Ёдда тутинг! Индоссоментни 4 хил тури бор: бланкали, исми ёзилган, мақсадли ва муомалада бўломайдиган чек.
Бланкали индоссоментишлатилган ҳолларда, чекни қўлида ушлаб турган одам уни иккинчи тарафига ўз имзосини қўяди.
Исми ёзилган индоссоментда эса чекни тегишли жойига тарафига имзо қўйиб, бу чек билан пул олиш имкониятига эга инсонни исми аниқ кўрсатилган бўлади.
Мақсадли индоссоментдан фойдаланганда эса чекни тегишли жойига чекни бошқа кишига беришдан мақсад кўрсатилади, бу билан у пул олиш имкониятини чеклайди.
Агар чек эгаси чекни тўлов амалга оширилишидан норозилигини ифода этмоқчи бўлса ва чекга эгалик қилиб турган шахс имкониятларини чеклаш истагида бўлса, у чек матнида “айлантирилмасин” деган сўзларни киритади.
Bankning bunday izohlarini ta’sirini oshirish uchun shaxsiy indossoment olinishi kerak. Banklar albatta indossomentni ketma-ketligini tekshirishi lozim, ammo ularni rasmiylashtirishda javobgarlikni o‘z bo‘ynilariga olishmaydi.
Shunday qilib, banklar cheklar xizmatini nazorat qilishda ularni ko‘zdan kechirish ko‘proq ahamiyatga ega. Bu jarayonda chekni ikkala tomoniga ham (yuza qismi va orti) ahamiyat berish kerak. Yuza qismida uning oluvchisi, summa, qog‘oz, tashqi ko‘rinishi, sana, imzo, muhr, transit kodi bo‘ladi. Orqa tarafida esa indossomentga e’tibor beriladi: oluvchi kim, bankga shaxsi ma’lummi, maxsus muhr bormi? degan savollarga javob qidiriladi.
Bugungi kunda xisob-kitoblarnig eng zamonaviy va qulay bo‘lgan uchullaridan biri – bu, bank kartalari orqali xisob-kitob qilishdir.
Xalqaroto‘lovlarni amalga oshirilishida bank kartalarining o‘rni:. Naqd pulsiz hisob-kitob tizimida plastic kartalar alohida o‘rin egallaydi. American Express, Diners Club, Visa card, Master card xalqaro plastik kartalarining butun dunyo bo‘ylab shiddat bilan yoyilib borayotganligi ularning xalqaro savdo jarayonlarida o‘rni va rolini oshib borishiga sabab bo‘lmoqda. Savdo firmalari bilan tovar borasida hisob-kitoblar haqidagi kelishuv tufayli ular allaqachon yeearlicha keng tarqalishga ulgurdi. To‘lov kartochkalari chek kitobchalarini kamroq ishlatilishi sababli ularning o‘rnini egallay boshladi. Xalqaro to‘lov aylanishda kartalarni ishlatilishi kreditlardan foydalanish imkoniyatini berdi, foydalanuvchining holatidan kelib chiqib uning sifatli hususiyatini oshirdi. Texnik vositalarning rivojlanishi tufayli kartalarda qo‘shimcha magnitli ma’lumotlar bilan ta’minlanish imkoniyati vujudga keldi.
Bu karta foydalanuvchilarining ATM mashinalar (maxsus bankomatlar)dan o‘z xisob raqamlaridagi pullarni tez va oson yechish va xisob-kitob ishlarini yo‘lga qo‘yish imkoniyatini berdi.
Bu kartalar to‘lov uchun cheklanmagan summasi ko‘tarib yurishda va mahsulotni harid qilishda qo‘shimcha yengillik beradi. Sababi, xisob-kitobni amalga oshirish uchun mijoz o‘z banki bilan bog‘lanishi va muayyan operatsiyalarni amalga oshirishi, buning uchun bank xizmatchilarining mexnatidan foydalanishi va eng muhimi, muayyan vaqt oralig‘ida kutish majburiyatidan ozod bo‘ladi.
Ba’zida bu kartalar kredit kartalar ham, deyiladi. Ular tovar haridida bank kreditidan foydalanish imkonini beradi, undan tashqari avans sifatida naqd pul ham olish mumkin. Uning xususiyatli afzalligi – harid davomida yoki naqd pul ko‘rinishida avtomatik ravishda foydalanish uchun bankda kredit ochiladi va muayyan pul so‘mmasi qo‘yiladi. Qoidaga ko‘ra, kredit liniyasi ham limitga egadir. Debetkartalarmoliyaviy tashkilot va banklarga mijos hisobidan chek va omonatlardan foydalanish huquqini beradi. Bu kartalar firma belgisiga yega (masalan, VIZA yoki MASTER KARD). Buni ular savdo operatsiyalarida va bankomatlarda foydalanishlari mumkin.
Xulosa qilib aytganda, xalqaro savdo huquqi sub’ektlari o‘rtasida savdo huquqi ob’ektlarini o‘zaro muomalaga kiritish natijasida tomondandar biri ikkinchisiga olingan tova yoki bajarilgan i shva xizmatlar haqqini to‘lashda ifodalanadigan majburiyatlari yig‘indisi- xalqaro xisob-kitoblarni tashkil etadi.
Unga ko‘ra xisob-kitoblar konseptual jihatddan ikkiga: naqd va naqd bo‘lmagan o‘rinishda amalga oshiriladi. Yuqorida biz ularning qisqacha ro‘yxatini keltirdik va asosiy tushunchalarini keltirib o‘tdik.
Keyingi mavzularda xisob-kitoblarning asosiy turlariga atroflicha to‘xtalib o‘tiladi.