Savol: Masalani hal qilib, taraflarning huquq va majburiyatlarini tushuntiring. Qo‘llaniladigan mamlakat huquqini aniqlang va asoslang.
5.Yaponiyaning Fukusimo shahrida joylashgan Atom energetika stansiyasida sodir bo‘lgan portlash tufayli nafaqat Yaponiya aholisi, balki Xitoyning va Koreyaning ushbu shaharga chegaradosh fuqarolari va atrof muhiti ham jiddiy zarar ko‘rdi. Ushbu baxtsiz hodisa sodir bo‘lgandan so‘ng, Xitoyning Syan-Zi provinsiyasida joylashgan aholi va atrof muhitga yetkazilgan zararni qoplashni talab qilib, jomoatchilik nomidan Xitoy sudiga Atom stansiyasi rahbariyatidan yetkazilgan zararni qoplashni talab qilib murojaat qilindi. Koreya Respublikasi aholisi ham xuddi shu tartibida Koreya sudiga murojaat qilishdi.
Savol: Masalani milliy qonunchilikka asosan hal qilib, taraflarning huquq va majburiyatlarini tushuntiring. Qo‘llaniladigan mamlakat huquqini aniqlang va asoslang.
6. Doimiy asosda 10 yildan buyon Angliyada yashayotgan O‘zbekiston fuqarosi A. Germaniyada sayohat qilayotgan vaqtida Angliya fuqarosi bo‘lgan D.ismli shaxsning avtotransportiga zarar yetkazishi natijasida nizo kelib chiqdi.
Ishni ko‘rayotgan sud ikkala shaxs turli davlatlarning fuqarolari ekanligini inobatga olgan holda ishni Angliya yoki O‘zbekiston sudi ko‘rib chiqishi lozimligini qayd etdi va ishni ko‘rmasdan qoldirdi.
Savol: Masalani milliy qonunchilikka asosan hal qilib, taraflarning huquq va majburiyatlarini tushuntiring. Qo‘llaniladigan mamlakat huquqini aniqlang va asoslang.
TEST O‘z FKning 1022-moddasiga muvofiq yetkazilgan ma’naviy zararni qoplash miqdori nimaga asoslanib belgilanadi? Shaxsga yetkazilgan jismoniy va ma’naviy uqubatning xarakteriga