy qanday kasalliklar ishlatiladi?
8. O‘tkir bargli sanoning urug' iga qanday ishlov beriladi? 
9. O‘tkir bargli sanoning parvarish ishlari nimalardan iborat? 
10. Moychechak ekish uchun egat oralari qanday bo‗lishi kerak?
 
7-amaliy mashg’ulot 
Mavzu:
 
Ikki yillik dorivor o‘simlikar (tirnoqgul, qora zira) va ularni dala 
sharoitida ekish chuqurligi, meyori va urug’ unuvchanligini 


~ 35 ~ 
Mashg'ulotning maqsadi:
 
talabalar dars davomida bir yillik dorivor o‗simliklar 
va ularning agrotexnikasi bilan (tirnoqgul, qora zira misolida) tanishadi. 
Zarur narsalar:
 
yuqorida keltirilgan dorivor o'simliklarga doir gerbariylarr
plakatlar, urug‘lari, xomashyo namunalari. 
 
Nazariy tushuncha 
Dorivor tirnoqgul
 

Calendula officinalis
- Astradoshlar (
Asteraceae
) oilasiga 
mansub. Bir yillik bo‗yi 30-50 sm, ba‘zan 60 sm ga yetadigan o‗t o‗simlik. Ildizi 
shoxlangan o‗q ildiz. Poyasi kattiq tik o‗suvchi, asos qismidan boshlab shoxlangan
qirrali bo‗lib, yuqori qismi bezlar bilan qoplangan. Barglari oddiy bandli cho‗ziq teskari 
tuxumsimon, poyada ketma-ket joylashgan. 
Poyaning yuqori qisrrfidagi barglari bandsiz tuxumsimon yoki lantsetsimon gullari 
savatchaga to‗plangan. Iyun oyidan boshlab kech kuzgacha gullaydi. Mevasi iyuldan 
boshlab yetiladi.
Gullari tillarang - sariq, sariq yoki to‗qsariq poya va yon novdalar uchida 
savatchalarga to'plangan holda bo‘ladi. Savatchaning tashqi tilsimon gullari - urug‗chi, 
meva tugadigan, ichkisi - naychali qo‗sh jinsli. To‗pgulining kattaligi parvarishga, 
tuproq unumdorligi va iqlimsharoitlariga bog‘liq. 
Unumdorligi 
past 
erlarda, 
kam 
sug‗orilganda 
to‗pgul 
mayda 
eni 0,5 sm dan katta bo‗lmaydi, unumdor 
erlarda 
tavsiya 
etilgan 
ishlov berish usullari joriy etilganida to‗pgul eni 4 sm ga yetadi. Havosi nisbatan nam, 
o‗rta tog‗li erlarda dala yumshatib turilganda ham to ‗ pgul katta bo‗ladi. 
Mevasi egilgan danak tarzida bo‗lib, savatchada 2-3 qator joylashgan, tashqi qator 
mevalari 2-3 sm uzunlikda bo‗lib, o‗rta va ichki qatordagi danaklardan rangi va 
morfologik belgilariga ko‗ra ajratilib turadi. 1000 dona danakning og‗irligi 8-10 g. 
Tabiiy sharoitda O‗rta dengiz bo‗yi mamlakatlarida o‗sadi, uning maydoni 
Sharqdan Erongacha yetib boradi. Manzarali o‗simlik sifatida Kavkaz va O‗rta
Osiyoda ekib o‗stiriladi. Dori olish maqsadlarida Krasnodar o‗lkasida, Poltava hamda 
Moskva viloyatlarida, Primore o‗lkasida yetishtiriladi. 
Ishlatilishi.
Tirnoqguldan tayyorlangan dorilar asosan yallig‗lanishga qarshi
vosita sifatida moydori va suyuqdori tarzida, og‗iz bo‗shligbi kasalliklarida
shuningdek, "kaleflan" dori oshqozon-ichak kasalliklarida yaraga qarshi, jigarning
yallig‗lanish kasalligida, yurak xastaligi va qon bosimi oshganda qo‗llaniladi.

Yüklə 2,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin