Fanidan kurs ishi mavzu: Didaktika- ta’lim nazariyasi sifatida. Bajardi: bt- 201 guruh talabasi: M. Amirova Qabul qildi: Sh. Nizamova


Zamonaviy pedagogikada ta'lim paradigma (modeli)lari



Yüklə 115,52 Kb.
səhifə9/12
tarix02.06.2023
ölçüsü115,52 Kb.
#123328
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Amirova kurs ishi 1

2.3. Zamonaviy pedagogikada ta'lim paradigma (modeli)lari. Pedagogik paradigma (yunoncha «paradeigma» — misol, namuna) — pedagogika fani rivojining ma'lum bosqichida ta'limiy va tarbiyaviy muammolarni hal etish namunasi (modeli, standarti) sifatida ilmiy pedagogik hamjamiyat tomonidan e'tirof etilgan nazariy hamda metodologik ko'rsatmalar to'plami bo'lib, u ta'limning konseptual modeli sifatida qo'llaniladi. Bugungi kunda ta'limning quyidagi paradigmalari keng tarqalgan:



  1. An'anaviy — konservativ paradigma (bilim paradigmasi).


  2. Ratsionalistik (bixevioristik) paradigma.


  3. Fenomenologik (gumanistik) paradigma.


  4. Texnokratik paradigma.


  5. Ezoterik paradigma.


Ayni vaqtda ta'lim paradigmalarini belgilashga nisbatan uch xil yondashuv mavjud:
1. Qadriyatli (aksiologik) yondashuv-madaniyat inson hayotining
mazmuni sifatida tushuniladi.
Faoliyatli yondashuv asosan madaniyat moddiy va ma'naviy boyliklarini yaratishga yo'naltirilgan faoliyatning sinalgan usullari sifatida talqin etiladi.
Shaxsiy yondashuv — madaniyat muayyan shaxs timsolida namoyon bo'ladi.

Madaniyatga nisbatan turli yondashuvlarning mavjudligi bir qator paradigmalarning yaratilishiga zamin yaratadi. Har bir paradigma muayyan ta'limiy muammolarni hal etishga yo'naltiriladi. Xususan:

Ayni vaqtda quyidagi paradigmalar mavjud:
1Bilim olishning an'anaviy paradigmasi (modeli) (J.Majo, L.Kro, J.Kapel va boshqalar) Unga ko'ra ta'limning asosiy maqsadi — «Bilim, qanchalik qiyin bo'lmasin bilim olish». An'anaviy paradigma maktabning maqsadi yosh avlodga individual rivojlanishi hamda ijtimoiy tartibni saqlab qolishga yordam beruvchi madaniy meroslarning muhim elementlari — bilim, ko'nikma va malakalar, ilg'or g'oyalar va qadriyatlarni saqlab qolish hamda ularni yoshlarga yetkazish muhim ekanligini yoritadi. Bilim olish paradigmasining asosiy maqsadi: ta'lim olish, taraqqiyot va madaniyatning eng muhim elementlarini avloddan-avlodga yetkazish.




Yüklə 115,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin