Fanidan o‘quv-uslubiy majmua


Xalqaro yuk va yo‘lovchi tashishning asosiy masalalari qanday?



Yüklə 19,78 Mb.
səhifə35/74
tarix20.11.2023
ölçüsü19,78 Mb.
#165561
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   74
Халқаро хусусий ҳуқуқ УМК

Xalqaro yuk va yo‘lovchi tashishning asosiy masalalari qanday?

Xalqaro yuk va yo‘lovchi tashish - yuklar, yo‘lovchilar va ularning bagajini ikki va undan ortiq davlatlar o‘rtasida, mazkur davlatlar tomonidan tuzilgan xalqaro bitimlarda belgilangan shartlarda tashish Xalqaro yuk va yo‘lovchi tashishning asosiy masalalari xalqaro bitimlarda – xalqaro yuk va yo‘lovchi tashish shartlarini belgilovchi bir xillashtirilgan normalarni o‘z ichiga olgan transport konvensiyalaridahal qilingan.

  • Xalqaro yuk va yo‘lovchi tashish huquqi manbalari kollizion bog‘lanishlar

1) jo‘natish mamlakati qonuni;
2) o‘tib borilayotgan mamlakat qonuni;
3) yuk to‘xtatib qolingan (turilgan) mamlakat qonuni;
4) tashish shartnomasi o‘zgartiriladigan mamlakat qonuni;
5) hodisa sodir bo‘lgan joy mamlakati qonuni;
6) yuk tayinlangan mamlakat qonuni;
7) da’vo (talab) bildirilgan mamlakat qonuni;
8) sudida da’vo ko‘rib chiqiladigan mamlakat qonuni.

  1. Havo kodeksi;

  2. Fuqarolik kodeksi;

  3. “Avtomobil transporti to‘g‘risida”;

  4. “Temir yo‘l transporti to‘g‘risida”;

  5. “Avtomobil yo‘llari to‘g‘risida”;

  6. “Yo‘l harakati xavfsizligi to‘g‘risida”;

  7. “Maxsus yuklar va harbiy tarkiblarning tranziti to‘g‘risida” va boshqa qonunlar



Xalqaro ko‘lamda yo‘lovchi va yuk tashishni himoya qiluvchi shartnomalarga alohida e’tibor qaratish lozim. Xalqaro transport oborotida tovar taqsimlash hujjatlari. Tashish munosabatlarini tartibga soluvchi O‘zbekiston Respublikasi ishtirokidagi xalqaro shartnomalari. 1956 yilgi Yuklarni avtomobilda xalqaro tashish shartnomasi to‘g‘risidagi Konvensiya, 1971 yilgi Yo‘l harakati to‘g‘risidagi Konvensiya, 1975 yilgi MDP daftarchasidan foydalanib, yuklarni xalqaro tashish to‘g‘risidagi bojga oid Konvensiya, 1957 yilgi Xavfli yuklarni avtomobilda xalqaro tashish to‘g‘risidagi Yevropa bitimi, 1997 yilgi Avtomobilda yo‘lovchi va bagajni xalqaro tashish to‘g‘risidagi Bishkek konvensiyasi, 1970 yilgiTez buziladigan oziq-ovqat mahsulotlarini xalqaro tashish to‘g‘risida va bunday tashuvlar uchun mo‘ljallangan maxsus transport vositalari to‘g‘risidagi Bitim, 1975 yilgi Xalqaro avtomagistrallar to‘g‘risidagi Yevropa bitimi (SMA).
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin