Fanidan o‘quv-uslubiy majmua


B. Faqat eksport tovarlarni chiqarishga qaratilgan savdo bitimlari V



Yüklə 19,78 Mb.
səhifə27/74
tarix20.11.2023
ölçüsü19,78 Mb.
#165561
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   74
Халқаро хусусий ҳуқуқ УМК

B. Faqat eksport tovarlarni chiqarishga qaratilgan savdo bitimlari
V Faqat import tovarlarini olib kelishga qaratilgan savdo bitimlari
G. Birgina davlatga aloqador holda (bir davlat ichida, qonunchiligi doirasida) tuzila­digan va ular turli davlatlarga mansub yuridik va jismoniy shaxs­lar o‘rtasida tuzilgan bitimlar


Glossariy:
Bank o‘tkazmalari – bu hisob-kitobli bank operatsiyasi bo‘lib, telegraf, pochta orqali yoki o‘zgacha usulda bir bankdan boshqa bankka to‘lov topshiriqnomasini o‘tkazishdir. Bunday topshiriqnomalar – bank buyruqlari, bank-korrespondentlariga yo‘naltirilgan va benefisiarlarga aniq pul summasi to‘lovi haqidagi taqdim etilgan cheklar va boshqa to‘lov hujjatlaridir.
SWIFT tizimi – butunjahon banklararo telekomunikatsiya uyushmasi. Bu bankkka 200 dan ortiq tijoriy banklar a’zo bo‘lgan, shulardan 30 dan ortig‘i Rossiyadan. Har bitta to‘lov topshiriqnomasi qayd etilgan order bilan tuziladi. Uning kopiyasi o‘z hisobidan manfaatdor tomonga ko‘chirma asosida yuboriladi.
Inkasso – bu bank tomonidan to‘lovlarni, akseptlarni qabul qilish va to‘lovlarga yoki akseptlarga qarshi shuningdek, boshqa shartlarga ko‘ra hujjatlarni yetkazishga asoslangan, hujjatlar bilan qabul qilingan yo‘riqnomalarga ko‘ra amalga oshiriladigan xisob-kitob turi.
Akkreditiv” - bank operatsiyasi bo‘lib, unga binoan bank mijozning ko‘rsatmasiga muvofiq, agar mablag‘ni oluvchi akkreditivda nazarda tutilgan hujjat va boshqa shartlarni bajarganligi taqdim etilgan bo‘lsa, uchinchi shaxsga to‘lovni bajarish majburiyatini oladi.


4-MAVZU.XALQARO KREDIT va HISOB­KITOBLARNI HUQUQIY TARTIBGA SOLISh.
Reja:

  1. Xalqaro savdoda xisob-kitoblar tushunchasi.

  2. Xalqaro xisob-kitoblarda xalqaro savdoga oid xisob kitoblarning o‘ziga xosligi.

  3. xalqaro savdo munosabatlarida xisob-kitoblarning rivojlanish bosqichlari va tarixi.

  4. Xalqaro savdoga oid xisob-kitoblarning turlari, o‘zaro farqi.



Chet el elementi bilan murakkablashgan munosabatlarda aloqaga kirishayotgan sub’ektlar nafaqat savdo munosabatlariga, balki savdo bilan bog‘liq bo‘lmagan, fan-texnika hamkorligi, diplomatik, madaniy, turistik va boshqa aloqalar yuzasidan ham ko‘rsatilgan ximat, bajarilgan ish va x.k. uchun o‘zaro xisob-kitoblarni amalga oshirishlari mumkin.
Ushbu nuqtai-nazardan xalqaro hisob-kitoblarni shartli ravishda 2 yo‘nalishga: savdo va nosavdo mazmundagi xisob-kitoblarga bo‘lib o‘rganish mumkin.
Savdo hisob-kitoblari tashqi savdodan tushgan to‘lovlar, xalqaro kredit kirim-chiqimlari, dengiz, temir yo‘l va boshqa transport turdagi xalqaro yuk va yo‘lovchi tashishdan tushgan kirim-chiqimlar, to‘lovlarni o‘z ichiga oladi. Ushbu bo‘linishga asos sifatida u yoki bu to‘lovlar va pul tushumlarini shakllantirilishiga xizmat qiluvchi narxlar tizimining turlichaligi keltiriladi.
Xalqaro to‘lovlarni amalga oshirish jarayonida turli vositachilarning ishtiroki, turli jihozlar va yuridik vositalar, aloqa kanallaridan foydalaniladi. Yana bir o‘ziga xos jixati va murakkabligi shunda namoyon bo‘ladiki, xalqaro to‘lovlarda bir qancha geografik hududlar, suveren davlatlar va ularning yurisdiksiyalari ishtirok etadi. Muayyan valyutada ifodalangan turli to‘lovlar qoida tariqasida to‘lov amalga oshirilayotgan hududda ro‘yxatdan o‘tgan banklar, shuningdek xalqaro banklarning bo‘limlari va filiallari tomonidan amalga oshirilib boriladi.
X
Ёдда тутинг!
Халқаро хисоб-китобларда қатнашувчи субъектлар бўлиб, хукуматлар, давлат органлари, Марказий банклар, тижорат банклари, махсус молия-кредит ташкилотлари (Пенсия фондлари, суғурта компаниялари, кредит иттифоқлари, ломбардлар ва х.к.), корпорациялар, халқаро ва ҳудудий молия-кредит ташкилотлари (ХВФ, ЖТТБ, ЕТТБ, ОРБ ва х.к.) ҳисобланади.

alqaro xisob-kitoblar tushunchasi keng qamrovli bo‘lib, u eksport-import operatsiyalari, tijorat tusiga ega bo‘lmagan to‘lovlar — sayyohlik, sport, fuqarolar tomonidan xorijiy davlatlarga pul o‘tkazishlar, xorijiy davlatlarda diplomatik va savdo vakolatxonalarini ochish, o‘zga davlatlar xududida harbiy qismlarni saqlash xamda kapitallar va kreditlarning xarakati buyicha amalga oshiriladigan xisob-kitoblarni o‘z ichiga oladi.

Xalqaro xisob-kitoblarni amalga oshirish buyicha, birinchi o‘rinni tijorat banklari egallaydi. Sababi shundaki, xalqaro operatsiyalarning asosiy kismi — tashki savdo operatsiyalari va kapitallar xamda kreditlarning xarakati buyicha amalga oshiriladigan xisob-kitoblarga to‘g‘ri keladi. Ushbu xisob-kitoblarda ishtirok etuvchi tijorat tuzilmalarining milliy va chet el valyutalaridagi joriy xamda depozit xisob-raqamlari, tijorat banklarida joylashgan. Markaziy banklar esa, tijorat tuzilmalariga kredit xisob-kitob xizmatlarini ko‘rsatish huquqiga ega emas. Demak, tijorat banklari orqali tijorat tusidagi operatsiyalarning asosiy qismi amalga oshiriladi.





Yüklə 19,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin