Glossariy: Bank o‘tkazmalari – bu hisob-kitobli bank operatsiyasi bo‘lib, telegraf, pochta orqali yoki o‘zgacha usulda bir bankdan boshqa bankka to‘lov topshiriqnomasini o‘tkazishdir. Bunday topshiriqnomalar – bank buyruqlari, bank-korrespondentlariga yo‘naltirilgan va benefisiarlarga aniq pul summasi to‘lovi haqidagi taqdim etilgan cheklar va boshqa to‘lov hujjatlaridir.
SWIFT tizimi – butunjahon banklararo telekomunikatsiya uyushmasi. Bu bankkka 200 dan ortiq tijoriy banklar a’zo bo‘lgan, shulardan 30 dan ortig‘i Rossiyadan. Har bitta to‘lov topshiriqnomasi qayd etilgan order bilan tuziladi. Uning kopiyasi o‘z hisobidan manfaatdor tomonga ko‘chirma asosida yuboriladi.
Inkasso– bu bank tomonidan to‘lovlarni, akseptlarni qabul qilish va to‘lovlarga yoki akseptlarga qarshi shuningdek, boshqa shartlarga ko‘ra hujjatlarni yetkazishga asoslangan, hujjatlar bilan qabul qilingan yo‘riqnomalarga ko‘ra amalga oshiriladigan xisob-kitob turi.
“Akkreditiv” - bank operatsiyasi bo‘lib, unga binoan bank mijozning ko‘rsatmasiga muvofiq, agar mablag‘ni oluvchi akkreditivda nazarda tutilgan hujjat va boshqa shartlarni bajarganligi taqdim etilgan bo‘lsa, uchinchi shaxsga to‘lovni bajarish majburiyatini oladi.
O‘quv mashg‘uloti natijalari - talabalarda xalqaro ko‘lamda yo‘lovchi va yuk tashishning asosiy masalalari yuzasidan chuqur bilim olishni ta’minlaydi, talabaning xalqaro ko‘lamda tashishlar tushunchasi, xalqaro ko‘lamda temiryo‘l tarnsportida tashish, xalqaro ko‘lamda avtomobil transportida tashish, xalqaro ko‘lamda havo transprotida tashish, xalqaro qo‘lamda dengiz transportira tashish munosabatlarini tartibga soluvchi O‘zbekiston Respublikasi ishtirokidagi xalqaro shartnomalariga oid mustaqil ta’lim olishiga ko‘maklashish, o‘rganish, to‘g‘ri sharhlash va qo‘llay olish uchun zarur bilim, ko‘nikma va malakani shakllantirishdan iborat. 7-MAVZU. Oila va vorislik musobatlarini kollizion masalalari.
Reja:
Oila huquqi masalalari bo‘yicha Gaaga konvensiyalari .
Yevropa kengashi va uning organlarining oila huquqi bo‘yicha konvensiyalari.
Vorislik sohasidagi qonunchilik kolliziyalari .
Qonunga muvofiq vorislik huquqiy munosabatlari yuzaga kelishiga asos quyidagilarni o‘z ichiga oluvchi yuridik tarkib hisoblanadi.
Nikoh tuzish sohasida qonunlar kolliziyalarini tartibga solish to‘g‘risida 1902 yilgi Konvensiya
Qonunlar kolliziyalarini tartibga solish hamda nikohning tugatilishi va er-xotinni sud yo‘li bilan ajratish yurisdiksiyasi to‘g‘risida 1902 yilgi Konvensiya
Er-xotinning shaxsiy va mulkiy munosabatlariga doir qonunlar kolliziyalari to‘g‘risida 1905 yilgi Konvensiya
Nikoh tuzish va uni haqiqiy emas deb topish to‘g‘risida 1978 yilgi
Er-xotinning mol-mulki rejimiga nisbatan qo‘llaniladigan huquq to‘g‘risida 1978 yilgi Konvensiya
Nikohning tugatilishi va er-xotinni sud yo‘li bilan ajratishni tan olish to‘g‘risida 1970 yilgi Konvensiya
Voyaga yetmaganlarga vasiylikni tartibga solish to‘g‘risida 1902 yilgi Konvensiya
Voyaga yetmaganlarning muomala layoqatini cheklash va ularga homiylik to‘g‘risida 1905 yilgi Konvensiya
Voyaga yetmaganlarni himoya qilishga doir vakolatlar va qo‘llaniladigan huquq to‘g‘risida 1961 yilgi Konvensiya
Farzandlikka olishga doir vakolatlar, qo‘llaniladigan huquq va bu boradagi qarorlarni tan olish to‘g‘risda 1964 yilgi Konvensiya
Xalqaro miqyosda bolalarni o‘g‘irlashning fuqarolik jihatlari to‘g‘risida 1980 yilgi Konvensiya
Bolalarga nisbatan aliment majburiyatlariga qo‘llaniladigan huquq to‘g‘risida 1956 yilgi Konvensiya
Aliment majburiyatlariga doir qarorlarni tan olish va bajarish to‘g‘risida 1973 yilgi Konvensiya
Aliment majburiyatlariga nisbatan qo‘llaniladigan huquq to‘g‘risida 1972 yilgi Konvensiya va boshqa
Bolalarni farzandlikka olish to‘g‘risida 1967 yilgi Yevropa konvensiyasi
Voyaga yetmaganlarni repatriatsiya qilish to‘g‘risida 1970 yilgi Yevropa konvensiyasi
Nikohsiz tug‘ilgan bolalar huquqiy maqomi to‘g‘risida 1975 yilgi Yevropa konvensiyasi
Bolalarni turmaga qamash to‘g‘risidagi qarorlarni tan olish va ijro etish hamda bolalar uchun turmalarni tiklash to‘g‘risida 1980 yilgi Yevropa konvensiyasi
YeK Vazirlar qo‘mitasi rezolyusiyalari: Turli davlatlar fuqarosi bo‘lgan er-xotinning fuqaroligi to‘g‘risida - (77) 12
Nikohda tug‘ilgan bolalar fuqaroligi to‘g‘risida - (77) 13
Fuqarolik huquqida er-xotinning teng huquqliligi to‘g‘risida - (78) 37
YeK Vazirlar qo‘mitasi tavsiyalari: Bolalarga nisbatan shafqatsiz muomalada bo‘lish to‘g‘risida - № R (79) 1
Oila xo‘jaligini yuritish va oila uyidan foydalanishga doir er-xotinning huquqlari to‘g‘risida - № R (81) 15
Nikoh tugatilganida to‘lanishi lozim bo‘lgan alimentlar to‘g‘risida - № R (89) 1
Tarbiyalovchi oilalar to‘g‘risida - № R (87) 1
Oila ishlari bo‘yicha shoshilinch choralar to‘g‘risida - № R (91) 9.
Qonun bo‘yicha va vasiyat bo‘yicha vorislar doirasini belgilash tartibi turli mamlakatlarda bir xil emas; vasiyatnoma shakliga ko‘yiladigan turli talablar belgilanadi; meros qoldirilgan mol-mulkni taqsimlashning turli tizimlari mavjud va h.k. Qo‘llanilishi lozim bo‘lgan huquq to‘g‘risidagi masalalar: mol-mulk turgan joy qonuni, vasiyatnoma tuzilgan joy qonuni, meros qoldiruvchining fuqaroligi qonuni.
— meros qoldiruvchining vafot etganligi;
— meros ochilganligi va meros qoldiruvchi bilan qarindoshlik holatida bo‘lgan shaxslarning mavjudligi;
— vasiyatnomaning yo‘qligi.