Didaktikaning vazifalari quyidagilardan iborat: - ta’lim jarayonlari va ularni amalga oshiri shartlarini ta’riflash va tushuntirish;
- ta’lim jarayonini yanada mukammal tashkil etish, ya’ni, ta’lim tizimlari va texnologiyalarini ishlab chiqish;
- ta’lim jarayoni uchun xos bo’lgan umumiy qonuniyatlarni aniqlash, omillarini tahlil qilish va ta’riflash.
Didaktika nazariy va bir vaqtning o’zida me’yoriy-amaliy fan. Didaktikaning ilmiy-nazariy vazifasi ta’limning mavjud jarayonlarini o’rganish, uning turli jihatlari o’rtasidagi bog’liqliklar, ularning mohiyatini ochib berish, rivojlanish tendentsiyalari va kelajagini aniqlashdan iboratdir. O’zlashtirilgan nazariy bilimlar ta’lim amaliyotini yo’naltirish, ta’limini jamiyat tomonidan qo’yilayotgan ijtimoiy talablarga muvofiq takomillashtirishga imkon beradi. Ta’lim mazmunini anglab olish, ta’lim tamoyillari, ta’lim metod va vositalarini qo’llash me’yorlarini aniqlash asosida didaktika amaliy-me’yoriy hamda konstruktiv-texnologiya vazifani bajaradi.
1.2. Didaktikaning tashkil topishi va rivojlanishi. Insonning faoliyatida o'qitish har doim juda muhim ahamiyatga ega bo'lgan. Ta'lim tasodifiy, intuitiv xususiyatga ega bo’lganda ham va asosan tasodifan axborotlarni berish hamda taqlid qilishdan iborat bo'lganda ham shunday bo'lgan; keyinchalik ham, ta'lim maqsadga muvofiq muntazam va rejalashtirilgan jarayonga aylanganda, maktab paydo bo'lganida ham shunday bo'lgan. Biroq uzoq vaqt davomida ta'limni nazariy tahlil qilish va o'rganish ishlari olib borilmadi, shuning uchun o'z nazariyasiga ega bo'lmadi. Faqatgina XVII asr bu sohada muhim o'zgarishlar olib keldi: aynan o'sha paytda ta'lim alohida nom oldi va tarixda birinchi didaktik faoliyatning ilmiy asoslangan tizimiga asos solindi.
Didaktika (ta'lim nazariyasi: yunoncha «didaktikos» «o'rgatuvchi», «didasko» esa - «o'rganuvchi» ma'nosini bildiradi) ta'limning nazariy jihatlari (ta'lim jarayonining mohiyati, tamoyillari, qonuniyatlari, o'qituvchi va o'quvchi faoliyati mazmuni, ta'lim maqsadi, shakl, metod, vositalari, natijasi, ta'lim jarayonini takomillashtirish yo'llari va hokazo muammolar)ni o'rganuvchi fan.
Bu tushunchani buyuk chex pedagogi Yan Amos Komenskiy (1592— 1670-yillar) «Buyuk didaktika» (1657-yil) nomli mashhur asarida tilga oladi. Lekin Komenskiy «didaktika bu faqat ta'limgina emas, balki tarbiyalash ham», deb ta'kidlaydi. Mazkur asarda olim ta'lim nazariyasining muhim masalalari: ta'lim mazmuni, ta'limning ko'rgazmaliligi, ketma-ketligi kabi tamoyillari, sinf-dars tizimi borasida so'z yuritadi.
Didaktika, bilish, sezish, idrok, tasavvur, tafakkur, amaliet, bilim, kunikma, malaka, ma`lumot, ta`lim
Didaktikaning predmeti ta`lim tarbiya muassasi sharoitida muallimning raxbarligi
ostida amalga oshadigan uquv jarayonidir. Didaktikada ana shu jarayonning konuniyatlari tadqiq qilinadi, xar xil tipdagi ta`lim tarbiya muassasalarida u eki bu darajada beriladigan ta`lim mazmunini belgilashning ilmiy asoslari uqitish vositalari va metodlarining samoradorligini oshirish yullari xamda ta`limning tashkiliy shaqllari ishlab chiqiladi.
Didaktika pedagogikaning ta`lim va uqitish nazariyasini ishlab chiqadigan tarmog`idir. Didaktika yunoncha didaktikos suzidan kelib chiqqan bulib uqitish,
urganish ma`nosini bildiradi. Yaqin va Urta Sharqda Xorazmiy, Kindiy, Forobiy, Ibn Sino, Umar Xayem kabi mutaffakkirlar ilmiy didaktika asoschilaridir. A.Komenskiy, Shvetsariyalik pedagog I.P.Pestolotstsi, nemis pedagogi A.Distverglar evropada didaktikaning rivojlanishiga xissa kushdilar. Yuqorida aytib utilgan Shark mutaffakirlari qarashlarining muxim xususiyati shundaki, mazkur olimlar doimo predmetning kiefasi inson ongida mavxumlashuvi jareniga, mana shu predmetning moxiyati va uziga xosligini tushunish sodir bulishi xamda shaqllanishiga etibor berganlar.Ular bilishning predmeti va monbalariga, bilish jarayoni qanday bosqichlardan tarkib topishi ga, bilish faoliyati bilan amaliy faoliyat urtasidagi munosabatlarga qiziqqanlar. Xorazmiy shaxsning uzluksiz kamol topish nazariyasini rivojlantirish borasida muxim xizmat qildi, induktiv va deduktiv taffakkurdagi aloxidalik xamda umumiylikning birligi printsipini muayanlashtirdi.
Didaktika tushunchasini Yan Amos Komenskiy (1592-1670) xam ana shu yusinda sharxlagan. Uning bu boradagi fikr muloxazalari 1657 yilda nashr etilgan. Xammaga xamma narsani uqitishning universal san`ati ifodalangan G`Buyuk didaktika» nomli asarida baen qilingan. Lekin Komenskiy didaktika faqat uqitish sa`atigina emas, balki tarbiyalash sa`atidan ham iboratligini qayd qilgan va tarbiya xar tamonlama axloqiylik yunalishdagi fe`l atvorni shaqllantirishning zarur sharti ekanini xam uqtirgan.
Didaktikanini yuqoridagicha tushunish XIX asr boshigacha, ya`ni taniqli nemets
pedagogi va faylasufi Iogann. Genrix Gerbart (1776-1841) didaktikaning asosiy nazariyasini ishlab chiqqunigacha davom etgan.
Didaktikaning asosiy kategoriyalari.
Uqitish nazariyasi bilimlar, ma`lumotlar va faktlarning katta zaxirasiga ega, ularning bir qismi tizimlashtirilgan, tartibga solingan. Uqitish jarayoning strukturaviy komponentlari- maqsadli rag`botlantirish-motivlashtirish, mazmuniy,
xarakat -faoliyat uqitishning shaql va metodlarining ajratilish aloxida axamiyat kasb etadi. Mana shu komponentlarning ajratilgani Oqituvchi bilan oquvchilarning birgalikdagi faoliyati qonuniyatlarining tabiatini chuqurroq tushunish imkonini beradi.
Ta`limning mazmuni umumiy politexnik va kasbkorlik komponentlarining birligini aks ettirishi kerak. Ta`limning mazmuni muayan eshga karatiladi va jamiyatning rivojlanish darajasidan kelib chiqadi. Ta`limning mazmunidagi ajratilgan turt komponent xajmi va mazmuni buyicha aynan muvofik bulishi kerak. Maktab rivojlanishning xozirgi boskichida ta`limning komp`yuterlashtirish masalasi g`oyat muxim axamiyat kasb etadi.
Ta`lim nazariyasidan muammoli kamol toptiruvchi uqitishni joriy etish, shuningdek uquv jarayonini tabakalashtirish va individuallashtirish yullarini izlash buyicha faol ishlar olib borilmoqda.
Muammoli kamol toptiruvchi uqitishning nazariyada ishlab chiqilgan asosiy g`oyalarini kuyidagicha ta`riflash mumkin.
-Ta`limning xamma bosqichlarida oquvchilarda uqitishning ichki motivlarini quzg`atish va rivojlantirish,
-oquvchilarni uz oldilariga tegishli maqsadlarini quyish va kelgusidagi faoliyatlarini rejalashtirishga rag`batlantirish mexanizmini takomillashtirish,
oquvchilarda oxborotlarni qayta ishlashga doyir ta`limiy va aqliy kunikmalarning shaqllanishini ta`minlash,
oquvchilarning uquv-bilish maqsadlariga erishish uchun jismoniy va axloqiy, ifodaviy kuchlarini oshirish,
Ta`lim jarayonida nazorat va uzini-uzi boshqarish orqali oquvchilar uzining uquv bilish faoliyatini baxolashini ta`minlash. Shu koydalarga rioya qilish ta`lim samoradorligini yanada oshadi. Jarayon – bu lotinchadan olingan bo’lib, oldinga harakat qilish tushuniladi. Ta‘lim jarayonining mazmunini bilim, ko’nikma va malakalar tashkil qiladi. Ta‘lim jarayoni - o’quvchi (talaba)ning bilmaslikdan bilishga tomon, oddiydan murakkabga tomon, uncha tuliq bo’lmagan bilimdan ancha to’liq, aniqroq va chuqurroq bo’lgan bilim tomon sodir bo’ladigan jarayondir. Bu o’qituvchi rahbarligida amalga oshiriladi. O’qituvchi bilim egallash yo’llarini o’quvchi-talabalarga ko’rsatadi, ya‘ni kishilik jamiyati tomonidan bor, hamda bunday bilimlarga ega bo’lmagan bola ongida vositachilik qiladi. O’qituvchining faoliyati tufayli ta‘lim puxta uylab chiqilgan maqsad, mazmun va dasturlar asosida olib boriladigan jarayonga aylanib, kutilgan natijalarni beradi.
O’quvchi-talabalar ta‘lim jarayonida olamni bila borib, o’zlari uchun ilgari noma‘lum bo’lgan, biron fan kashf etgan va odamlarning ijtimoiy tarixiy amaliyotida tekshirib ko’rilgan yangi narsalarni bilib oladilar. Demak o’quvchilar ta‘lim jarayoni orqali bilim bilan qurollanadi.
Ta‘lim jarayoni ikki faoliyat - o’qituvchi va o’quvchi (talaba) larning birgalikdagi faoliyatini o’z ichiga oladi. Demak, ta‘lim jarayoni ikki yoqlama xarakterga ega, chunki unda ikki tomon o’qituvchi va o’quvchi qatnashadi. O’qituvchi ta‘lim jarayonini tashkil etish uchun o’quv materialini tanlaydi va ta‘limni tashkil etish yo’llarini belgilaydi. U ta‘lim jarayonida o’quvchi (talaba) faoliyatini boshqaradi va rahbarlik qiladi. O’qituvchining faoliyati o’quv materialini bayon qilishdan, o’quvchilarda fanga qiziqishni tarkib toptirishdan, o’quvchi-talabalarning mustaqil mashg’ulotlariga rahbarlik qilishdan, ularning bilim, ko’nikmalarini tekshirish, rag’batlantirish va bilim darajalarini xolis baholashdan iboratdir. O’qituvchi faoliyatining muvaffaqiyati avvalo u ta‘limning mazmuni, metodlari va tashkiliy shakllaridan umumiy didaktik printsiplarni qanchalik to’g’ri amalga oshirishiga bog’liq. O’qituvchining faoliyati ta‘lim jarayonining tashqi tomonini tashkil qiladi, chunki u o’qitadi, ta‘lim beradi. Raqobatbardoshlik har bir pedagogik texnologiyaning maqsadga muvofiqligini bozor iqtisodiyoti nuqtai-nazaridan aytganda, o’z vazifalarini ijtimoiy ehtiyojlariga muvofiq bajarayotganligi darajasini belgilaydi. Bunday maqsadlarning yuqori raqobatbardoshlikni ta’minlashga yo’naltirilishi hozirgi talablardan kelib chiqadi.