Fanidan O’quv-uslubiy majmua



Yüklə 5,37 Mb.
səhifə117/235
tarix25.12.2023
ölçüsü5,37 Mb.
#195382
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   235
UMK БУХ ХИС 2023 TAYYOR

Ustav kapitali ta’sis hujjatlarida belgilangan hissalaming (pul ifodasidagi) yig'indisidir. Ustav kapitaliga hissa shaklida qo'shiladigan moddiy va nomoddiy aktivlar ta’sischilar kelishuviga yoki yuridik shaxs ijrochi organining qaroriga ko'ra baholanadi va hisobga olinadi.
Qo ‘shilgan kapital aksiyalami nominal qiymatidan baland narx- larda dastlabki sotishdan olinadigan emissiya daromadini aks ettiradi.
Zaxira kapitali mol-mulkni qayta baholash chog'ida hosil bo'la- digan inflatsiya zaxiralarini, shuningdek, tekinga olingan mol-mulk qiymatini aks ettiradi.




O‘z mablag'lari manbalari \ /




-L

Qo'shiJgan kapital

-L

Rezerv kapilali

-L

Taqaimlanniagan foyda

-L

Maqsadli tushumlar




Kelgusi davr xarajatlan va to'lovlari uchun zaxiralar




Ustav kapilali

2.3-rasm. Korxona mablag'lari manbalari (passivlari)ning turkumlanishi.



Taqsimlanmagan foyda foydaning jamg'arilayotganini ifodalaydi va mulkdorlaming qaroriga binoan ustav kapitaliga qo'shilishi mumkin.
Maqsadli tushumlarga maqsadli tadbirlami amalga oshirish uchun mo'ljallangan va qaytarib berilmaydigan maqsadli moliyalashtirish mab- lag'lari va boshqa tushumlar kiradi. Bundaylarga grantlar, subsidiyalar, a’zolik badallari, maqsadli foydalaniladigan soliq imtiyozlari va boshqa maqsadli tushumlar misol bo'ladi.
Kelgusi davr xarajatlari va to'lovlari uchun zaxiralarga xarajatlar va to'lovlami xarajatlarga bir tekisda qo'shish uchun belgilangan tartibda tashkil etiladigan zaxiralar kiradi.
Korxonaga chetdan jalb qilingan yoki qarzga olingan mablag‘lar manbalariga bank kreditlari(ssudalari), kreditor qarzlar va korxonaning boshqa majburiyatlari kiradi.
Bank kreditlari (ssudalari) - bu korxonalaming qo'shimcha mablag'larga bo'lgan talabini qondirish uchun korxonaga ma’lum muddatga berilgan davlat mablag'laridir. Bank ssudalari qat’iy maqsadli ehtiyoj uchun beriladi va belgilangan muddatida qaytarilishi kerak.
Kreditor qarzlar — bu korxonalaming mol yetkazib beruvchilarga olgan materiallari uchun, pudratchilarga ular tomonidan bajarilgan ish va ko‘rsatilgan xizmatlar hamda boshqa muomalalar bo'yicha paydo bo'ladigan qarzlardir. '
Korxona majburiyatlari - bu budjetga va budjetdan tashqari fondlarga o'tkaziladigan ajratma va soliq summalari, ishchi va xizmatchilarga (jamoa xo'jaligi a’zolariga) beriladigan ish (mehnat) haqi summasi va boshqalardir.
3. Xo‘jalik jarayonlari va xo‘jalik muomalalarining tavsifi
Buxgalteriya hisobining obyektlariga yuqorida ko‘rib chiqilgan xo'jalik mablag'lari va ulaming tashkil topish manbalaridan tashqari xo‘jalik jarayonlari ham kiradi. Xo'jalik jarayonlari ta’minot, ishlab chiqarish va sotish jarayonlaridan iborat bo'lib, kapitalning doiraviy aylanishini shakllantiradi.
I.Ta’minot jarayoni II.Ishlab chiqarish III.Realizatsiya
jarayoni jarayoni

Р - korxona faoliyatini boshlagan vaqtdagi pul ifodasidagi boshlang'ich kapital summasi
/Mv
T \M - Ishlab chiqarish jarayonini yo'lga qo'yish uchun tovar: mehnat vositalari (Mv), mehnat predmetlari (Mp) va korxona xodim- lariga ish haqi shaklida beriladigan ish kuchining qiymati (Ik);
Korxonaning ishlab chiqarish faoliyati uni ishlab chiqarish zaxiralari bilan ta’minlashdan boshlanadi. Ishlab chiqarish vositalarini sotib olish va tayyorlash jarayoni ta'minot jarayoni deb ataladi. Ta’minot jarayonida pul mablag’lari ishlab chiqarish zaxiralari va asosiy vositalar ko'rinishiga o’tadi. Bu bosqichda korxona mol yetkazib beruvchilardan, boshqa korxona va tashkilotlardan ishlab chiqarish zaxiralari (mineral o‘g‘it, urug'lik, yoqilg'i va moylash materiallari va h.k.) va asosiy vositalar (mashinalar, qurilmalar va h.k.) sotib oladilar va shu bilan birga ishlab chiqarish jarayonining to'xtovsizligi ta’minlanadi, Ta’minot jarayonining vazifalari quyidagicha (2.4-rasm):
Ta’minot jarayonining vazifalari




1. Mol yetkazib beruvchilar bilan tuzilgan shartnomalaming bajarilishini nazorat qilish




2. Sotib olingan tovar-modiy zaxiralaming (TMZ) haqiqiy tannarxini aniqlash




3. TMZning saqlanishi va oqilona sarflanishi ustidan nazorat o’matish


2.4-rasm. Ta'minotjarayonining vazifalari.
Ishlab chiqarish jarayonida (... I-ch ...) ishlab chiqarish vositalari ishchi kuchi bilan birikib, uning ta’siri ostida ishlab chiqarish vositalarining ayrim elementlari o‘z shaklini o'zgartiradi va boshqacha xususiyatlarga ega bo'ladi. Bu mahsulotlar tayinlanishiga ko'ra shaxsiy iste’mol va ishlab chiqarish iste’moli uchun ishlatilishi yoki sotilishi mumkin. Ishlab chiqarish jarayoni quyidagi vazifalami hal etishi lozim(2.5-rasm):
Realizatsiya jarayoni (T1 P) xo’jalik mablag'larining doiraviy aylanishini yakunlar ekan, korxona o‘z tayyor mahsulotini xaridorlarga va boshqa korxonalarga sotadi va natijada ulardan pul kelib tushadi.

17.5-rasm. Ishlab chiqarish jarayonining vazifalari.

Shimday qilib, bu jarayonda tayyor mahsulot pul shakliga o'tadi. Ko'p hollarda sotilgan mahsulot uchun pul kelib tushishi mahsulot sotilgan vaqtdan kechikadi. Realizatsiya jarayoni oldiga quyidagi vazifalar qo'yiladi (2.6-rasm):




17.6-rasm. Realizatsiya jarayonining vazifalari.
Bunday hollarda mahsulot vaqtincha muomaladagi mablag'lar, ya’ni debitor qarz shakliga o'tadi.
Shunday qilib, xo'jalik faoliyati jarayonida korxona mablag'lari doiraviy aylanishining uchta bosqichini ketma-ket o'tar ekan. Ulaming ayrimlari ta’minot jarayonida bo'lganida, ayrimlari ishlab chiqarish jarayonida bo'ladi, shuningdek, bir qismi realizatsiya jarayonida bo'ladi va natijada biridan ikkinchisiga o'tib turadi (xo'jalik jarayonlarini hisobga olish uslubiyati 10-bobda batafsil bayon qilingan).
Shuni ham ta’kidlash zarurki, doiraviy aylanishda xo'jalik mablag'larining shakllari va tuslari ham o'zgarib turadi. Masalan, ta’minot jarayonidagi xomashyo va materiallar ishlab chiqarish jarayonidan so'ng boshqa shakl va tusga, ya’ni tayyor mahsulotga aylanadi. O'z navbatida tayyor mahsulot sotilgandan so'ng esa pul shakliga o'tadi.
Doiraviy aylanish jarayonida xo'jalik mablag'larining manbalarida ham o'zgarish sodir bo'ladi. Mablag'lar chetdan jalb qilinganda, foyda aks ettirilganda, foyda taqsimlanganda, ssudalar bo'yicha hisob-kitoblar amalga oshirilganda va boshqa hollarda mablag'lar manbalarida o'zgarish sodir bo'ladi.
Demak, xo'jalik mablag'lari va ulaming manbalari doimo hara- katda bo'lib, o'zgarib turar ekan. Xo'jalik mablag'lari va ular manbalarining tarkibi hamda tuzilishida sodir bo'lib, tegishli hujjatlar bilan tasdiqlangan ayrim o'zgarishlar xo‘jalik muomalasi deb ataladi. Masalan, ishlab chiqarishga moddiy boyliklami sarflash, olingan mahsu- lotlami kirim qilish va boshqa shunga o'xshash ayrim muomalalar.
Xo'jalik mablag'lari va ulaming tashkil topish manbalarida o'zgarish sodir qiluvchi barcha xo'jalik muomalalari tegishli hujjatlar bilan rasmiylashtiriladi va buxgalteriya hisobida aks ettiriladi. Xo'jalik mablag'lari, ulaming tashkil topish manbalarining tarkibi va funksional rolini, ulaming doiraviy aylanish jarayonlaridagi harakatini ko'rib chiqib, buxgalteriya hisobi predmetiga umumiy ta’rif berish mumkin.
Korxonalar, tashkilotlar va muassasalaming pulda baholanadigan xo'jalik mablag'lari, ulaming tashkil topish manbalari hamda xo'jalik faoliyati jarayonida sodir bo'ladigan mablag'lar doiraviy aylanishi va manbalar o'zgarishi buxgalteriya hisobining predmetini tashkil etadi.


Yüklə 5,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   235




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin