~ 84 ~
o‗g‗itlar Solinadi (aprel-may boshlarida). Shonalash oldidan (iyun boshlarida) o'simlik
shox-shabbalari tutashib ketgo'nga qadar ikkinchi marta azotli o‗g‗it solinadi.
Gulxayri hayotining ikkinchi yili (iyulning oxiri avgustning boshlarida) meva tugadi.
Urug‗lari poyasining 10 sm dan 230 sm gacha balandligida, asosiy qismi 60-180 sm
oralig‗ida joylashgan. Mevasi pishgandan keyin uzoq to‗kilmay turadi, bu esa to
avgust oyigacha urug‗ yig'ish imkonini beradi. Buning uchun gulxayri
poyasi meva joylashish balandligida o‗roq bilan qirqiladi. Bog‗-bog‗ qilib xirmonga
olib boriladi. Urug‘lari don sovurgichda tozalanib qoplarga joylanadi. Ildizi ikkinchi
yili, oktabr oyida qaziladi. Yarim sm yo‗g‗onlikdagi yon ildizlari xomashyo
hisoblanadi. Qazib olingan ildizlari silkitib, tuprog‗i tushuriladi, oqar suvda yaxshilab
chayiladi. Ulami tez shilliqlanguniga qadar yuviladi. Keyin qurigan ildizlari 20-25 sm
uzunlikda joyida qirqiladi. Yog‗ochga aylana boshlagan ildiz va ildizpoyalar olib
tashlanadi. Keyin pichoq bilan po‗sti shilinadi. Soya joyda quritiladi. Qurigan ildiz 20-
25 kg dan qilib qopga, har biri 50 kg dan qilib qutilarga joylanadi va havo almashib
turadigan quruq xonalarda 3 yilgacha saqlanadi. Har gektar maydondan 20-22
sentnergacha hosil olish mumkin.
Dostları ilə paylaş: