3. Xo‘jalik jarayonlari va xo‘jalik muomalalarining tavsifi
1. Mabiag‘larning tarkibi va ishlab chiqarish jarayonidagi funksional roli bo'yicha turkumlanishi
Korxonalaming xo'jalik faoliyatini amalga oshirish uchun mo'l- jallangan xo'jalik mablag'lari korxonaning o'ziniki, bank krediti sifatida korxonaga olinishi va qarzga olingan bo'lishlari mumkin. Shunga ko'ra ular buxgalteriya hisobida ikki yo'sinda: birinchidan, tarkibi, joylashishi va ishlab chiqarish jarayonidagi funksional roli, ikkinchidan tashkil to- pish manbalari va qanday maqsadga mo'ljallanganligi bo'yicha turkumlanadi.
Xo'jalik mablag'larining tarkibi va joylashishi bo'yicha hisobga olish korxonaning muayyan mablag'lari (mashinalar, bino va inshootlar, material va mahsulotlar va h.k.) to'g'risida ma’lumot bersa, ulami vujudga kelish manbalari va tayinlanishi bo'yicha hisobda aks ettirish esa, bu inablag'laming xususiy mulk hamda ulaming korxonaga birik- tirilganligi yoki vaqtincha ishlatilayotganligi va xo'jalik mablag'larining qanday maqsadlarga mo'ljallanganligini aniqlash imkonini beradi.
Shunday qilib, eng umumiy ko'rinishda buxgalteriya hisobi predmetining mazmuni hisob obyektlarining iqtisodiy mohiyati orqali ochib beriladi (2.1-rasm).
172.1-rasm. Buxgalteriya hisobining obyektlari.
Xo‘jalik mablag'larining tarkibi korxonalar faoliyatining yo'nali- shiga bog'liq (sanoat, qishloq xo'jaligi, savdo va h.k.).
Xo'jalik yurituvchi subyekt aktivlari(mablag‘lari)ning tarkibi 2.2- rasmda ko'rsatilgan. Aktivlar mohiyati, tarkibi va joylanishiga ko‘ra ikkita guruhga bo'linadi.
Uzoq muddatli aktivlar.
Joriy aktivlar.
Quyidagi mezonlarga javob beradigan moddiy aktivlar asosiy vositalar tarkibiga kiritiladi:
xizmat muddati 1 yildan oshiq;
bitta birligi(komplekti)ning qiymati 0‘zbekiston Respublikasida belgilangan eng kam ish haqining 50 barobaridan oshiq bo'lgan (sotib olish vaqtida) predmetlar.
Dostları ilə paylaş: |