Institutsional arbitrajga xos xususiyatlar to‘liq va to‘g‘ri berilgan qator qaysi?
ixtisoslashgan institut ishtirokida amalga oshiriladigan arbitraj; Oldindan o‘rnatilgan, takomillashtirilgan qoidalar to‘plami; markaziy boshqaruv asosida olib boriladigan arbitraj jarayoni, ya’ni arbitraj instituti butun jarayonni nazorat qiladi va jarayonning muayyan tartibda olib borilishini kafolatlaydi.
ixtisoslashgan institut ishtirokida amalga oshiriladigan arbitraj; Oldindan o‘rnatilgan, takomillashtirilgan qoidalar to‘plami; taraflarga erkin harakat qilish imkonini beradigan mustaqil arbitraj jarayoni;
ixtisoslashgan institut ishtirokida amalga oshiriladigan arbitraj; Oldindan o‘rnatilgan, takomillashtirilgan qoidalar to‘plami; taraflarga erkin harakat qilish imkonini beradigan mustaqil arbitraj jarayoni; markaziy boshqaruv asosida olib borilmaydigan arbitraj jarayoni;
Oldindan o‘rnatilgan, takomillashtirilgan qoidalar to‘plami; taraflarga erkin harakat qilish imkonini beradigan mustaqil arbitraj jarayoni; markaziy boshqaruv asosida olib borilmaydigan arbitraj jarayoni.
Quyidagi fikrlar qaysi turdagi arbitraj kelishuviga taalluqli: Shartnoma tuzilayotgan vaqtda mavjud bo‘lmagan nizolarga nisbatan nazarda tutiladi. Qayd etish lozimki, bunday nizolar hech qachon vujudga kelmasligi ham mumkin. Shu bois, taraflar arbitraj nizo predmetini mavjud munosabatlardan kelib chiqib aniqlashlari mumkin?