Xalqaro qatnov turlari. Amaliyotda xalqaro qatnovlarning har xil turlari ma’lum, ularning har biri talay o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Transportning qaysi bir turidan foydalanishga qarab xalqaro qatnov temir yo‘l, avtomobil, havo, dengiz transportida tashishlariga ajratiladi. Shu bilan birga, xalqaro yo‘nalishlarda turli transport vositalari bilan tashishlar (masalan, temir yo‘l – suv transporti bilan), O‘zbekiston hududi orqali tranzit hamda konteynerli tashishlar ma’lum o‘ziga xos xususiyatlar bilan ajralib turadi. Amaldagi xalqaro bitimlarning qoidalaridan kelib chiqqan holda, xalqaro qatnovning quyidagi asosiy turlarini farqlash zarur:
a) ishtirok etuvchi transport tashkilotlarining xususiyatlariga ko‘ra – transportning ayrim turlarida tashish va turli transport vositalari qatnovida tashish;
b) tashish predmetiga ko‘ra – yuklarni, yo‘lovchilarni tashish, temir yo‘l transportida esa – yuk bagajini (tovar bagajini) tashish;
v) transport operatsiyalarining davriyligiga qarab – muntazam (liniyali) va nomuntazam tashishlar;
g) yuklar va yo‘lovchilar chegara punktlaridan (o‘tib borilayotgan portlardan) o‘tishi tartibini hisobga olgan holda – qayta ortishlarsiz (boshqasiga o‘tirilmay) va qayta ortiladigan (boshqasiga o‘tiriladigan) tashishlar;
d) tashish qo‘shni davlat hududida tugallanishi yoki tugallanmas ligiga ko‘ra – qo‘shnilararo, tranzit va to‘ppa-to‘g‘ri o‘tadigan (aylanma, xalqa shaklidagi) tashishlar;
ye) qatnov bir yoki bir nechta tashish shartnomasi asosida amalga oshirilishiga qarab – to‘g‘ri bog‘lanadigan, to‘g‘ri bog‘lanmaydigan (bo‘linishli) tashishlar, birin-ketin tashuvchilar tomonidan tashishlar va yangi joyga jo‘natish bilan bog‘liq tashishlar;
j) transportning ayrim tarmoqlarida xalqaro qatnovlarning alohida turlari – chegara yonidagi (temir yo‘l transporti) tashishlar, mayatnik qonuniyati asosidagi (avtomobil transporti) tashishlar.
Transport konvensiyalari, ular ko‘p sonli bo‘lishiga qaramay, mamlakatlar o‘rtasida yuklar va yo‘lovchilarni tashishni tashkil etish va amalga oshirish jarayonida yuzaga keluvchi ko‘pgina masalalar yuzasidan yo‘l-yo‘riqlarni o‘z ichiga olmaydi. Bunday hollarda, boshqa huquqiy manba yo‘qligi sababli xalqaro qatnov tartibotini belgilash masalalarini tartibga solishda muayyan muammolar kelib chiqishi mumkin. Ushbu vaziyatda vujudga kelgan munosabatlarni yana qaysi huquq manbalari asosida tartibga solish masalasini muhokama qiling.
Xalqaro qatnov to‘g‘risidagi bitimlar va ichki qonun hujjatlari yuklar va yo‘lovchilar tashish bo‘yicha munosabatlar uchun quyidagi kollizion bog‘lanishlarni nazarda tutadi: jo‘natish mamlakati qonuni; o‘tib borilayotgan mamlakat qonuni; yuk to‘xtatib qolingan (turilgan) mamlakat qonuni; tashish shartnomasi o‘zgartiriladigan mamlakat qonuni va boshqalar. Ushbu kollizion bog‘lanishlar orasida yuk to‘xtatib qolingan (turilgan) mamlakat qonuni; tashish shartnomasi o‘zgartiriladigan mamlakat qonunining mazmuni va qo‘llanilishining o‘ziga xos jihatlarini muhokama qiling.
TEST 1. Xalqaro tashishlar sohasidagi nizolarni hal qilishda asosan protsessual qonunchilikni aniqlashda foydalaniladigankollizion bog‘lovchini ko'rsating?
a. Sud joylashgan davlatining qonuni b. jo‘natish mamlakat qonuni
c. Zarar yetkazilgan joy to'g'risidagi qonun
d. Tashuvchining shaxsiy qonuni
2. Xalqaro yuk va yo‘lovchi tashishlar bu ...
a. yuklar, yo‘lovchilar va ularning bagajini ikki va undan ortiq davlatlar o‘rtasida, mazkur davlatlar tomonidan tuzilgan xalqaro bitimlarda belgilangan shartlarda tashish b. yuklar, yo‘lovchilar va ularning bagajini ikki va undan ortiq davlatlar o‘rtasida, mazkur davlatlar tomonidan tuzilgan xalqaro bitimlarda belgilangan shartlarda tashish
c. yuklar, yo‘lovchilar va ularning bagajini ikki va undan ortiq davlatlar o‘rtasida, mazkur davlatlar tomonidan tuzilgan xalqaro bitimlarda belgilangan shartlarda tashish
d. yuklar, yo‘lovchilar va ularning bagajini ikki va undan ortiq davlatlar o‘rtasida, mazkur davlatlar tomonidan tuzilgan xalqaro bitimlarda belgilangan shartlarda tashish
3. Xalqaro tashishda ayblilik tamoyili qanday namoyon bo'ladi?
a. tashuvchining javobgarligi ayblilik prinsipi asosida qurilgan va, u qoida tariqasida, majburiyat egasining ayblilik prezumpsiyasi qo'llaniladi. b. yukning yo'qolishi uchun tashuvchining aybi yuk oluvchi tomonidan isbotlanishi kerak
c. Tashishda yo‘qotilgan yuk uchun tashuvchi hamma vaqt aybli bo‘ladi
d. Tashuvchining aybini isbotlash vazifasi sudga tegishli
4. Xalqaro xususiy huquqda kollizion tartibga solish bu
a. muayyan vaziyatda qaysi davlat qonunlaridan foydalanilishini belgilaydi; b. yangi huquqiy normalarni shakllantiradi;
c. turli davlatlar qonunchiligini yagona shaklga keltirishdir.
d. Barcha javoblar to'g'ri
5. Jismoniy shaxsning shaxsiy qonuni kollizion normasining hajmini ko'rsating.
a. Shaxsning mulk huquqini belgilaydi
b. Shaxsning huquq layoqatini belgilaydi v. Shaxs tomonidan tuzilgan bitim shaklini belgilaydi
d. Shartnomada qo'llaniladigan qonunni belgilaydi