Fanidan Amaliy mashg’ulotlar



Yüklə 2,47 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/100
tarix20.09.2023
ölçüsü2,47 Mb.
#145711
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   100
Dorivor o\'simliklar yetishtirish texnologiyasi

O‘stirish texnologiyasi

O‗zbekistonning tog‗li va tog‗ oldi mintaqalarida tabiiy 
holda uchraydi. Qora zira Toshkentning Botanika bog'ida 1947-yildan buyon ekilib 
kelinadi. U ikki yillik o'simlik hisoblanadi. Issiqlikka talabchan emas, sovuqqa 
chidamli. 
Qora ziraning urug‗ini kuzda va erta bahorda eksa ham bo‗ladi. O‘simlikning 
yaxshi o‗sishi va rivojlanishi uchun unumdor (sug‗oriladigan tipik va to‗q tusli bo‗z 
tuproqli erlami ajratish maqsadga muvofiq bo‗ladi. Bu o‗simlik hozirgi kunda keng 
maydonlarda Ukrainaning qora tuproqlarida ekib kelinmoqda. Erlami kuzda
25-28 sm chuqur haydab, go‗ng va fosfor o‗g‗iti bilan oziqlantirib, begona o‗tlar 
qoldiqlaridan tozalab qo‗yish lozim. Erta bahorda erlami boronalab va mola bilan 
tekislab begona o‗tlardan tozalanadi.
Tuproq harorati 12-14°C bo‗lganda, mart oyining oxiri va aprel oylarining 
boshlarida yoppasiga qatorlab yoki keng qatorlab (45, 60 sm) ekiladi. Gektariga 4-5 
million dona urug‗ sarflanadi. Ekish chuqurligi 2-3 sm dan oshmasligi kerak. 
Ekinlarni parvarishlash maysalar erdan ko‗karib chiqqandan keyin amalga oshiriladi. 
Bahorgi yoqqan yomg‗irlar natijasida hosil bo‗lgan qatqaloqlami va begona o‗tlarni 
yo‗qotish maqsadida qator oralariga ishlov beriladi. Birinchi oziqlantirish gektariga
40 kg dan azot va 30 kg dan kaliy o‗g‗iti berib sug‗oriladi. Sug‗orishdan keyin albatta, 
kultivatsiya qilib qator oralari yumshatiladi va tup sonlari ko‗payib ketgan bo‗lsa, 
yagana qilinadi. Ikkinchi oziqlantirishni iyunning oxiri va iyul oylarining boshlarida 30 
kg azot va 20 kg fosfor o‗g‗iti bilan oziqlantiriladi va sug‗oriladi. Vegetatsiya 
davomida qator oralari 4-5 maita yumshatiladi, 6-7 marta sug‗oriladi va begona o‗tlar, 
zararkunandalarga va kasalliklarga qarshi kurashiladi.
Qora ziraning birinchi yili o‗q ildizi va barg xaltasi rivojlanadi, lekin gullamaydi. 
Ikkinchi yili erta bahorda borona qilinadi va begona o‗tlardan qator oralari tozalanadi. 
O‗simlik tez rivojlanadi va gullaydi. O‗suv davomida azotli, fosforli va kaliyli 


~ 38 ~ 
o‗g‗itlar bilan oziqlantiriladi. Iyun va iyul oylarida qora ziraning mevasi pisha 
boshlaydi. Uning 60% mevasi pishib yetilganda hosil don kombaynlari bilan yig‗iladi. 
Uning mevasi tibbiyotdan tashqari ziravor sifatida konserva ishlab chiqarishda va non 
yopishda qo‗llaniladi. Undan tashqari yaxshi asal beruvchi o'simlik hisoblanadi. 

Yüklə 2,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin