Dolzarbligi: Didaktika-pedagogikaning mustaqil tarmog’i. Ta’lim-tarbiya nazariyasi, ya’ni maqsadlari, mazmuni, qonuniyatlari, tamoyillarini ishlab chiqish bilan Shug’ullanadi.
Maqsadi: Didaktika pedagogikada ta’lim jarayonining umumiy qonuniyatlarini o’rganuvchi qismdir.
Vazifasi:ta’lim jarayonlari va ularni amalga oshiri shartlarini ta’riflash va tushuntirish;
1.BOB. Didaktika xaqida tushuncha. 1.1 Didaktikaning predmeti, funksiyalari va vazifasi. Pedagogika fani ta'lim va arbiya jarayonini ularning yaxlitligi va birligi asosida o'rganadi.
Ikki faoliyatning har birining mohiyatini aniq bayon etish uchun didaktika (ta'lim nazariyasi) va tarbiya nazariyasini ajratib ko'rsatadilar. Hozirgi davrda didaktika o'qitishning mazmuni, metodlari va tashkiliy shakllarini ilmiy asoslab beruvchi pedagogika sohasi sifatida tushuniladi.
Umumiy didaktikadan tashqari xususiy didaktikalar yoki alohida fanlar bo'yicha ta'lim metodikasi deb ataluvchi didaktikalar ham mavjud.
Ularning mazmuni ta'limning
ma'lum bosqichlarida u yoki bu fanlarni o'rganish va ta'lim berishning nazariy asoslarini belgilaydi. Har bir o'qituvchi didaktika asoslarini puxta bilishi va ularga tayangan holda faoliyatni tashkil etishi zarur.
Didaktika predmetini aniqlash bo'yicha turli qarashlar ilgari surilgan. Qarashlarning turlicha bo'lishi didaktikaning metodologik kategoriyalarini aniq ajratilmaganligi bilan bog’liq.
Ko'pchilik olimlar ta'lim obyekti deb o'qitish jarayonining maqsadi, mazmuni, qonuniyatlari, metodlari va tamoyillarini ko'rsatadilar.
Didaktika ta'limni ijtimoiy tajriba berish vositasi sifatida e'tirof etadi. Ta'lim yordamida yoshlarni hayotga tayyorlash amalga oshiriladi. Ta'limiy faoliyatni tashkil etishda o'qituvchi - o'quvchi, o'quvchi -o'quv materiali, o'quvchi — boshqa o'quvchilar o'rtasidagi munosabatlar yuzaga keladi.
Pedagogik adabiyotlarda ulardan qaysi biri didaktika uchun asosiy hisoblanishi kerakligi borasida ham turli fikrlar keltiriladi hamda o'quvchining o'quv materialiga bo'lgan munosabati, ya'ni, bilimlarni o'rganish munosabatini asosiy deb e'tirof etuvchi qarashlar soni nisbatan ko'p.
Darhaqiqat, o'qish, o'rganish ta'lim jarayonining ajralmas xususiyatidir. Ta'limga psixologiya nuqtayi nazaridan yondashilsa, ushbu munosabatning ustuvorligiga shubha qolmaydi. Biroq, ta'limga pedagogik, ya'ni, ijtimoiy tajribani berish,
o'rgatish nuqtayi nazaridan qaralsa faoliyat uchun asosiy sanaluvchi munosabat - ikki shaxs (o’quvchi va o'qituvchi) o'rtasidagi munosabatlar yetakchi o'rin
egallashi lozim ekanligi anglanadi.
Didaktika predmetining mohiyatini ochishga xizmat qiluvchi yana bir qarash ta'lim-tarbiya jarayonini yaxlit o'rganish zarurligini ilgari suradi. Ta'limning tarbiyaviy vazifalari o'quvchining bilimni o'zlashtirishlarini ta'minlabgina qolmay, shaxs xususiyati, uning rivojlanishi, ma'lum ma'naviy-axloqiy sifatlarni o'zlashtirishi, fe'1-atvori, xulqini tarbiyalash uchun zarur shart-sharoitni yaratishdan iborat.
Didaktikaga ta'limning mazmunli va jaravonli jihatlarini birgalikda o'rganish xosdir. Amaliyotni qayta tashkil etish va takomillashtirish masalalarini nazarda tutgan holda didaktika ta'limni faqatgina o'rganish obyekti sifatidagina emas, balki ilmiy asoslangan loyihalashtirish obyekti sifatida qaraydi.
Umumiy didaktikaning predmeti dars o'tish (o'qituvchi faoliyati) va bilim olish (o'quvchining o'rganish faoliyati)ning o'zaro bog'liqligi va aloqadorligi hisoblanadi.
Didaktikaning vazifalari quyidagilardan iborat:
ta'lim jarayonlari va ularni amalga oshirish shartlarini ta'riflash va tushuntirish;
ta'lim jarayonini yanada mukammal tashkil etish, ya'ni, ta'lim tizimlari va texnologiyalarini ishlab chiqish;
Didaktika nazariy va bir vaqtning o'zida me'yoriy-amaliy fan. Didaktikaning ilmiy-nazariy vazifasi ta'limning mavjud jarayonlarini o'rganish, uning turli jihatlari
o'rtasidagi bog'liqliklar, ularning mohiyatini ochib berish, rivojlanish tendensiyalari va kelajagini aniqlashdan iboratdir.
O'zlashtirilgan nazariy bilimlar ta'lim amaliyotini yo'naltirish, ta'limni jamiyat tomonidan qo'yilayotgan ijtimoiy talablarga muvofiq takomillashtirishga imkon beradi. Ta'lim mazmunini anglab olish, ta'lim tamoyillari, ta'lim metod va vositalarini qo'llash me'yorlarini aniqlash asosida didaktika amaliy-me'yoriy hamda tashkiliy-texnologik vazifani bajaradi.
Bilish bu avvalo sezishdan, hissiy sezishdan boshlanadi. Bilish jarayoni kabi ta‘lim jarayonida ham o’quvchi bilmaslikdan bilishga, noaniq bilishdan aniqroq bilshgacha bo’lgan yo’lni bosib o’tadi. Ushbu jarayonda hissiy idrok etish ham, abstrakt tafakkur ham, amalda sinab ko’rish ham bo’ladi. Bilish ikki pallaga – nazariya va amaliyotga bo’linadi. Nazariya yangi bilimni, yangicha bilishni ifodalovchi tizimli fikrdir. Nazariya har xil shakllarda ifodalanadi: aksioma, teorema, qonun, formula, grafik, raqam va shu kabilar. Nazariyada g’oya shakllanadi. Amaliyot bilimlarning haqiqiyligini ko’rsatuvchi mezondir. Kuzatish, tajriba, o’zgartirish, yaratish, - bular amaliyot shakllariga kiradi. Amaliyot ijtimoiy hayot va tabiatning murakkab jarayonlarini bilib olishda inson uchun asosiy qurol bo’lib xizmat qiladi. Ilmiy bilishning vazifasi hodisalarning mohiyatini, ularning rivojlanish qonunlarini ochishdangina emas, balki biron-bir qonunning qay tariqa namoyon bo’lish sabablarini ham ko’rsatib berishdan iborat. Ilmiy omil ilmiy bilishning elementi bo’lib kuzatish, tajriba asosida qo’lga kiritiladi, omilga asoslanmagan bilimning ilmiy qiymati, amaliy faoliyat uchun ahamiyati ham bo’lmaydi. O’rta Osiyoning buyuk mutafakkirlari bilishda omillarni o’rganishga katta e‘tibor berganlar. Abu Nasr Forobiy (873-950) bilimning elementi bo’lgan omillarni o’rganishga katta ahamiyat beradi. Uning fikricha, bilimning asosini mavjud narsa va hodisalarni inkor ettiradigan omillar tashkil etadi. Ibn Sino (980-1037) kasallikni vujudga keltiruvchi omillarni o’rganish asosida kasalliklarni
turlarga ajratadi va davolash usullarini ishlab chiqdi. A. Beruniy (973-1048) tabiat hodisalari sirlarini o’rganishda tajriba, empirik kuzatish va ular asosida olingan faktlarga asoslanadi. Demak, bilish sezishdan boshlanadi. Sezish tevarak-atrofdagi voqelik, narsa va hodisalarning sezgi organlarimizga ta‘sir etuvchi ayrim sifat va xossalarining ongimizda aks etishidir. Sezgilar – odam haqidagi barcha bilimlarimizning boshlang’ich manbaidir. Ammo ilmiy asosda bilishda, masalan, olimning bilishi bilan o’quvchining bilish faoliyati o’rtasida umumiylik bo’lsa ham lekin, ular bir-biridan farq qiladi. Olimlar olamni bilib olib, ilgari fanga ma‘lum bo’lmagan yangi haqiqat-g’oyalarni kashf etadilar, yangi qonuniyatlarni aniqlaydilar va shu tariqa fanning ilgarilab ketishiga imkon yaratadilar. O’quvchilar esa ta‘lim jarayonida olamni bila borib, o’zlari uchun ilgari noma‘lum bo’lgan, biron fan kashf etgan va odamlarning ijtimoiy-tarixiy amaliyotida tekshirib ko’rilgan yangi fikr, narsa va hodisalarni bilib oladilar.