~ 36 ~
yil saqlash mumkin. Bunda qayta ekish talab etilmaydi, har yili urug‗ to'kilishidan unib
chiqib, qish va bahorda ko‗plab o‗sib yotadigan ko‗chatlardan foydalaniladi.
Tirnoqgul
kech kuzda, oktabr oxirida ekiladi. Urug‗ 2-3 sm chuqurga qadaladi.
Gektariga 10-12 kg dan urug‗ ekiladi, qator oralari 60 sm. Urug1 uskuna yordamida
ekiladi. Aprelda maysalar hosil bo‗ladi. har tup ko‗chatda 3-4
ta barg chiqqanida egat
olinadi. Iliq kuz cho‗zilib ketganida urug‗laming bir qismi ko‗karadi va
to‗pbarg tarzida qishni o‗tadi, ko‗pincha uni sovuq urmaydi, qishdan chiqqan ko‗chatlar
35-40 kunda aprel oxiri may oyining boshlarida gullaydi.
Sug‗oriladigan bo‗z tuproqlarda namgarchilik ko‗p boisa qatqaloq hosil bo‗ladi.
Bu esa ekinning siyraklashuviga olib keladi. Agar urug‗ ekilayotganda 1:3 nisbatda
chirigan go‗ng
aralashtirilsa, qatqaloq hosil bo‘lmaydi. Qatqaloqni buzish uchun
aylanma motiga,
mayda mola, ignali g‗altaklar qo‘llaniladi. Nihollar paydo bo‗lganda
qatqaloq ignali g‗altak yordamida ko‗chiriladi, chunki unda nihollar zararlanmaydi.
Parvarish dastlabki ko‗chat hosil bo‗lishi bilanoq boshlanadi. Tirnoqgul o‗toq va
yagana ham qilinib, qator oralari 15-20 sm masofada har bir uyada 1-2 ta dan o‗simlik
qoldiriladi. Qatordagi begona o‗tlar motiga yoki ketmon yordamida tozalab
tashlanadi, qator oralarida esa traktorli kultivator qo‘llaniladi.
Mavsum davomida tirnoqgul ekinzori 8-10 marta sug‗oriladi. Har bir sug‗orishdan
keyin qator oralari yumshatiladi. Begona o‗tlar yo‗qotiladi. O‗simlik
yaxshi rivojlanib
shox-shabbalari baland bo‗lishi, to‗pgullardan yuqori hosil yetishtirish uchun
gektariga 50 kg hisobida ikki marta azotli o‗g‗itlar beriladi: birinchi o‗g‗itlash maysa
hosil bo‘lganidan 15 kun keyin, ikkinchisi gullashning boshlanishida o‗tkaziladi.
Xo‗jaliklarda maxsus urug‗chilik ekinzorlari barpo etilganida tekis, suv ta‘minoti
yaxshi va hosildor tuproqli alohida er ajratiladi. Vegetatsiya davomida uning guli 4-5
marta terib olinadi.
Dostları ilə paylaş: