Fanidan o‘quv-uslubiy majmua


Savol: Ushbu ikki da’vo turlarining mazmuni va qo‘llanilishining o‘ziga xos jihatlarini muhokama qiling. TEST



Yüklə 19,78 Mb.
səhifə16/74
tarix20.11.2023
ölçüsü19,78 Mb.
#165561
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   74
Халқаро хусусий ҳуқуқ УМК

Savol: Ushbu ikki da’vo turlarining mazmuni va qo‘llanilishining o‘ziga xos jihatlarini muhokama qiling.

TEST
1.Vindikatsion da’vo tushunchasi to‘g‘ri belgilangan javobni toping.
a. Mulkdor o‘z huquqlarining har qanday buzilishini, garchi bu buzish egalik qilishdan mahrum etish bilan bog‘liq bo‘lmasa ham, bartaraf etishni talab qilishiga qaratilgan da’vo;
b. Mulkdor o‘z mol-mulkini boshqa shaxsning qonunsiz egaligidan talab qilib olishga qaratilgan da’vo;
c. Shartnoma bo‘yicha zararni undirishga qaratilgan da’vo.
d. Qarz summasini undirishga qaratilgan dv’vo;

2.Ko‘chmas ashyolarga egalik qilish huquqi qaysi mamlakat huquqi bilan belgilanadi.


a. Mulk egasining fuqaroligi bo‘yicha;
b. Erk muxtoriyat tamoyili bo‘yicha;
c. Mulk joylashgan mamlakat xuquqi bo‘yicha;
d. A va V javoblar to‘g‘ri.

3.Qonun chiqaruvchining erki ifoda etilishiga ko‘ra, kollizion normalar necha turga bo‘linadi


a. Imperativ, dispozitiv va alternativ;
b. Imperativ va dispozitiv;
c. Dispozitiv va alternativ;
d. Alternativ va dispozitiv.

4.Milliy tartib nima?
a. Milliy kollizion norma asosida tanlangan chet el huquqini qo‘llanishi mazkur davlatning huquq-tartiboti asoslariga ommaviy tartibga zid keladigan hollarda chet el huquqi qo‘llanilmasligini anglatadi;
b. Xalqaro xususiy huquqda bir davlatning boshqa davlat tomonidan uning fuqarolari va yuridik shaxslarining huquqlariga maxsus cheklovlar o‘rnatilganda mazkur davlatning fuqarolari va yuridik shaxslariga nisbatan javob tariqasidagi cheklovni belgilanishidir.
c. O‘zbekiston Respublikasida tegishli chet el davlatida chet elliklar shunday tartibdan foydalanishdan qat’i nazar milliy tartib taqdim etiladi;
d. Chet el fuqarolari, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar va chet el yuridik shaxslarini huquq va majburiyatlarini milliy yuridik shaxslar va fuqarolarniki bilan tenglashtirishdir;

5.Rekvizitsiya nima?


a. Davlat mulkini xususiylashtirish;
b. Mulkni hadya qilish.
c. Favqulodda holatlarda mulkning qiymatini to‘lagan holda davlat tomonidan olib qo‘yilishi;
d. Sodir etilgan huquqbuzarlik uchun mulkni musodara qilish;

6.O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida transport vositalariga nisbatan ashyoviy huquqlar qanday belgilanadi


a. Transpotr vositasi ro‘yxatdan o‘tgan joy qonuni;
b. A va V javoblar to‘g‘ri;
c. Transport egasining yashash joy qonuni;
d. Transport turgan joy qonuni;

7.O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksiga ko‘ra, yo‘lda bo‘lgan ko‘char mulkka nisbatan mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar qanday belgilanadi


a. Jo‘natilayotgan mamlakat huquqi bo‘yicha;
b. muomala layoqati cheklangan shaxslar.
c. Mulk egasining fuqaroligi bo‘yicha;
d. Mol-mulk jo‘natilgan mamlakat huquqi bilan;

8.O‘zbekiston Respublikasining milliy kollizion normalari qaysi qonun hujjatlarida ashyoviy huquqlar mustahkamlangan


a. Fuqarolik kodeksi, Oila kodeksi, Mehnat kodeksi, Fuqarolik protsessual kodeksi, Xo‘jalik protsessual kodeksi;
b. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, Oila kodeksi, Bojxona kodeksi, chet el investitsiyalari, tashqi iqtisodiy faoliyat, lizing to‘g‘risidagi qonunlar.
c. Fuqarolik kodeksi, Havo kodeksi, Fuqarolik protsessual kodeksi, Mehnat kodeksi;
d. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, Fuqarolik kodeksi, Oila kodeksi, Notariat to‘g‘risidagi qonun;

9.Unifikatsiya nima


a. Turli davlatlar ichki qonunchiligida birxillashtirilgan (unifikatsiya qilingan) huquqiy normalarni yaratish;
b. A va V javoblar to‘g‘ri;
c. Turli davlatlar ichki qonunchiligidagi kollizion normalarni birxillashtirish;
d. Xalqaro kovensiyalarni ishlab chiqish;

10.Xalqaro qonunchilik hujjatlari qanday turlarga bo‘linadi


a. Faqat unifikatsiyaga;
b. Inkorporatsiya va o‘troqlikka.
c. Universal va regional;
d. O‘zarolilik va retorsiyaga;



Yüklə 19,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin