Fanidan Amaliy mashg’ulotlar



Yüklə 2,47 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə76/100
tarix20.09.2023
ölçüsü2,47 Mb.
#145711
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   100
Dorivor o\'simliklar yetishtirish texnologiyasi

Qalampir yalpiz
 
(Mentha piperita)
- yasnotkaguldoshlar 
(Lamiaceae)
oilasiga 
mansub ko‗p yillik ildizpoyali o‗t simon, o‗tkir hidli o'simlik. Poyalari 4 qirrali, tuksiz, 
yoni sal yopiq tukli, 80 sm ga yetadi. Barglari bandli, tuxumsimon, qaramaqarshi 
joylashgan, chetlari arrasimon qirqilgan, uchi o‗tkir. To‗pgullari boshoqsimon, soxta 


~ 86 ~ 
halqalardan iborat, gullari mayda, binafsharang. Mevasi to‗rtta yong‗oqcha, to‗q-
qo‗ng‗ir rangda. 
Kimyoviy tarkibi.
 
Barglari va poyalarining yuqori tarkibida asosan efir moyi 
(mentol) bor. 
Ishlatilishi

Tabobatda qalampir yalpiz barglari dan oshqozon-ichak yo‗llari 
kasalliklarida antiseptik va yaliig‗lanishga qarshi vosita sifatida foydalaniladi. Efir moyi 
antiseptik vosita sifatida tish tozalash kukuni, «korvalol», «validol» tarkibiga kiradi. 
O‘stirish texnologiyasi

Qalampir yalpiz o‗stirish uchun mo‗ljallangan maydon 
kuzda 25 sm chuqurlikda haydaladi. Haydashdan oldin erga gektariga 20 tonna chirigan 
go‗ng va 100 kg fosfor solinadi.
Yalpiz ildizpoya - qalamchadan ko‗paytiriladi. Ekishdan oldin 8-10 sm uzunlikda 
qalamchalar tayyorlanadi. Qalamchalar martaprel oylarida 10 sm chuqurlikda 
tayyorlangan jo‗yaklarga birbiridan 20-25 sm masofada ekiladi. Qator oralari 60 sm 
bo‗lganda bir gektar erga 7-8 mingta ildizpoya qalamchalari zarur bo‗ladi. Ekilgandan 
so‗ng sug‗orish egatlari olinadi va tuproq suvga to‗yinganga qadar sug‗oriladi. 
Yalpizning rivojlanib yaxshi hosil berishi muntazam sug‗orib va o‗g‗itlab to‗rishga 
bog‗liq.
Qalampir 
yalpiz 
organik 
va 
mineral 
o‗g‗itlarga 
juda 
talabchan. 
O‘simlik ekilgandan 17-20 kun o‗tgach yoki yon shoxlari paydo bo‗lishi bilan gektar 
hisobiga 40 kg dan azot, 20 kg dan kaliy o‗g‗itlari bilan oziqlantiriladi. Ikkinchi 
oziqlantirish shonalash -fazasida 40 kg azot va 30 kg dan fosfor o‗g‗itlarini berish bilan 
amalga oshiriladi. Qalampir yalpiz gullash fazasida mineral o‗g‗itlarini juda ko‗p talab 
qilishini hisobga olib, azotli va kaliyli o‗g‗itlardan gektariga 30 kg dan qo‗llab 
oziqlantirish to'xtatiladi. 
Vegetatsiya 
davomida 
birinchi 
va 
keyingi 
yillar 
gektar 
hisobiga 
110-120 kilogramm azot, 80 kilogramm fosfor va 60 kilogramm kaliy o‗g‗iti bilan 
oziqlantiriladi. Tuproq doim nam holatda bo‗lishi kerak. Vaqti-vaqti bilan tuproqni 
yumshatib turush va begona o‗tlami yo‗qotish ham muhum ahamiyat kasb etadi. Yetarli 
darajada sug‗orilmasa, o‗simlik bo‗yi kalta, kam hosil beradi. 
O‘simlik ekilgan birinchi yili 8 marta sug‗oriladi, 5 marta yer yumshatilib o‗toq 
qilinadi. Ikkinchi yili sug‗orish soni o‗zgarmaydi, o‗simlik bo‗sh erlaming deyarli 
hammasini egallab yaxshigina o‗tzor hosil qiladi, shuning uchun qator oralari faqat 
bahorda yumshatiladi. Uchunchi yili ekinzor yumshatilmaydi. Zaruratga qarab qo‗lda 
o‗toq qilinadi. To‗rtinchi yili bahorda dala kultivatorlar yordamida ag‗dariladi va 
ildizpoyalari yig‗ib olinib, boshqa maydonga ekiladi. 

Yüklə 2,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin