Fanidan o‘quv-uslubiy majmua



Yüklə 19,78 Mb.
səhifə44/74
tarix20.11.2023
ölçüsü19,78 Mb.
#165561
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   74
Халқаро хусусий ҳуқуқ УМК

Muammoli savollar



  1. O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi L.K. Germaniya fuqarosi Otto Klauds bilan 2005 yil 13 yanvar kuni qonuniy nikohdan o‘tdilar. Ularning arizasiga ko‘ra, nikoh 2006 yil 1 fevralida Germaniyaning O‘zbekiston Respublikasidagi elchixonasi tomonidan tegishli tartibda tasdiqlangandan so‘ng Myunxen munitsipial organlari tarafidan haqiqiy deb tan olindi. 2006 yilning 26 dekabr kunida ular oilasida o‘g‘il farzand dunyoga keldi va ular Germaniyaga ko‘chib o‘tishdi.

Ota-onaning arizasiga ko‘ra bolaga nemis fuqaroligi berildi. Qisqa muddatli hastalikdan so‘ng Otto Klauds 2016 yilning 21 aprelida hayotdan ko‘z yumdi. Oradan 3 yil o‘tib, (O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘la turib) L.K. o‘g‘li bilan vataniga qaytdi, 2017 yilning 3 yanvar kunida u O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bilan takroran yangi nikohdan o‘tdi.
Otto Klaudsning qarindoshlari Myunxen shaxar sudiga ariza bilan murojaat qilib, O‘zbekiston fuqarosi L.K. ning yangi nikohini haqiqiy emas deb topishni va homiylik belgilashni talab qilishdi, chunki, Germaniya fuqarolik kodeksining 1313-moddasiga ko‘ra turmush o‘rtog‘ining vafotidan keyin, ajrashish yoki nikohni haqiqiy emas deb tan olish hollarida ayolga 10 oy muddat davomida yangi nikohga kirishish taqiqlanadi.
Myunxen shahar sudi da’vogarlar talabini qondirib, fuqaro L.K. ning O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bilan bo‘lgan yangi nikohini haqiqiy emas deb topdi.


Vaziyatga huquqiy baho bering. Sizning fikringizcha, Myunxen shahar sudining qarori qanchalik asosli va qonuniy hisoblanadi? Agar asosli bo‘lsa O‘zbekiston Respublikasida tan olinadimi va u qanday huquqiy oqibatlar keltirib chiqaradi?



  1. Er-xotin Korolenko O‘zbekiston Respublikasi hududida 7 yil nikohda yashaganlaridan so‘ng o‘zaro kelishmovchiliklar sababli nikohni bekor qilish va umumiy birgalikdagi mulki bo‘lishga kelishdilar (Bunda er -Ukraina fuqarosi, xotin - O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi). Oxirgi 2 yil ichida ular alohida, xotin -O‘zbekiston Respublikasida, er- esa Ukrainada yashab kelishgan.

Nikoh davomida ular xotinining faoliyati uchun kompyuter, zargarlik buyumlari, erning nomiga “Lukoyl” kompaniyasining aksiyalari, avtomobil sotib olishgan. Ular xotinining nomiga rasmiylashtirilgan kvartirada yashab kelishgan, bundan tashqari, erning Ukrainada nikohga qadar meros tariqasida berilgan uy joyi mavjud.


Vaziyatga huquqiy baho bering. Taraflar o‘rtasida nizo O‘zbekiston sudida ko‘rib chiqilganda umumiy mol-mulkni bo‘lishda qaysi davlat qonunchiligi tadbiq etilishi lozimligini muhokama qiling. Agar, O‘zbekiston qonunchiligi qo‘llanilsa, Sizning fikringizcha, masalada ko‘rsatilgan mulklar qanday taqsimlanishi lozim.



  1. Buyuk Britaniyada yashovchi AQSh fuqarosi o‘limidan biroz vaqt oldin Malaga(Ispaniya)da o‘zining fuqaroligi bo‘lgan mamlakat huquqi (Merilend shtati, AQSh)ga muvofiq vasiyatnoma tuzib qoldirdi. Vasiyatnoma bo‘yicha uning ko‘chmas mulki meros bo‘yicha uning akasiga, yoki akasi erta vafot etgan taqdirda uning o‘g‘liga qoldirilishi belgilandi.

Ushbu vasiyatnomaga muvofiq, Malagadagi ko‘chmas mulk vafot etgan shaxsning jiyaniga o‘tishi lozim edi. Vasiyat qoldiruvchining o‘g‘li vasiyatnomani haqiqiy emas deb topish to‘g‘risida iltimosnoma bilan ispaniya sudiga murojaat qildi, biroq birinchi instansiya sudi vasiyatnomani haqiqiy deb topdi.
Apellyatsiya instansiyasida sud Buyuk Britaniya huquqi ko‘chmas mulk joylashgan mamlakat huquqiga havola qilganligi uchun, ispaniya huquqini qaytarma havola asosida qo‘lladi va vafot etgan shaxsning o‘g‘lining qonuniy meros huquqlari nazarda tutilmaganligi uchun vasiyatnomani haqiqiy emas deb topdi (Ispaniya FK 851 moddasi).
Ispaniya Oliy sudi kassatsiya tartibida qaytarma havolani qo‘llashni rad etdi va Merilend shtati qonuniga muvofiq tuzilgan vasiyatnomani haqiqiy deb topdi. Ispaniya FK 12 II moddasiga muvofiq chet el huquqiga havola uning moddiy huquqiga havola sifatida tushuniladi, agar ushbu huquqning kollizion normasi ispan huquqiga havola qilsa u qo‘llaniladi, agar boshqa davlat qonuniga havola qiladigan bo‘lsa qo‘llanilmaydi. Ushbu holatda vasiyatnoma bo‘yicha meros merosxo‘rning domitsiliya huquqi bo‘yicha u vafot etgan vaqtda aniqlanadi.
Qaytarma havolaning qabul qilinishi yoki qabul qilinmasligi qaysi davlatning organiga bog‘liq. Ko‘p tizimli davlatda huquqni qo‘llash masalasi qanday hal etiladi. (masalan, AQSh huquqida)


Vaziyatga huquqiy baho bering. Sizning fikringizcha, ushbu huquqiy munosabatga qaysi davlat qonuniy qo‘llanilishi lozim? Ispaniya Oliy sudi kassatsiya qarori qanchalik asosli va qonuniy hisoblanadi?


TEST


  1. Yüklə 19,78 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin