Fanidan o‘quv-uslubiy majmua



Yüklə 19,78 Mb.
səhifə39/74
tarix20.11.2023
ölçüsü19,78 Mb.
#165561
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   74
Халқаро хусусий ҳуқуқ УМК

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • Savol
Muammoli savollar



  1. AQSh fuqarosi F. Rossiyada dam olayotgan paytda, kana chaqishi natijasida yentselafitom kasalligiga chalindi va nogiron bo‘lib qoldi. Amerikalik turist va Rossiyaning “Travel” nomli turistik kompaniyasi o‘rtasida tuzilgan turistik xizmatlar ko‘rsatish shartnomasiga muvofiq, turistik firma turistlar xavfsizligini ta’minlash majburiyatini olgan. Bundan tashqari, amerikalik turist uni kana chaqishi haqida ogohlantirmaganliklarini aytgan.

Savol:Bunday holatda amerikalik turist, Rossiya turistik firmasidan zararni qoplashni talab qilishi mumkinmi? Qaysi mamlakat sudiga da’vo qilishi mumkin? Sudlovlilik va qaysi huquq qo‘llanilishini aniqlang va asoslang.

  1. Mahsulot yetkazib berish shartnomasiga muvofiq, Rossiya tashkiloti o‘zining chet ellik kontragentiga, yetkaziladigan mahsulot uchun pul o‘tkazmalarini amalga oshirib turgan. Lekin kelib chiqqan kelishmovchiliklar sababli, chet el tashkiloti shartnomaviy munosabatlarni davom ettirishni rad etgan. Rossiya tashkiloti, o‘tkazilgan pullarni qaytarishni talab qilgan, lekin chet el firmasi tomonidan javob bo‘lmagan.

Savol: Muhokama qiling. Holatga huquqiy baho berib, qo‘llaniladigan huquqni aniqlang.
3. O‘zbekiston Respublikasida faoliyat olib borayotgan mahalliy “WINDOWS” savdo firmasi Germaniyaning “Baggs” firmasidan 20 dona noutbuk sotib olishga kelishdi. Shartnoma bo‘yicha tovarning yetkazib berish natijasida yetkazilgan zararga nisbatan qo‘llaniladigan mamlakat huquqi ko‘rsatilmadi. Ushbu firma vakili tovarlarni havo yo‘llari orqali yetkazib berishga qaror qilindi va samolyotning nosozligi tufayli tovarlarga shikast yetdi.
Savol:Masalaga huquqiy baho bering. Ushbu holatda qaysi mamlakat huquqi qo‘llanilishini aniqlang.
4. O‘zbekiston Respublikasida faoliyat yuritayotgan “IMKON TEXTIL” korxonasi 2013 yil iyun oyida tashkil topgan bo‘lib, o‘z faoliyatini ipak tolasini qayta ishlab, tekstil mollarini ishlab chiqarish hamda eksport qilish bilan shug‘ullanadi.
2013 yil 16 noyabr kuni A.ismli xodim tomonidan ipak tolasini to‘qish vaqtida, tola to‘quvchi uskunada yuz bergan nosozlik tufayli uning sog‘lig‘iga jiddiy ziyon yetdi hamda 2-guruh nogironi deb topilib, Toshkent shahar sudi tomonidan Fuqarolik Kodeksining 1006-1009-moddalariga asosan unga yetkazilgan barcha zarar, shuningdek ma’naviy zarar ham korxona tomonidan to‘liq qoplanishi ta’minlandi. Korxona tomonidan ipak to‘quvchi uskuna Xitoyning “Syan-Ji” zavodidan sotib olinganligi hamda kafolat muddati tugamasdan nosozlik kelib chiqishi natijasida zarar yetganligini inobatga olib, korxona tomonidan xodimga to‘langan pullarni regress tartibida qaytarishni so‘rab Xitoyning Xuan provinsiyasi sudiga murojaat qilindi.

Yüklə 19,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin