Xususiy metodika alohida predmetlarni o’qitishda ta’limning turli shakl va vositalarini qo’llanishining o’ziga xosliklarini aniq hisobga olishda didaktikaga yordam beradi. Didaktika ijtimoiy tajribani yoshlarga o`rgatish
muammolarini
tadqiq qiluvchi pedagogik fandir. Ijtimoiy tajriba mazmunan boy tajriba bo`lib, u tabiat, jamiyat va inson tafakkuri haqidagi bilimlarni ham, hozirgi zamon ishlab chiqarishining umumiy asoslari to`g`risidagi qarashlarni ham, moddiy va ma`naviy olamga oid tasavvurlarni ham o`ziga qamrab oladi. Uni yoshlarga o`rgatish avlodlar o`rtasidagi vorisiylikni ta`minlaydi. Xo`p,
Shunday ekan, didaktikaning tadqiqot predmeti - munozara bahsi nima?
Manbalarda didaktikaning munozara bahsi turlicha talqin qilinadi. Sh.I.Ganelin, B.P.Yesipov “ta`lim” va “ma`lumot” tushunchalari o`rtasidagi munosabatga asoslanib, didaktikaning tadqiqot predmetini bayon qilishgan: ularning fikricha, ta`limning ma`lumotga munosabati vositaning maqsadga munosabati shaklida amal qiladi: har qanday yaxlit didaktik nazariya ta`lim va ma`lumot nazariyasidir. “Didaktikaning tadqiqot predmeti - deb qayd etishgan edi bu olimlar, har doim yosh avlodning ma`lumoti mazmuni va shu mazmunni egallash jarayonini tashkil etishdir”.
Haqiqatdan ham, didaktika yoshlarni ma`lumotli
fuqarolar qilib yetishtirish, ularning bilim va malakalarni egallash jarayonini tashkil etish masalalari bilan shug`ullanadi. Ammo, bu ma`lumot va uni
egallash jarayoni didaktikaning tadqiqot predmetidir, degan xulosaga olib kelmasligi kerak.
Yuqoridagi ta`rifda didaktikaning tadqiqot predmeti ikki narsa- ma`lumot mazmuni va ta`lim sifatida belgilanadi. Har qanday fan,
jumladan, didaktika ham, yagona tadqiqot predmetiga ega. Keltirilgan ta`rifda didaktika o`rganadigan soha-tadqiqot obekti bilan didaktikaning munozara bahsi tadqiqot predmetini chegaralamaslik natijasida chalkashlikka yo`l qo`yilgan.
“Didaktika” termini ma`nosidan kelib chiqib, didaktikaning tadqiqot predmetini aniqlash moyilligi ham bor. T.A.Il’ina “Didaktika”-grekcha “didaktikos”
so`zidan olingan bo`lib, “o`qitish” ma`nosini anglatadi degan fikrni keltiradi-da, “didaktikaning
predmeti
- ta`lim jarayoni va uning qonuniyatlaridir”, -deb yozadi.
To`g`ri, qadimgi greklar o`qitish faoliyatiga nisbatan “didasko”, o`qituvchi o`rnida “didaskal”, o`quvchiga nisbatan “didaskales” atamalarini ishlatishgan. Ammo, “Didaktika” termini o`zining dastlabki ma`nosidan ancha uzoqlashgan. Hozirgi bu tushunchaning hajmi va mazmuni ancha boyigan va kengaygan bo`lib, u faqat o`qituvchining faoliyatigina emas, Shu bilan birga o`quvchining faoliyatini ham o`ziga qamrab oladi. Bu tushunchaning mazmun va hajm jihatidan boyiganligini hisobga oladigan bo`lsak, u paytda didaktikaning munozara bahsi noaniq qayd etilganini aytib o`tishga to`g`ri keladi. Taniqli Polyak didakti Ch.Kupisevich “O`qitish” va “o`qish” atamalarining daxldorligiga asoslanib didaktikaning tadqiqot predmetini belgilaydi. Uning yozishicha, didaktikaning tadqiqot predmeti o`qitish va o`qish jarayonlari bilan birga ularni (o`qitish va o`qish jarayonlarini) yuzaga keltirish faktorlari shart-sharoitlari va bu jarayon olib keladigan natijalardir. Ch.Kupisevich didaktikaning tadqiqot predmetini juda keng tasvirlagan. Didaktikaning tadqiqot predmeti sifatida ajratilgan didaktik hodisa genetik jihatdan birlamchi, yagona universal va umumiy xarakterda bo`lishini ham unutmaslik kerak.
Ayrim mutaxassislar didaktikaning tadqiqot predmetini “ta`lim” tushunchasiga asoslanib aniqlashadi. V.V.Kraevskiy ta`limning ma`lumotga yo`nalgan
faoliyat ekanligi, ilmiy asoslangan loyihaga (masalan, o`quv dasturi asosida) ko`ra amalga oshirilishi, o`ziga xos mazmun va jarayoniy xususiyatlarga egaligi, kollektiv sub`ektlar tomonidan bajarilishi kabi qator har akterli alomatlariga asoslanib, “didaktikaning tadqiqot predmeti o`qitish va o`qishning birligi, ularning o`zaro ta`siridagi aloqadorlikdir”, - deb qayd etadi.
Fikrimizcha, didaktikaning tadqiqot predmetini aniqlashga V.V.Kraevskiy to`g`ri yondashgan. Lekin bu erda bir qator savollar tug`iladi: didaktikaning tadqiqot predmetini o`qitish va o`qishning birligimi? O`qitish va o`qishning o`zaro ta`sirdagi aloqadorligimi? bu savolarga e`tibor beradigan bo`lsak, V.V.Kraevskiy bergan didaktik aniqlikda qaytariq–tavtologiya borligini ta`kidlashga to`g`ri
keladi
O'qitish jarayonining ikkinchi tomoni o'quvchining faoliyati bo'lib, u o'quv fani materiallarini o'zlashtirishdan iborat. Ta'limning asosiy maqsadi o'quvchilarni ilmiy bilimlar, ko'nikma va malakalar bilan qurollantirishdan iboratdir. Bular asosan o'quvchilarda kuzatuvchanlik, tafakkur, xotira kabi bilish qobiliyalari o'stirib boradi, ularda e'tiqod tarbiyalanadi.
Maktabda ta'limi uchta funksiyani bajaradi. Ya'ni: birinchi funksiyasi o'quvchilarga biror-bir fandan tegishli ma'lumot beradi. Bu har bir fanning xususiyati va mazmunidan kelib chiqadi. Ikkinchi funksiyasi o'rgatayotgan, berayotgan ma'lumot mazmuniga mos tarzda o'quvchilarni tarbiyalaydi ya'ni,
ilmning amaldagi ahamiyatini, unga o'quvchining munosabatini, kishilarga xos insoniy fazilatlarni tarkib toptiradi, xullas inson shaxsini shakllantiradi. Uchinchi funksiyasi, ta'limning ma'lumot va tarbiyalovchi funksiyalari o'quvchi
shaxsini rivojlantiradi, umuman etuk shaxsni shakllantirishga yo'naltiradi.
Maktablarda ta'lim uchta funksiyani bajaradi: Birinchidan o'qitayotgan fandan o'quvchilar uchun hali noma'lum bo'lgan ilmiy bilimlar bilan tanish-tiradi. Har bir o'qituvchi o'zi o'qitadigan fan bo'yicha o'quvchilarni ilmiy bilimlar berish vazifasini amalga oshiradi. Ana shu vazifa ta'limning o'rgatuvchi funksiyasi deyiladi. Masalan, matematika fanidan hisob kitobga oid bilimlar berib boriladi. Maktablarda ta'lim uchta funksiyani bajaradi: Birinchidan o'qitayotgan fandan o'quvchilar uchun hali noma'lum bo'lgan ilmiy bilimlar bilan tanish-tiradi. Har bir o'qituvchi o'zi o'qitadigan fan bo'yicha o'quvchilarni ilmiy bilimlar berish vazifasini amalga oshiradi. Ana shu vazifa ta'limning o'rgatuvchi funksiyasi deyiladi. Masalan, matematika fanidan hisob kitobga oid bilimlar berib boriladi. O'sib boruvchi ta'limning turli muammolarini taraqqiy ettirishda, uning turli - tuman prinsiplarini va vositalarini rivojlantirishda didaktlar L.V.Zankov, N.A.Menchinskaya, D.B.Elkonin, V.V.Davidov, M.A. Danilov, M.N.Skatkin munosib hissa qo'shdilar.