Fanidan O’quv-uslubiy majmua


Hisob yozuvlarining turlariga



Yüklə 5,37 Mb.
səhifə127/235
tarix25.12.2023
ölçüsü5,37 Mb.
#195382
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   235
UMK БУХ ХИС 2023 TAYYOR

Hisob yozuvlarining turlariga ko‘ra buxgalteriya hisobi registrlari: xronologik, sistematik va uyg'unlashgan yozuvlar hisob registrlariga bo'linadi.
Xronologik registrlar deb xo'jalik muomalalari xronologik tartibda (ulaming sodir bo'lishiga qarab) yozib boriladigan registrlarga aytiladi. Bunday registrlarga qishloq xo'jalik mahsulotlarini realizatsiya qilishga oid hujjatlar reestri misol bo'ladi. Bu reestrda mahsulotlami sotishga jo‘natish uchun to‘lg‘azilgan tovar-transport nakladnoylari va ulaming qabul qilinganligi to'g'risidagi kvitansiyalari qayd qilib boriladi.
Sistematik registrlar deb xo'jalik muomalarining bir xil guruhlari buxgalteriya hisobi schotlari bo'yicha yoziladigan registrlarga aytiladi. Bunga misol tariqasida jumal-order shakli bo'yicha hisob yuritadigan xo'jaliklarda qo'llanilgan №8- ASK, 10 ASK jumal-orderlarni keltirish mum kin.
Uyg'unlashgan registrlar deb yozuvlami ham xronologik, ham sistematik ravishda guruhlashtirishni ta’minlaydigan registrlarga aytiladi. Bunday registrlar buxgalteriya hisobining takomillashuvi natijasida vujudga kelgan bo'lib, ularda xo'jalik muomalalari iqtisodiy mazmuniga ko'ra buxgalteriya hisobining schotlari bo'yicha ajratilgan holda bir vaqtda aks ettiriladi. Uyg'unlashgan registrga misol qilib bosh daftami (№18 ASK shakl) keltirish mumkin.
Buxgalteriya hisobi registrlari to'ldirilish usuliga ko'ra qo'lda to'ldiriladigan (asosiy vositalar hisobi bo'yicha inventar kartochkalar) va ShEHMda to'ldiriladigan registrlarga bo'linadi.
Kompyuter yordamida registrlardan nafaqat ulardagi ma’lumotlaming mazmunini, balki registrlar shakllarining o'zini ham olish mumkin.
Buxgalteriya hisobi registrlari tuzilish shakliga ко ‘ra: bir tomonlama, ikki tomonlama, ko'p grafalari, chiziqli va shaxmatli registrlarga bo'linadi.
Bir tomonlama registrlar - bu moddiy qiymatliklami, hisob- kitoblami va boshqa muomalalami hisobga olishga doir har xil kartochkalardir. Ularda debet va kredit yozuvlaming alohida grafalari birlashtirilgan.
Ikki tomonlama hisob registrlari deb xo'jalik muomalalarini aks ettiradigan grafalar varaqning turli tomonlarida (debet qismi varaqning chap tomonida, kredit qismi esa varaqning o‘ng tomonida) joylashgan registrlarga aytiladi. Bularga tovar-moddiy boyliklami hisobga olish kartochkalari misol bo'ladi.
Ko 'p grafali registrlarda bir tomonida (odatda debet tomonida) bir necha kolonkalar bo'ladi (xarajatlami moddalar bo'yicha hisobga olish daftarlari yoki kartochkalari).
Shaxmatli registrar - bu kataklarga bo'lingan registrlardir. Bunday registrlarda yozuvlar kolonkalar va satrlaming kesishgan joyida amalga oshirilib, bir vaqtning o'zida schotning debeti va krediti bo'yicha aks ettiriladi (jurnal-orderlar, bosh daftar va boshqalar).
Chiziqli hisob registrlarida. bir xil axborotlar bitta satr bilan yoziladi. Masalan, hisobdor shaxslar bilan hisob-kitoblar vedomosti tegishli sintetik schotni hisobdor shaxslaming nomlari bo'yicha zarur miqdordagi analitik schotlarga bo'lish imkonini beradi.
Hisobning avtomatlashtiriigan shaklida hisob registrlari sifatida natijaviy ma’lumotlami alfavit tartibda belgilashga mo'ljallangan mashinogrammalar qo'llaniladi:
Analitik hisob mashinograrfimalarida analitik schotlar bo'yicha sistemalashtirilgan dastlabki hujjatlaming ma’lumotlari, zarur vaqtlarda esa xarajat moddalari bo'yicha korrespondensiyalanuvchi schotlar ko'rsatilgan holda aks ettiriladi. Bunday mashinogrammalar jumal-order shaklida qo'llaniladigan vedomostlar o'mini bosadi. Ular hisob yuritish, nazorat va xo'jalik faoliyatini tahlil qilish hamda hisobotlar tuzish uchun kerakli bo'lgan barcha ma’lumotlami olish imkonini beradi. Buxgalterlik yozuvlami hisob registrlariga sifatli yozish hisobning aniqligini oshirishning muhim shartidir. Yozuvlar hisob registrlariga qo'lda (siyoh yoki sharikli ruchka pastasi bilan) yoki yozuv mashinkasi yordamida yoziladi.
Hisob registrlariga yoziladigan yozuvlar: hujjat bilan asoslangan, o'z vaqtida, qisqa, aniq va tushunarli bo'lishi lozim.
Bu talablarga rioya qilish korxona faoliyatini joriy nazorat va iqtisodiy tahlil qilish uchun zarur ma’lumotlami hisob registrlaridan olishga imkon beradi.
Hisob registrlariga yozilgan yozuvlar to'g'risida shu registrlarga yozish uchun asos bo'lgan dastlabki hujjatlaming jami ma’lumotlari bilan taqqoslanadi.
Masalan, kassaga bankdagi hisob-kitob schotidan olingan yoki kassadan hisob-kitob schotiga topshirilgan summalar to’g'ri aks ettirilganligini tekshirish uchun 1-ASK jumal-orderi vedomost qismining jami 2-ASK jumal-order jami bilan, 2-ASK jumal-order vedomost qismining jami 1-ASK jumal-order jami bilan solishtirib ko‘riladi. Hujjatlami tuzishda va ishlashda hamda hisob registrlariga yozishda har xil xatolarga yo‘l qo'yilishi mumkin (raqamlarni yozishda aniqlash, jamlashda va korrespondensiyalanuvchi schotlami yozishda xato qilish).
2. Hisob registrlaridagi xato-yozuvlarni aniqlash
va tuzatish usuilari

Hisob jarayonida ayrim paytlarda xatolar uchraydi va ulami o‘z vaqtida tuzatish zarur. Xatolami topish uchun yozuvlami lanlab yoki yoppasiga tekshirish usuilari qo'llaniladi'. Yozuvlardagi xatolar har xil bo'lishi mumkin. Masalan, hujjatlarda va hisob registrlarida matn yoki summa noto‘g‘ri yozilgan, natural yoki qiymat ko'rsatkichlarini jamlashda xatoga yo‘l qo'yilishi, xo'jalik muomalalarini aks ettirishda schotlar korrespondensiyasi noto'g'ri tuzilishi, yozuvlar tegishli bo'lmagan boshqa registrlarga yozilgan bo'lishi mumkin va h.k.
Aniqlangan barcha xatolar hisobot tuzilgunga qadar tuzatilishi lozim.
Hisob registrlaridagi xatolami tuzatishda xatoning xususiyati va aniqlangan vaqtiga qarab quyidagi usullardan birortasi qo'llaniladi: korrektura, qizilstorno va qo'shimcha yozuv.

Yüklə 5,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   235




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin