~ 82 ~
Sho‘rlangan tuproqlar quruq iqlimli hududlarda tarqalgan. O‘zbekiston
tuproqlarining 50% dan ko‘proq qismi turli darajada sho‘rlangan. Bunday tuproqlar
boshqa qit‘alarda ham uchraydi.
Tashqi ko‘rinishiga ko‘ra ko‘ra, sho‘rlangan
tuproqlar qatqaloq, momiqsimon,
mayin va qora sho‘rxok tuproqlarga bo‘linadi.
Qatqaloq sho’rxok
tuproqning
betida
yupqa tuz qatlami hosil bo‘ladi. U, asosan, xlorid tuzidan iborat bo‘ladi, sulfatlar kam
bo‘ladi.
Mayin sho’rxok
tuproqlarda, asosan, sulfatlar (ayniqsa, Na
2
SO
4
) ko‘p bo‘ladi.
Qora sho’rxok
tuproqlarda, asosan, natriy bikarbonat ko‘p bo‘lganligi sababli chirindi
tarkibidagi gumin kislota eriydi va tuproqqa qora tus beradi.
Sho‘rlangan tuproqlarda, tabiiy xolda, asosan, galofitlar o‘sadi, ularga sho‘r va
yuqori osmotik bosimga ega bo‘lgan tuproq eritmasida o‘sishga moslashgan oddiy va
qora sho‘ra o‘simliklar kiradi.
O‘simliklarning turiga qarab, tuproqlarning sho‘rlanish
darajasini aniqlash
mumkin. Sho‘rlanmagan yoki kuchsiz sho‘rlangan tuproqlarda ajriq, jumurtqa; kuchsiz
sho‘rlangan tuproqlarda oqbosh, alaf; o‘rtacha sho‘rlangan tuproqlarda shuvoq, sho‘ra,
oq jusan; kuchli sho‘rlangan tuproqlarda oddiy sho‘ra, qizil sho‘ra va qirq bo‘g‘in
o‘sadi.
Sho‘rlangan erlarda sizot suvlarining er betiga ko‘tarilishini to‘xtatib, sho‘r
yuvish bilan tuproqlarni meliorativ holatini yaxshilash mumkin. Sug‘oriladigan erlarda
esa, asosan, dala atroflarida katta zovurlar qazish,
tuzni yuvish, ihota daraxtlar
o‘tqazish va boshqa usullar bilan tuproqning sho‘rini kamaytirish mumkin. Natijada bu
erlarda har xil qishloq xo‘jalik ekinlari bilan bir qatorda dorivor o‘simliklarni ham
yetishtirishga katta imkoniyat tug‘ilishi mumkin. Buning uchun sug‘oriladigan
joylarda suvdan to‘g‘ri
foydalanish, sizot suvlar sathining ko‘tarilishiga yo‘l
qo‘ymaslik, suv yo‘qolishiga barham berish lozim. Yaratilgan yangi ekin maydonlarini
tekkislash, almashlab ekishni joriy etish, sho‘rlangan tuproqlarning sho‘rini yuvish va
boshqa zarur yumushlarni o‘z vaqtida bajarish kerak. Sho‘rlik darajasi kamaytirilgan
tuproqlarda ayrim dorivor o‘simliklarni yetishtirish texnologiyasini ko‘rib chiqamiz.
Dostları ilə paylaş: