Fanidan o‘quv-uslubiy majmua


Xalqaro xususiy huquqda nizolarni ko‘rib chiqish va hal etish alohida e’tibor qaratish lozim



Yüklə 19,78 Mb.
səhifə61/74
tarix20.11.2023
ölçüsü19,78 Mb.
#165561
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   74
Халқаро хусусий ҳуқуқ УМК

Xalqaro xususiy huquqda nizolarni ko‘rib chiqish va hal etish alohida e’tibor qaratish lozim. YuNSITRAL namunaviy qonuni, YuNSITRAL Reglamenti, Vashington Konvensiyasi, Gaagada imzolangan 1965 yilgi Fuqarolik va savdo ishlari bo‘yicha sudga oid va suddan tashqari hujjatlarni chet elda topshirish bo‘yicha, 1970 yilgi Fuqarolik va savdo ishlari bo‘yicha dalillarni chet elda olish to‘g‘risidagi, 1980 yilgi Odil sudlovga erkin murojaat qilish to‘g‘risidagi konvensiyalar.
Muammoli savollar


1. Rossiyaning “LUKOYL” firmasining “UZLUKOYL” OAJga
(O‘zbekistan) xizmat safari bilan jo‘natilgan xodimi A. yanvar
oyining birinchi haftasida ishga chiqmadi. Ushbu vaqtda ish joyida
bo‘lmaganligini, Rossiya mehnat qonunchiligi bo‘yicha yanvarning
birinchi haftasi dam olish vaqti deb e’lon qilinganligi hamda
rossiyalik firma xodimi sifatida ishga chiqmaslikka to‘liq haqli
ekanligi bilan asoslanadi.
Savol:A.ning dalillari asoslimi? Masalani tahlil qiling.

2. O‘zbekiston yuridik firmasiga, yurist sifatida ishga kirish
maqsadida yuridik diplomga ega bo‘lgan AQSh fuqarosi Jon Nesh
murojaat bilan keldi. Ish beruvchi ushbu holatda O‘zbekistonning
huquqiy tizimi romano-german tizimiga ega ekanligini, AQShda
esa anglo-sakson tizimi asosida ishlar olib borilishini asos
sifatida ko‘rsatib, ishga qabul qilishdan bosh tordi.
Savol:Jon Nesh O‘zbekistonda yuridik xizmat ko‘rsatish bilan
shug‘ullanishi mumkinmi? Mazkur masalaning huquqiy asoslarini
aniqlang va muhokama qiling.

3. O‘zbekiston va Ukraina yuridik shaxslari o‘rtasida asbobanjomlarni ijarasiga oid shartnoma tuzildi. Shartnoma yuzasidan
qo‘llaniladigan huquq sifatida AQSh qonunchiligini qo‘llash
kelishib olindi. Nizo kelib chiqishi natijasida O‘zbekiston
tarafi (ijaraga oluvchi) shartnomani hal qilish huquqi sifatida
O‘zbekiston qonunchiligini kiritishni suddan so‘rab, AQSh
qonunchiligi hech qaysi taraf bilan aloqasi yo‘qligini
ta’kidlashdi.
Ukraina kompaniyasi AQSh huquqini qo‘llash lozimligini qayd
etib, asos sifatida ushbu huquqni ijara munosabatlarini batafsil
tartibga solishga qaratilganligini hamda AQSh huquqi uchinchi
davlat huquqi sifatida betaraf rolni bajarishini qayd etib o‘tdi.
Savol: Taraflarning asoslarini baholang. Sud ushbu holatda
qaysi tarafni asosini inobatga olgan holda qo‘llanilishi lozim
bo‘lgan davlat huquqini qo‘llashi lozim.

4. Rosssiya federatsiyasi fuqarolik ishlari bo‘yicha sudi
tomonidan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosiga nisbatan qaror
qabulqilib, uni O‘zbekiston Respublikasi hududida ijro etish
uchun javoabgarning doimiy yashash joyi sanalgan Toshkent shahar
Mirzo Ulug‘bek sudiga qarorni ijro etish uchun yuborgan.
Savol:Ushbu holatga huquqiy baho bering. Toshkent shahar
Mirzo Ulug‘bek sudi tomonidan chet el davlatining sud qarori
haqiqiy deb topilishi lozimmi? Ushbu holatni tartibga solish
uchun 1993 yilgi mins konvensiyasi qanday tartib o‘rnatgan?

5. Fransiyada ro‘yxatdan o‘tkazilgan savdo markazi tomonidan
O‘zbekiston Respublikasi xo‘jalik sudiga O‘zbekistonlik
aksiyadorlik jamiyatini ustidan AJ tomonidan xalqaro oldisotdi shartnomasiga asosan unga yetkazib berilgan shakar mahsuloti
uchun to‘lanmagan pulni to‘lashni so‘rab da’vo ariza kiritdi.
Xo‘jalik sudining majlisida AJ tomonidan savdo markazining
xorijdagi bank hisob raqmiga pul mablag‘larini o‘z vaqtida yetkazib
berilmaganligining asosi sifatida, pulni mablag‘ini shartnomaga
asosan xorijiy bankka o‘z vaqtida o‘tkazilganligini, lekin uchinchi
bir shaxs tomonidan bankdagi pul mablag‘lari o‘g‘irlanganligini
ko‘rsatib, tashqi iqtisodiy shartnomalarning taraflari shartnoma
majburiyatlarini uchinchi tarafning aybi bilan bajarilmaganligi
uchun javobgarlikka tortilmasligini qayd etib o‘tdi.
Savol: Masalani tahlil qiling. Masalani yechimini aniqlashda
taraflar tomonidan qo‘llanilishi lozim bo‘lgan huquq sifatida
O‘zbekiston Respublikasi huquqi tanlanganligidan kelib chiqing.
TEST


  1. Yüklə 19,78 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin