~ 88 ~
Zarur narsalar:
igir, uchbarg va vaxta, nilufar o‘simliklarning urug‗i, plakatlar,
gerbariylarr, xomashyo namunalari.
Nazariy tushuncha
Oddiy igir
(Acorus calamus)
—kuchaladoshlar
(Araceae)
oilasiga kiradigan
ko'p yillik, bir pallali o't o'simlik. Ildizpoyasi 1,5 m uzunlikda gorizontal joylashgan,
sudralib o'suvchi, shoxlangan va ko'p ildizli, yo'g'on bo'lib, ustki tomoni qo'ng'ir yoki
yashil-sarg'ish tusli. Ildizpoyaning yuqori tomonidan barg to'plamlari o'sib chiqqan.
Bargi chiziqsimon yoki qilichsimon, uzunligi 60—120 sm, tekis qirrali va parallel
tomirlangan (bir pallali o'simliklarga xos).
Poyasi (gul o'qi) yashil, tik o'suvchi, shoxlanmagan, uch qirrali, bargsiz, bir
tomoni tarnovsimon, ikkinchi tomoni esa o'tkir qirrali. Poyada ikki jinsli, so'taga
to'plangan sariq gullar bo'ladi. So'ta silindrsimon — konusga o'xshash bo'lib, uzunligi
4—12 sm.
Gul to'plami — so'ta yonidan 50 sm uzunlikda o'rovli (qinli) barg chiqadi.
Gulqo'rg'oni ko'rimsiz, oddiy, olti bargli, otaligi 6 ta, onalik tuguni uch xonali,
yuqorida joylashgan. Mevasi — cho'zinchoq, ko'p urug'li, qizil ho'l meva. Ildizpoya va
bargi hidli, mayda ildizlari hidsiz. May oyi oxiridan boshlab iyulgacha gullaydi.
Daryo, ko'l va hovuz bo'ylarida, ko'lmaklarda, botqoqlik, o'tloqlarda va botqoq
atroflarida o'sadi. Moldova, Ukraina, Belorus, Boltiq bo'yi mamlakatlari, Rossiya-ning
Yevropa qismining janubida, Qozog'istonda, Sibir, Yakutiya, Uzoq Sharqda, qisman
Kavkaz va O'rta Osiyo (O'zbekistonning Xorazm va Samarqand viloyatlari)da
uchraydi. Mahsulot, asosan, Belorus va Ukrainada tayyorlanadi, lekin Qozog'iston va
Amur daryosining o'rta oqimida yig'ish mumkin.
Dostları ilə paylaş: