To‘lov hususiyatlarini kuyidagi bir qator omillarga ko‘ra ularni o‘zaro bir-biridan farqlash mumkin:
sotuvchi va xaridorning munosabatlarining o‘ziga hos hususiyatiga ko‘ra;
Jo‘natilayotgan maxsulotning xarakteri va mamlakatning tavakkalchilikka oid o‘ziga xos jihatlariga ko‘ra;
iste’molchining to‘lov qobiliyati va yetkazib beruvchining ishonchliligiga ko‘ra;
yetkazib berilayotan mahsulot turi va qadr-qimmati, boshqa korxonalar tomonidan to‘lov shartlarini taklif qilinishi, bozor (sotuvchi va oluvchiga foydali) tuzilish holati; bir davlatdan boshq davlatga o‘tkazilayotgan vositalar o‘tkazmasi cheklovlari riski; bojxona cheklovlari va boshqalarga bog‘liq.
Agar yetkazib beruvchi iste’molchi bilan avvaldan xo‘jalik yuritishda ishtirok etgan bo‘lsa va unga oldingi xisob-kitob tarixi aniq bo‘lsa, yangi faolitya uchun xisob-kitob riski kamayadi. Bordiyu, tasavvur qiling, yetkazib beruvchi iste’molchi bilan qandaydur sanoat ko‘rgazmasi yoki shunga o‘xshash joyda tasodifan tanishgan va aloqa o‘rnatgan bo‘lsa, ular bir-birlari haqida yetarlicha ma’lumotga ega bo‘lmasalar hisob-kitob munosabatlari tomonlar o‘rtasida asosli risk-hatarning mavjudligini inkor etmaydi.
To‘lov metodi yetkazib beruvchi tovar ishab chiqarishda talab qilgan va uni jo‘natishdagi kafolatlar bilan aniqlanadi. Ammo eng ishonchli xisob-kitob, bu tomonlar shartnoma imzolashlari natijasida yetkazib berilmagan tovar (ko‘rsatilmagan ish va xizmat) uchun oldindan bo‘nak tarzida amalga oshirilgan to‘lov hisoblanadi va ushbu usul savdo amaliyotida nixoyatda kam hollarda uchraydi.
Эътибор беринг!
Биринчидан, ҳисоб-китобларнинг аксарият қисми банклар иштирокида нақд бўлмаган тарзда амалга оширилади. Иккинчидан, бундай ҳисоб-китоб истеъмолчи учун ҳар доим ҳам қулай эмас, чунки бундай ҳолат унга сифатсиз товар ёки кеч қоладиган таъминотлар хавфини юзага келтиради. Юқоридагиларни инобатга олиб, ушбу рискни камайтириш мақсадида халқаро савдо амалиётида: банк ўтказмалари, инкассо, аккредетив, чеклар, тўлов карталари орқали хисоб-китоб турлари қўлланилади.
O‘zbekiston Respublikasi milliy qonunlari tizimida hisob-kitoblarga oid asosiy masalalar O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi, «O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida»gi, «Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida»gi hamda «To‘lovlar va to‘lov tizimlari to‘g‘risida»gi qonunlariga muvofiq va shu asosda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020 yil 15 fevraldagi 3/12-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblar to‘g‘risidagi Nizomga3 (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2020 yil 13 aprelda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 3229) asosan amalga oshiriladi. Unga ko‘ra bugungi kunda naqd pulsiz hisob-kitoblarning quyidagi shakllari nazarda tutilgan:
memorial order;
to‘lov topshiriqnomasi;
to‘lov talabnomasi;
inkasso topshiriqnomasi;
akkreditiv orqali xisob kitob qilish
Dostları ilə paylaş: |